O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi farg’ona davlat univеrsitеti



Download 2,58 Mb.
bet63/104
Sana10.12.2022
Hajmi2,58 Mb.
#883289
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104
Bog'liq
И.П. мажмуа 2-қисм tayyori 111 — копия

Seminar машғулотида talabalar faoliyatini baholash mezonlari
5 – «аъло»
4– «яхши»
3– «қониқарли»
Topshiriq. Talabalar 2-guruhga ajratilgan holda topshirigini bajaradilar.

“KORREKTOR” USULI





TUSHUNCHA




TAKLIF

1




A




2




B




3




V





Korrektor usuli orqali talabalar mashg‘ulot jarayonida olgan bilimlarini jadval buyicha tekshiradilar. Talabalar jadvalda berilgan ma’lumotlarni tartib bilan to`g`ri variantlarini joylashtiradilar. O‘qituvchi tomonidan natija nazorat qilinib, baholanadi.

Topshiriq 2: “Men ijtimoiy pedagogman” mavzusida ESSE yozig.


ESSE
Esse hajmi taklif qilingan mavzudagi 1000 so‘zdan 5000 so‘zgacha bo‘lgan asardir.


esse – bu muallifning alohida individual pozisiyasiga ega erkin shakldagi bayoni bo‘lib, qandaydir buyum yoki qandaydir sabab bo‘yicha umumiy yoki oldindan bildirilgan fikr-mulohazalardan iborat bo‘ladi.




Dalillangan esse bu qo‘yilgan savolga dalillangan javob mavjud bo‘lgan yozma ishdir. Muallif muayyan pozisiyaga ega va uni himoya qiladi, o‘z pozisiyasini quvvatlash uchun bir qator dalillarni taqdim etadi. Maqsad – muallif o‘zi qo‘llaydigan nuqtai nazarga boshqalarni ham ishontirishni xohlaydi.



  • Agar Siz o‘quvchilarni fikran tasavvur qila olsangiz va esseni yozish jarayonida fikran ular bilan muloqot yurita olsangiz, unda dalillangan esseni yozish osonlashadi.


Dalillangan essening tuzilishi:

M asala yuzasidan muallifning nisbiy nuqtai nazarini bildirish


(1 xatboshi).
A ytilgan pozisiyaning dalillanishi – muallifning shu pozisiyani qo‘llash uchun ishonarli dalillari ayni pozisiyani qabul qilishga ishontiradi.
X ulosa – rezyume (1 xatboshi).



D

alillangan esseni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari:


  • mazmunning mavzuga muvofiqligi;

  • muammoni ko‘rish, unga munosabat, o‘zining nuqtai nazari, dalillarning ishonchliligi;

  • uslub: bayonning aniqligi,ochiq-ravshanligi;

  • yozish qoidalariga rioya qilish.



Mavzu yuzasidan savollar

2. Ijtimoiy pedagogik faoliyatning metodikasi nimalardan iborat?


3. Ijtimoiy pedagogic texnologiyalar.

26 mavzu: Ijtimоiy-pedаgоgik reаbilitаtsiya
Reja:

    1. Ijtimoiy – pedagogik reabilitatsiya tirlari

    2. Ijtimoiy – pedagogik reabilitatsiya markazlari

Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy. Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo’qotilgan funksiyasini o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan bo’ladi. Ruhiy reabilitatsiya o’smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi deviant xulqatvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o’tishdir. Kasbiy reabilitatsiya o’smirni biror-bir kasbga o’rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat. Maishiy reabilitatsiya o’smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordamyordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy va vazifalariga quyidagilar kiradi:


-bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish,
-voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va manbalarini aniqlash,
-kasbiy, o’quv, ijtimoiy-madaniy, sog’lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash,
-uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarni uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo’lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash,
-nazoratsiz bolalar va o’smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.),
-oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko’rsatish,
-voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish,
-boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalar ko’lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko’rsatiladi:
-ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy 105psixokorreksion va tibbiy-psixologik yordamga muhtojlarga,
-ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo’layotganlarga,
-turli sabablarga ko’ra deprivatsiyaga mayli borlarga,
-noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga,
-etim bolalar va ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalar uchun (muassasada yashashga rozi bo’lmaganlarga). Deviant xulq-atvorli o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
-nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam,
-ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko’nikmalarini shakllantirish,
-ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish,
-shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo’llabquvvatlanish,
-oilaga qaytib kelishga ruxsat,
-normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash, -ishga jolashtirilishiga g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi. Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o’tkazishni ko’zda tutadi. Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy elementlarimaqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o’zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to’g’rilash, bolalarga muomala ko’nikmalarini shakllantirishga yordam ko’rsatish. Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan chiqqanidan so’ng oila, do’stlar, maktab jamoasi bilan uyg’un munosabatlarni tiklashga yordam beradi. Qiyin tarbiyalanadigan bolalarni reabilitatsiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega. Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o’zaro munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy-psixologikpedagogik) reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi.


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish