O‘ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI
ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI
FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI
JAHON TARIXI KAFEDRASI
5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
16.35-guruh talabasi Yakubov S.ning
MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK
FANIDAN
« Turkiy epigrafik yodgorliklar» mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: O.Mahmudov
Fаrg‘оnа shahri – 2019 – 2020 o`quv yili
Mavzu: Turkiy epigrafik yodgorliklar
Reja:
Kirish
I-bob. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi
1.1. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi
1.2. O‘rxun-Enisey yodgorliklari
II-bob. O‘rta Osiyoda topilgan turkiy bitiklar
2.1. O‘rta Osiyoda topilgan turkiy bitiklar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Vaqt nafaqat mahobatli binolari, balki nafis xattotlik yozuvlari bitilgan bejirim naqsh va bezaklari bilan ham kishini maftun etadigan o‘rta asr arxitekturasining hayratomuz dunyosini biz uchun asrab-avaylab kelmoqda.
Bu qadimiy bitiklarda buyuk ajdodlarimizning qanday donishmandlik sirlari yashiringan?
O‘zbekiston olimlarining ilmiy tadqiqotlari samarasida iste’dodli ustalar tomonidan bajarilgan va tinchlik, ma’rifat hamda bunyodkorlikka da’vat etuvchi ushbu qadimiy yozuvlar mazmun-mohiyati ochib berilmoqda.
Ko‘plab mutaxassislar asrlar davomida bu yozuvlarni tushunishga uringan, ularni to‘g‘ri o‘qish haqida ilmiy bahs-munozaralar hamon davom etmoqda. Biroq qadimgi O‘zbekiston zaminida joylashgan tarixiy yodgorliklar epigrafikasi va bu boradagi tegishli nashrlar hali ham to‘liq o‘rganilgani yo‘q. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mazkur yodgorliklarni o‘rganish va o‘qish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Bir guruh olimlar turli davrlarda vayron qilingan epigrafiya yozuvlarini bir necha yillar davomida mashaqqat bilan tadqiq etib, ularning ma’nosini o‘rgandi. Ushbu yozuvlar “Uzbekistan Today” axborot agentligi tomonidan tayyorlanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitoblar turkumida jamlandi. Loyiha mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyun hamda 2012-yil 1-apreldagi qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston epigrafik yodgorliklari noyobligi va ko‘pligi bo‘yicha nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyoda alohida o‘rin tutadi. Ularning aksariyati puxta o‘rganishni talab etadigan san’at, madaniyat, umuman, jahon sivilizatsiyasining durdonalari hisoblanadi. Bu ishlarga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi, Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi, mahalliy o‘lkashunos mutaxassislar jalb etildi. Viloyat hokimliklarining har tomonlama yordami bilan olti yilda turkumning birinchi kitoblarini nashr etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, Amir Temur davrida bunyod etilgan yodgorliklarda bitilgan yozuvlarning atigi 10 foizi o‘rganilgan va qisman chop etilgan.
Shu nuqtai nazardan, “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” o‘ziga xos loyiha hisoblanadi. Negaki, davlatimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz hududida joylashgan barcha arxitektura yodgorliklari epigrafikasi kompleks ravishda o‘rganilib, umumlashtirilmoqda.
2016-yil 17-oktabr kuni poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi va “Uzbekistan Today” axborot agentligining 10-yilligiga bag‘ishlangan “Uzoq o‘tmishdan maktublar: O‘zbekiston obidalaridagi bitiklarda ta’lim, ma’rifat, tinchlik va bunyodkorlik” mavzusidagi davra suhbati doirasida “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir “Uzbekistan Today” axborot agentligi, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi tomonidan qator hamkorlar ko‘magida tashkil etildi.
Unda mamlakatimiz olimlari, davlat va jamoat tashkilotlari, YeXHT, YuNISEF, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti, YuNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida loyihaning dastlabki natijalari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi arxitektura yodgorliklarida bitilgan epigrafik yozuvlarga bag‘ishlangan 12 kitob-albom, shuningdek, Samarqand viloyatining tarixiy me’morlik majmualari – Registon va Shohi Zindaga bag‘ishlangan ikki fotoalbom taqdim etildi.
O‘zbekiston olimlari 1,5 mingdan ziyod epigrafika yodgorliklaridagi (ularning aksariyati birinchi marta) yozuvlarni o‘rganib, tarjima qilgani ta’kidlandi. Ularning 200 dan ortig‘i she’rlar, o‘gitlar, hikmatli gaplar, yuzdan ziyodi usta va xattotlar nomlari, 300 diniy va 150 bag‘ishlov matnlari, 150 xronogramma, 100 tarixiy sana, hukmdorlarning 100 farmoyishi va boshqalardan iborat.
Ijodiy guruh Samarqanddagi Shohi Zinda, Amir Temur maqbarasi va jome’ masjidi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli singari dunyoga mashhur me’moriy yodgoriklarda bitilgan yozuvlarni o‘rgandi va ma’nosini tafsir qildi. Bundan tashqari, ular Xiva yodgorliklarining epigrafik bitiklari va 13 me’moriy majmua yozuvlari, jumladan, Pahlavon Mahmud qabr toshidagi matnlarni ham o‘qib-o‘rgandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura epigrafikasiga bag‘ishlangan albomda ilk bor Norinjon bobo majmuasining tarjima qilingan epigrafik materiali to‘liq nashr etildi. Qadimgi Mizdakxon shaharchasi hududida joylashgan va islom olamida mashhur Mazlumxon-suluv maqbarasining bugungi kungacha saqlanib qolgan epigrafik materiallari tarjimasi to‘liq hajmda taqdim etildi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi kurs ishida biz qadimgi turkey epigrafik yodgorliklarni o`rganilish tarixiga nazar tashlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |