O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir


O‘rxun-Enisey yodgorliklari



Download 205,85 Kb.
bet3/5
Sana13.07.2022
Hajmi205,85 Kb.
#785478
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi

1.2. O‘rxun-Enisey yodgorliklari
Qadimgi Turkiy bitigtoshlarning O‘rxun yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir. Kultegin bitigi, Bilga hoqon bitigtoshi, Kulchur bitigtoshi, To‘nyuquq bitigtoshi, Mayun chur bitigtoshi.
Kultegin bitigtoshi Bilga hoqon bitigtoshi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Radlov bu bitigni nemis tiliga tarjima qilgan. Bu bitigtosh marmarga qo‘yilgan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 metr 15 sm, tub qismining qalinligi 1 m. 24.sm. Marmar tosh o‘rtasida bosh burchakli qalqon bor. Unga balandligi 64 sm, kengligi 40 sm. bo‘lgan lavha o‘yilgan. Lavhada arxar surati naqshlangan. U hoqonlik tamg‘asi hisoblangan. Orqa tomonga bitigtoshning o‘rnatilish tarixi, hattot yozuvida bitilgan. Uning old tomoniga 40 satr, o‘ng va chap tomoniga 13 satrdan yozuv bitilgan. Ba’zi joylarida yozuv o‘chib ketgan. Bu marmartoshga yozish ishini Yo‘llig‘ Tigin ismli kish bajargan.3
Bu bitigtosh Kul tiginning akasi Bilga hoqon ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Bitigda asosan xalqqa murojaat qilingan. Bitig 732 yili Kul tigin xaritasi uchun Bilga hoqon tarafidan bitilgandir. Kultigin 731 yili to‘qqiz-o‘g‘izlar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan bo‘lgan edi. Qadim zamonlarda Xunn, Ko‘kturk, Uyg‘ur va boshqa davlatlarning markazlari O‘rxun tegrasida joylashganligi sababli Mo‘g‘uliston turklarning ona yurti hisoblanar edi. To‘nyuquq bitigida va boshqa bitiglarida ham Mo‘g‘ulistondagi joy nomlari tez-tez tilga olinadiki, bu hikoya qilingan harbu-zarblarning aksariyati o‘sha hududda kechganligiga aslo shubha uyg‘otmaydi. O‘sha davr oynomasi vazifasini yana bir yodgorlik – turk hoqoni eltarishning kichik o‘g‘li Kultegin qabriga qo‘yilgan bitigtosh o‘taydi. U 731 yil 47 yoshida vafot etgan. Kultegin bitigidagi barcha voqealar uning akasi Bilga hoqon (asli ism Mo‘g‘uliyon) tilidan hikoya qilinadi. Bitigni Kulteginning jiyani Yo‘llug‘tegin yozgan.
Mazkur nomada Bilga hoqonning og‘a-inilariga, qarindosh-urug‘lariga, xalqqa murojaat qilinib, ularning e’tiborsizligi va soddalligi natijasida turklarga ko‘p falokatlar kelganligi uqtiriladi hamda bo‘lib o‘tgan voqealardan xulosa chiqarishga, millat manfaatlari uchun kurashga da’vat etiladi.
“.... Ey turk xalqi, to‘kis ishonuvchansan. Samimiy, nosamimiyni ajratmaysan, kim qattiq gapirsa, samimiyni ham tanimaysan. O‘shandayliging uchun hoqonning so‘zini olmay har qayerga ketding, u yerlarda butunlay g‘oyib bo‘lding. O‘sha yerda qolganing har yerda o‘lib tirilib, zo‘rg‘a yurgan eding.... Hoqon yo‘q bo‘lib qashshoq xalqni oyoqqa turg‘izdim. Qashshoq xalqni boy qildim. Turk xalqini to‘plab davlat tutishingizni toshga o‘yib yozdirdim. Adashib ayrilganingni ham bu yerda yozdim. Unga qarab biling, turkning endigi xalqi, beklari. Uy, dunyogagina qaraydigan, ko‘ziga faqat mol-mulk ko‘rinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar. Men mangu toshga hammasini yozdim”.
Millatchilik va davlatchilik tarixida muhim ahamiyatga molik ushbu manbada yurt boshlig‘ining ko‘ngil faryodi o‘zining amaliy ifodasini topgan. Mazkur bitigni millat manfaatlari yo‘lida kurashgan, g‘alaba va mag‘lubiyat alamlarini totgan, kelajak taqdiri uchun qayg‘ura olishga qodir shaxsgina yozishi mumkin.
“Tepada osmon bosmagan bo‘lsa, ko‘rligining, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono hoqoningga, emirilgan, qo‘ldan ketgan davlatingga. O‘zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qayerdan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydin kelib surib ketdi? Borgan yerda yaxshilik shu bo‘ldi? Qoning suvday oqdi, suyaging tog‘day uyulib yotdi, bek bo‘ladigan o‘g‘il bolang qul bo‘ldi, suluv qiz bolang cho‘ri bo‘ldi”.
Mazkur bitigda qo‘shni tabg‘achlarning hiylakorligi, bosqinchiligi natijasida xalq boshiga tushgan kulfatlar afsus-nadomatlarla hikoya qilinadi. Nomada xalq ruhiyatidagi qarashlar shunchalik aniq va haqqoniylik bilan aytiladiki, bu fikrlarni biz yaqin o‘tmishimizdagi tariximizga ham tadbiq qilishimiz mumkin. Toshlarga bitilgan achchiq saboqlar, ezgu fikrlar g‘alayoni, otashin chaqiriq ruhi asrlar to‘fonlariga dosh berdi, o‘zining dolzarbligini saqlab qoldi.
Ko‘kturklarga tegishli O‘rxun yozuvlari boshdan-oyoq milliy shuur, demokratik ruh, milliylik tuyg‘usi va markazlashgan hokimiyat g‘oyasi bilan to‘la bo‘lib, tafakkur tarixida misli ko‘rilmagan asardir.
Bilga Hoqon (716-734) turk millatining milliy shuur, siyosiy tushunchalari orasida ilg‘or demokratik qarashlarni ilgari suradi. U ko‘kturklar davlatining birinchi bor bunyod etilishi va yuksalishidan tuygan iftixorini hamda ellik yil davom etgan CHin asoratining achchiq xotiralarini eslatgandan keyin millatning qudratiga bo‘lgan ishonchini raqam etadi. Hoqon ushbu xitobi orqali yer va ko‘k yiqilmaguncha hech bir millat turk kuchiga, davlatiga xavf sololmasligini ta’kidlab, ellik yillik asorat o‘z nuqsonlari bo‘lganligidan ogohlantiradi. Bilga hoqon o‘z xitobida ko‘proq bek va amaldorlardan shikoyat qiladi.
U qullik davrining fojealarini so‘zlar ekan, xalqqa chinliklarning shirin so‘ziga, yumshoq ipaklariga uchmaslikni, yo‘qsa, yana qullikka bo‘lajaklarini uqtiradi:
“CHinliklarning so‘zlari totli, ipak matolari yumshoqdir.SHirin so‘z bilan, yumshoq ipak mato bilan aldab, o‘zlaridan uzoq bo‘lgan millatni o‘zlariga yaqinlashtirarlar. So‘ngra unin ichiga kirib jamiki yomonliklarini amalga oshirarlar. CHinliklar o‘zlaridan bo‘lmagan mashhur kishilarni, bahodirlarni (alplar) yashatmaslar. YAnglishib ularga ishonganlar, o‘z urug‘lariga, eng yaqinlariga va millatiga foydali bo‘lishdan mahrum Bularlar. CHinliklarning shirin so‘zlariga, yumshoq ipklariga aldangan ko‘p, juda ko‘p Turk yo‘q bo‘ldi.”
Bilga hoqon 734 yil 25 noyabr kuni xitoyliklarga sotilgan bir saroy zobiti tarafidan o‘ldirilgan. Bu tosh bitig 735 yilda o‘g‘li Bilga Qutluq hoqon tarfidan Kultegin yodgorligidan bir kilometr uzoqlikda o‘rnatilgan. YOdgorlik ustidagi so‘z tizimlari Bilga hoqonga oiddir. YOdgorlik Yo‘llig‘ Tigin tomonidan yozilgandir.
O‘rxun bitiglarida turk millatining buyukligi milliy axloq va an’analarning ustunligi bilan o‘lchanishi qayd etiladi. O‘z tili va e’tiqodidan, urf-odatlaridan ularni hech qanday kuch ayirolmasligi ta’kidlanadi. “Turk beklari turkcha otini tashladi, Tabg‘ach beklarining tabg‘achcha nomlarini qabul qilib, Tabg‘ach hoqoniga qaram bo‘ldi... SHuncha mehnatini, sarf qilayotgan kuchini andisha qilmay, tabg‘ach hoqoni turk xalqni o‘ldirayin, urug‘ini urug‘ini qurutayin, der ekan va uni yo‘qotib borayotgan ekan. Ammo yuqorida turk osmoni, turkning muqaddas eri, suvi shunday debdi: “Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin”, deb otam eltarish hoqonni, onam elbilga xotunni tangri o‘z martabasida tutib, yuqori ko‘targan ekan”.4
Uning o‘g‘li Ichan hoqon 735 yili otasining xotirasi uchun Kultigin bitigidan 1 km uzoqlikda bitiladi. Bu yozuvni ham Bilga hoqonning amakisi Yo‘llig‘tigin yozgandir. Bitigtosh ag‘darilib 3 bo‘lakka bo‘lingan, shuning uchun ham yozuvlarning ma’nosi unchalik tushunarli emas. Bitigtosh Bilga hoqonning taxtga o‘tirishidan boshlanadi. Bitigtoshda Bilga hoqonning hoqonlik yillari, davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi. Bitigtoshning so‘nggi misralarida Bilga hoqonning o‘z xalqiga qilgan nasihatlari aks etgan: xalq hoqonidan, er-suvidan (ya’ni vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko‘radi, baxtli, betashvish yashaydi. Bilga hoqon bitigtoshini ham Xitoy ustalari o‘rnatgan. Bitigtosh oxirida esa uning muallifi Yo‘llig‘ tiginning ismi keltiriladi:
«Turk Bilga hoqonning so‘zlarini bu tosh ustiga men yozdim «Hoqonning jiyani men Yo‘llig‘ tigin. Bir oy 4 kun o‘tirib yozdim…»
Bunga hoqonning vafoti sanasi bitiktoshda quyidagicha ko‘rsatilgan:
«Otam hoqon it yili uchinchi oyning yigirma oltisida vafot etdi. To‘ng‘iz yili beshinchi oyning yigirma yettisida dafn marosimini qildirdim.» Bu it yili 734 yilning uchinchi oyi, yigirma oltisi noyabrning yigirma beshinchisiga to‘g‘ri keladi.
To‘nyuquk bitigtoshi 2-turk hoqonligiga asos solgan eltarish hoqonining maslahatchisi va sarkardasi To‘nyuquqqa bag‘ishlanib, 712 – 716 yillari yozilgan. To‘nyuquq bu bitigni o‘zi hayotligida yozdirgan. Bitigtosh Ulan – Batordan 66 km. janubiy sharqidagi Bain Sokto degan joydan topilgan. Bitigtoshni Yelizaveta Klemens 1897 yili shimoliy Mo‘g‘iliston safariga borganda topgan.
Tunyuquq bitigtoshi Kultigin va Bilga hoqon bitigtoshidan mazmunan farq qiladi. Bitigtoshda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashi, To‘nyuquqning xalq oldidagi xizmatlari hikoya qilinadi.
Mo‘g‘ulistonning Bain Sokto manzilidan topilgan To‘nyuquq bitigi VIII asrga mansub. Buyuk turk hoqoni eltarish hoqonning sarkardasi To‘nyuquqqa bag‘ishlangan bo‘lib, 712-716 yillarda bitilgan. Unda lashkarboshining faoliyati, yurt mudofaasi va boshqaruviga doir tadbirlari hikoya qilinadi. Mard sarkardaning xizmatlari yuqori baholanadi, tadbirkorligi va jasorati ko‘p g‘alabalarning garovi sifatida ta’kidlanadi.
“Turk xalqi o‘zining xoni bilan bo‘lmay Tabg‘ach hoqonlig‘iga qo‘shildi. Tangri shunday degan ekan: Xon berdim. Xoningni qo‘yib, taslim bo‘lding. Tabg‘achga taslim bo‘lgani uchun tangri o‘l degan shekilli”.
Bitigda To‘nyuquqning tarjimai holi ham ayon bo‘ladi: “Men hoqon To‘nyuquq CHinda dunyoga kldim. CHunki u paytda turk millati CHinga tobe edi. ... Turk millati parishon bo‘ldi va birlashgan turk yurtida jamoa holidagi xalq qolmagandi. ... Dastlab SHod (Qutlug‘) yonida yetti yuz kishi to‘plandi. Men ham ular bilan birga edim. Tangri menga sezgi berganligi sababli uning hoqon bo‘lishi uchun harakat qildim va o‘zini ham qistadim. U: “To‘nyuquq men bilan birga bo‘lganda men eltarish (millatni to‘plagan) hoqon bo‘layin” deydi. Xitoy va CHinliklarning bu toza kuchni yo‘q qilish payiga tushganini bilishmi hamon kundo‘z o‘tirmay, kecha uxlamay hoqonga arz qildim, dushmanlar birlashmasdan ustiga yuraylik, dedim. Tangrining yordami bilan yog‘iyni daf etdik. Hoqon va turk millati O‘tukanga joylashishi bilan Janub va SHimol, SHarq va G‘arbdagi barcha urug‘lar kelib, bizga qo‘shildi”.5
To‘nyuquq bitigi yuksak saviyada yozilganligi, hokimiyatni saqlab qolishga va ijtimoiy fikr jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatganligi bilan ahamiyatlidir. U siyosiy-ijtimoiy sharhlar, davlat arbobining faoliyati, saltanatni boshqarish tajribalari to‘g‘risidagi mulohazalari sifatida e’tiborlidir.
Ulug‘ noib o‘z faoliyatini bayon etar ekan, yana shunday deydi: “Qopag‘on xon yigirma yetti yoshida taxtga chiqdi, kundo‘z o‘tirmadi, kecha uxlamadi. Men ham qizil qonimni to‘kib, qora terimni oqizib, uning xizmatida bo‘ldim. Eltarish hoqon himmat qilmasa yoki ishlamasa edi va men ham ishlamasaydim, biolashgan turk yurti egasiz qolardi. Ular bilan birga bo‘lganim bois turk millati birlikka erishdi. Bugun Bilga hoqon ana shu xizmatlarning sharofati bilan turk va O‘g‘o‘z millatini idora etmoqda”. Mazkur ifodalar turk xon va bekliklari qay darajada milliy qahramon bo‘lganligini ko‘rsatadi.
CHin manbalari yuz ming kishilik Qopag‘on hoqonning suvoriylari CHinni istilo qilib, surgundagi turk xalqini qutqazgani, imperator hoqonga uch yuz ming kilogramm g‘alla, ellik ming to‘p ipak, uch ming ziroat quroli, olti viloyatni berib, sulh to‘zganini xabar qiladi. Bitiglar o‘z shaxsiy manfaatlari yuzasidan chinliklar bilan til biriktirib, davlatni parchalab tashlagan, xalqni milliy madaniyat va nizomdan uzoqlashtirgan ayrim beklarni qattiq qoralaydi, ularga la’nat yog‘diradi.
Turklar ibtidodan urug‘ beklari idorasidagi qabila birligiga, feodal asoslarga suyangan siyosiy tashkilotga hamda davlat tushunchasiga ega edilar. SHuning uchun ba’zan boshqa urug‘ va davlatlar holida o‘zaro urushmoqdan ham yiroq emasdilar. Lekin bu bo‘linishlardan qat’iy nazar, ularda milliy shuur mafkurasi hukmron ediki, buhol To‘nyuquq bitiglarida ham o‘z ifodasiga ega.
To‘nyuquq Turk hoqonligi Xitoyga bo‘ysundirilgan vaqtda (630 – 680 yillar) Xitoyga ko‘chib ketgan Turk oilasida tug‘ilgan. Faqat qaysi turkiy urug‘ga mansubligi aniqlanmagan. Keyinchalik turklar xitoyliklardan mustaqillikka erishgan paytda eltarish Kutlug‘ hoqon tomoniga o‘tib, Bilge hoqon davrida ham Turk hoqonligida birinchi vazir va xarbiy qo‘mondon vazifalarida qolgandir. Bu To‘nyuquq Tosh yodgorligi Tula daryosining yuqori oqimidan, Kul tigin va Bilge hoqon yodgorliklari atrofidan topilgandir. Faqat yodgorlikning kaysi yili o‘rnatilganligi aniqlanmagan.
Xitoy imperatoriga vaqtincha qaram bo‘lib qolgan Ishpara xonning unga yo‘llagan quyidagi so‘zlari e’tiborni ortadi: “O‘g‘limni saroynigizga yuborayapman. U har yili sizga kelib chiqishi samoviy bo‘lgan otlar taqdim etajak. Ertayu kech amringizga tayyorman. Ammo kiyimingizni oldini ochishga, o‘rilgan sochlarimizni yozishga, tilimizni o‘zgartirishga va sizning qonunlaringizni qabul qilishga kelsak, bizning urf-odatlarimiz juda qadimiy bo‘lganligi tufayli ularni bo‘zishga jasoratim etmaydi. Butun millatimizning qalbi birdir”. Ko‘rinib turibdiki, hatto tobelikka va soliqlar to‘lashga rozi bo‘lgan hukmdor ham millatining ma’naviy qadriyatlarini, milliy shaxsiyatini va nizomini o‘zgartirishga aslo yo‘l qo‘ymayotir.6
Turklarning e’tiqodi, Ko‘k tangriga munosabatidan shu narsa anglashildiki, turklar islom diniga qadar ham yagona tangriga iymon keltirishgan, eng og‘ir pallalarda undan madad kutishgan. Bu xususda O‘rxun toshbitiglarida ancha teran mulohazalarga duch kelamiz. "Tangri shunday degan ekan", "‘Dunyoni tangri yasaydi" kabi iboralarga tez-tez uchraymizki, bular qadimgi turkiylar yagona tangriga e’tiqod qo‘yganliklarini isbotlaydi. SHu bois bo‘lsa kerak, o‘sha zamonda keng yoyilgan shomoniy, nasroniy, budda dinlaridan ko‘ra islom dinining tarqalishiga ma’lum ma’noda qulayliklar mavjud edi. SHu bilan bir qatorda turk qo‘shinidagi jangovarlik islomdagi jihodga yaqinligi va uyg‘unligi bilan islom dini keng tarqalishiga zamin hozirlagan edi.
VIII asrning solnomasiga aylangan yana bir yodgorlik Bilga xoqon bitigidir. U eltarish xoqonning katta o‘g‘li Kulteginning otasi Bilga xoqon sharafiga 735 yilda o‘rnatilgan. Bilga xoqonni 734 yilda o‘z yaqinlaridan biri zaharlab o‘ldiradi. Bu bitig ham Yo‘llug‘tegin tomonidan yozilgan, lekin zamonlar o‘tishi bilan ag‘darilib, yozuvlari ancha zararlangan.
Bitigda Bilga xoqon davlatni adolatli boshqarganligi, ko‘pgina turk qavmlarini birlashtirgani, mamlakatning iqtisodiy-siyosiy mavqeini yuksaltirgani Yo‘llug‘tegin tomonidan mahorat bilan bayon etiladi.
Yo‘llug‘tegin Bilga xoqon tilida davlatning daxlsizligi haqida fikr yuritar ekan, uning necha yoshda qay bir ishlarni amalga oshirganini yilma-yil qayd etib boradi hamda bobolarning yo‘l qo‘ygan kamchilik-xatolarini keyingi avlod takrorlamasligini maslahat beradi.
Tarixga kirgan solnomalardan yana bir turkumi Enisey bitiglari bo‘lib, Enisey daryosi bo‘ylaridan topilganligi uchun shunday nom olgan. Ularda ham O‘rxun toshbitiglarida bo‘lgani kabi yuqori tabaqaga mansub shaxslarningtaqdiri, hayot yo‘li, dunyoqarashi o‘z aksini topgan.
Marhum zotlarning o‘z yaqinlariga, qarindosh-ypyg‘lariga, farzandlariga qilgan murojaatida vatanni yog‘iylardan himoya qilish kerakligi alohida uqtiriladi. O‘z yurtidan, yaqinlaridan ayrilgan shaxsning iztirobli o‘ylari, vasiyatlari o‘quvchini to‘lqinlantiradi. Bu jihatdan eletmish Bilga xoqon yodnomasi diqqatga sazovordir. Zotan, u ichki hissiyot nuqtai nazaridan O‘rxun xotiranomalariga juda yaqin turadi. Eletmish Bilga xoqon poytaxti O‘tukan atrofida joylashganini gapirib o‘tar ekan, o‘z faoliyati xususida quyidagilarni toshga o‘yib yozdiradi: "YUqorida ko‘k osmon yorlaqagani uchun, ostda mo‘ng‘ir er tarbiyalagani uchun elimni va davlatimni vujudga keltirdim. Kunchiqardagi xalq, kun botardagi xalq, to‘rt tarafdagi xalq, menga kuch berar, dushmanim esa o‘zi egallagan joyni qo‘ldan chiqarardi. Sakkiz daryo oralig‘ida mening qo‘yim va yilqim bor. Sakkiz daryo-Selenga, O‘rxun, Tula meni xursand qiladi, Qarg‘a va Burgu daryolari bo‘yida men o‘zim o‘rnashyapman".
Bu muhim manbalarda ajdodlarimizning tili, tarixi, turmush-tarzi, urf-odatlari, badiiy ijodlari bilan bir qatorda davlat yuritish tartib-qoidalari ham keng qamrovda aks ettirilgan. Ushbu tartib-qoidalar shaxsiy manfaatlar yuzasidan emas, balki umummillat manfaatlari yuzasidan kelib chiqib bayon etiladi, O‘rxun-Enisey bitiglarida aks ettirilgan davlatni boshqarish xususidagi fikrlar, qarashlar bugungi qonunchiligimiz asoslariga juda monand. Bu esa o‘z navbatida demokratik davlat qurish g‘oyasi va bu yo‘ldagi sa’y-harakatlar azal-azaldan xalqimiz dunyoqarashining asosiy tamoyillaridan biri edi, deb xulosa chiqarishimizga imkon beradi.
Enisey bitiglari turkumidan o‘rin olgan va qabr-toshlarga, xarsang toshlarga, turli xil idishlarga yozib qoldirilgan "Uyuq Tarlaq yodnomasi", "Uyuq Turan yodnomasi", "Elegeshdan topilgan yodnoma", "Begra yodnomasi", "CHakul yodnomasi", "Achur qishlog‘idagi yodnoma", "Oltin-ko‘l yodnomalari", "Uybat yodnomasi" kabilar O‘rxun yodnomalaridan bir qadar farq qiladi. Bu bitiglar erkin she’r shaklida yozilgan bo‘lib, undakgi tarixiy voqealar, shaxslarning o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi xulosalari fikr va tuyg‘uning go‘zal bir omuxtaligi tarzida aks etadi, o‘quvchiga estetik zavq beradi, tabiat va jamiyat sinovlari borasida mulohaza yuritishga chorlaydi. 7

Elegeshdan topilgan yodnoma


Uydagi xotinlarim, malikalarim,
Sizlarni yo‘qotib,.
O‘zimning o‘g‘illarim,
Sizlardan judo bo‘ldim.
Men yuzta qahramon jangchinint
kuchiga ega bo‘lganim uchun,
Dushmanimning yuzta jangchisi
bilan daryo bo‘yida urushganim uchun,
Sizlardan ayrildim.
Ko‘k osmondagi quyosh va oyni yorita olmadim,
Vatanimni yo‘qotib, sizlardan ayrildim.
Hoqonimni, davlatimni, sizlarni yo‘qotib,
Sizlarga egalik qila olmadim...
Hoqonimni, davlatimni yo‘qotib,
Sizlardan ayrildim.
Davlatning chiroyli qizil bayrog‘ini
Men belimdagi oltin kamarimga bog‘ladim.
Mashhur Turk Bug‘u bayrog‘i ostida,
Uning ixtiyori bilan, otasi bekning
shon-shavkati uchun,
Men jangchi bo‘ldim.
Qora xalqim, mahkam bo‘ling,
Davlatim. qonun-qoidalarini qo‘ldan bermang.
Yo‘qotmang siz davlatimni, hoqonimni.
Davlatim hayotida, janglar paytida,
Yigitlarimdan qahramonlar topildi.
Jangda hammasi bo‘lib biz sakkiz kishi edik.
Janubga qo‘shin tortib, o‘lib-yitib,
Yo‘lbars yilida qahramonlik ko‘rsatdim.
To‘rt oyoqli yilqim, sakkiz oyoqli molim bor edi,
Hech g‘am-tashvishim yo‘q edi.
G‘am, tashvish menga tez keldi,
Kuchdan qoldim.
G‘am chekkanimda sizlar bilan uchrashgim keladi.
Qarindosh-urug‘larimdan, ko‘zu krshlarimdan
(ya’ni eng yaqinlarimdan),
Uchar otlarimdan ayrilib,
Qora xalqimni yo‘qotdim, yo‘qolib ketdim men.
Enisey marsiyalarining tub-tubidan insoniy dard-alam, chigal taqdirlarning fojeaviy qismati balqib turadi. Mazkur marsiyalar inson hayotining mazmun-moxiyati to‘g‘risida, borliqning sitamlari, yo‘qlikning anduhlari borasida, insoniy - burch va mas’uliyat xususida bahs yuritadi. Ayriliq falsafasining ajoyib namunalari bo‘lgan bu ehtirosli misralar tarix saboqlari, tarix o‘gitlaridir.
Tarixiy tomirlarimiz namunasi bo‘lmish tosh bitiglar qadim va ilk o‘rta asr yodgorliklari ijtimoiy fikr taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.8

Download 205,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish