34-mavzu: O‘smirlаr giyohvаndligining sаbаblаri vа оqibаtlаri
Giyohvandlik muammosi.
Narkotik moddalarning turlari va tasnifi.
O’smirlar giyohvandligining sabablari va oqibatlari.
O’smirning giyovandlik xulq-atvori asosida ma’lum sabablar yotadi:
shaxsning xarakteri ko’rsatkichlari
ruhiy va jismoniy og’ishlar
uning shaxsiyatiga turli omillar ta’siri:
biologik omillar-narkotik vositalarga nisbatan bag’rikenglik, kasallik, charchoq munosabati bilan giyovand moddalar qabul qilish;
ruhiy-eyforiya holatini boshdan kechirishga qiziqish, o’zini namoyon qilishga intilish, ijobiy ijtimoiy qiziqishlarning yo’qligi, ruhiyatning buzilishi; v) ijtimoiytengdoshlar guruhlari, moddaning ta’siri;
ijtimoiymadaniy va submadaniyatning ta’siri-ba’zi yoshlar guruhlari narkotiklarni hayotning ajralmas bo’lagi deb hisoblashadi;
yoshlarning givandlashuv muammolarini uzoq vaqt oshkor qilmasliklari;
j) sobiq mafkuraviy va ijtimoiy institutlarning barham topishi, o’smirlarning g’arb madaniyati bilan qiziqib qolishlari;
z) narkotiklarga yetishish mumkinligi.
Yoshlar giyovandigi bilan shug’ullanayotgan pedagoglar va olimlar o’smirlarning giyovand moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o’z nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Bu nazariyalarning mazmuni va nomlanishi ular qaysi omillarni eng muhim deb hisoblashlariga ko’ra aniqlanadi.
Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G.A.SHichko, E.I.Bextel, A.N.Mayurov, S.N.SHeverdin, F.G.Uglov, A.A.Gabiani, A.I.Durandina, Dj.di Djennaro va boshqalar) ijtimoiymadaniy omilni yaqqol ajratib, o’smir spirtli ichimlik, giyovand moddalarni iste’mol qilishi jamiyatda keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli ichimliklar reklamasi, atrofdagilarning yomon namunasi oqibati deb hisoblashadi. Demak, o’quvchilarni informatsion va psixologikantialkogol himoya bilan qurollantirish lozim.
Ijtimoiy pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman, M.Raytenberg, A.F.Boyko, B.S.Bratus va P.I.Sidirov) bolalar va o’smirlarning giyovand xulq-atvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o’smirning psixologik xususiyatlari keltirib chiqaradi deb hisoblashadi. Muammoning yechimini bu nazariya tarafdorlari o’quvchilarning ijtimoiy pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda deb ko’rsatishadi.
Bulardan kelib chiqqan holda shunday savol tug’iladi-voyaga yetmaganlarning giyovand bo’lib qolishlariga nima sabab bo’lmoqda? Bunda hammasi muayyan bir shaxsga bog’liq.
Giyovandlikning nafaqat o’zi, balki ashxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi ham salbiy hodisadir.
Giyovandlik oqibatlari 3 turga ajratiladi: biologik, ijtimoiypsixologik va jinoiy.
Biologik oqibatlarga faollik, shaxsning quvvat zahirasining tushishi, biologik ehtiyojlarning kamayishi (ovqat, uyqu), qarshilik ko’rsatishning pasayishi, bola organizmining barbod bo’lishi kiradi. Ijtimoiypsixologik oqibatlarni bolaning axloqiy degradatsiyasi deb xarakterlasak bo’ladi. Avval unda giyovand modda iste’mol qilishdan boshqa qiziqishlari va ehtiyojlari pasayadi, so’ngra umuman yo’q bo’lib ketadi. Giyovand moddaga qiziqish butun hayotning o’rnini bosadi. Atrof-muhit giyovand tomonidan giyovand moddalarni topishni va iste’mol qilishni og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi nuqtai nazardan baholanadi. Jamiyat bilan foydali ijtimoiy aloqalar uziladi (giyovand do’stlaridan ajraladi, o’qishni xohlamaydi). Ruhiy qulay holat faqatgina giyovand moddaning kerakli me’yori iste’mol qilinganda yuzaga kelishi mumkin.
Giyovandlikning jinoiy oqibatlari biologik va ijtimoiypsixologik oqibatlar bilan izohlanadi. Bu o’zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko’rinishga ega. Giyovand o’z qiziqishi, ehtiyojlarini qondirish uchun o’qishni yoki ishini tashlashi kerak. CHunki uning vaqti faqat giyovand moddalar izlash bilan o’tadi. Ularni doimiy xarid qilishga mablag’ yetishmaganligidan giyovand ularninoqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritish yo’llarini izlaydi (o’g’irlik, talon-taroj orqali). Pul yo’q bo’lgan hollarda narkoman o’z maqsadiga yetishish uchun har nimaga xatto qotillikka ham tayyor bo’ladi. Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, qo’lga kiritish, saqlash yoki sotish, bolalarni narkotik moddalar iste’mol qilishga undash, tarkibida narkotik moddalar bo’lgan o’simliklarni yetishtirish, narkotik iste’mol qilish uchun maxsus joylarni tashkil qilish bilan bog’liq jinoyatlar boshqa guruhga mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |