imzo
MUNDАRIJА:
TITUL
|
1
|
MUNDARIJA:
|
2
|
MА’RUZАLАR BO’YICHA O’QUV MATERIALLARI
|
5-108
|
SEMINAR MASHG’ULOTLAT BO’YICHA O’QUV MATERIALLARI
|
109-159
|
AMALIY MASHG’ULOTLAR
|
160-177
|
MUSTАQIL TА’LIM MАSHG’ULОTLАRI
|
177-178
|
GLОSSАRIY
|
178-183
|
ILOVALAR
|
184
|
FАN DАSTURI
|
184-185
|
ISHCHI O’QUV DASTURI
|
|
FAN BO’YICHA TEST SAVOLLARI
|
186-192
|
BAHOLASH MEZONLARI
|
192-193
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR
|
193-194
|
OʻQUV MATERIALLAR
Ma’ruza mashgʻulotlari
(2-qism - 4-semestr)
16-Mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyasi
REJA:
1. Metodlar haqida tushuncha
2. Ijtimooiy pedagog tomonidan qo’llaniladigan asosiy metodlar
3. Ijtimoiy pedagogikada ishontirish va mashq qilish metodlari
Tayanch so`zlar: Metod, usul va vositalar, Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar, ishontirish va mashq qilish metodlari, talab qilish, xikoya, suxbat va baxs, jazolash va maktash, Intervyu, Monitoring, Ijtimoiy so`rov, Ekspertiza, Identifikatsiya Fasilitatsiya va boshq.
O`z kasbining xususiyatlarini o`rganib chikkan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulk-atvorini oldini olishda ularga ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbik etish muammosi ko`riladi. Bu muammoni xal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniklab olish lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotdagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to`planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o`zaro boglik faoliyati bo`lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari xaqida gapirishga xali erta. Ular xozir shakllanish boskichidalar. SHuning uchun ijtimoiy pedagog o`z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda ko`llanayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashkari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo`llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo`ysunuvchan xarakterga ega. Aslida xar bir metod amaliyot tomonidan to`plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orkali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo`llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulkatvoriga, zaxiradagi usullarga boglik.Vosita usul va metoddan ko`ra kengrok tushuncha xisoblanadi. CHunki usul va metod faqatgina muayyan xolatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalarijtimoiy pedagog tomonidan oldiga ko`yilgan maqsadga erishishi uchun ko`llanadigan moddiy, emotsional, akliy va boshka shartlar majmuasidir. Vositalar o`z moxiyatiga ko`ra faoliyat usullari xisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o`yin, suxbat, disput, konferentsiya, trening va boshkalar)ga yetishishi uchun ko`llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Metodlar- o`rganilayotgan ob’ektning moxiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o`zlashtirish usullaridir ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir soxasi bo`lib, uning metodlarini pedagogikada qo`llanadigan tarbiyalash va o`kitishning an’anaviy metodlariga tayanamiz, boshka tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiyaning ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o`zarib bormokda. Yana shuni yodda tutish kerakki , buning diqqat markazimizda bola va uni o`rab turgan ijtimoiy muxit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga muammolarni uni ijtimoiylashish jarayon xal qilishga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog bolaga bevosiga yoki bilvosita –oila, do`stlari, bolalar jamoasi orqali ta’sir o`tkazadi. U qandaydir qisqa muddatli vazifalarni bajarishi yoki bola bilan uzoq vaqt davomida ishlashi mumkinligini hisobga olamiz. Ijtimoiy pedagog metodlar orkali bolaning ongi, xulki xis-tuygulariga maqsadga muvofik ta’sir o`tkazishi xamda uni o`rab turgan ijtimoiy muxitga ta’sir o`tkazishi mumkin .
Metodlar - bolaning ijtimoiylashishi va uni tiklashda xamkorlik kiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba to`plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o`zaro xatti- xarakat usullaridir. Ijtimoiy pedagogika xam pedagogikaning eng yangi soxalaridan biri bo`lib “ijtimoiy - pedagogik faoliyat” yangi shakllanayotgani uchun uning metodlari tizimi haqida gapirishga xali vaqt bor. SHuning uchun ijtimoiy pedagog o`z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. Bola shakllanishi boskichida u o`z kasbiy faoliyatini bajarishi uchun ijtimoiy pedagogikaning aloxida usullaridan tashkil topgan metodlarni xam egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tarika bir - birlari bilan bog’liq.
Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashk qilish metodlari xam keng qo`llaniladi. Bu metodni qo’llashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga ko`ra odob - axlokning umum qabul qilgan meyorlari shakllanmagan yoki noto`gri shakllangan bola bilan ish olib borishga majbur buladi. SHu jamiyatda qabul qilingan xayot meyorlari, ular to`grisidagi to`gri va aniq tasavvurning yuzaga kelishi,oxir - okibatda shaxsning ishonchini, uning xayotdagi o`rnini shakllantiradi. Bular bilim va ular xaqidagi tasavvurlar bilan bog’liq.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:
-ishontirish
-talab qilish
-xikoya
-suxbat va baxs
-jazolash va maktash
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini kamrab oluvchi metodlar tasnifi quyidagi ko`rinishga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |