O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir


I-bob. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi



Download 205,85 Kb.
bet2/5
Sana13.07.2022
Hajmi205,85 Kb.
#785478
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi

I-bob. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi
1.1.Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi
Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o‘rganilish tarixi.
Bundan yuz yillar ilgari turkiy xalqlarning yozuvi taqdiri shumer mixxatlari tarixiga o‘xshardi. Bir necha ming yillar davomida shakllangan turkiy yozuvlar uzoq vaqtgacha jamoatchilikka ma’lum bo‘lmay keldi.
XVIII asrda turkiy xalqlar yozuvlari haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Lekin yozuvlar qaysi xalqga mansub ekanligi muammoligicha qolaverdi. CHunki bu yozuvlarni hech kim o‘qiy olmadi. 1691 yilda Moskvadagi Gollandiya elchixonasi a’zolaridan biri Nikolay Vidzen Verxoturdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda noma’lum alifboda yozilgan bitigtoshlarni topdi. N.Vidzen o‘z davrining yirik olimi edi. U Sibirdagi do‘stlariga xat yozib yangi topilmalar haqida xat yozishlarini iltimos qiladi. N.Vidzenning bu soha bilan qiziqishiga Sibir viloyati boshligi Golovin sabab bo‘lgan edi. U Sibir bo‘ylab sayohat qilib yurganida Ob daryosining o‘pirilgan joyilan odam suyaklari saqlangan yog‘och quti, kumush boldoq, idishlar topadi. Bu topilmalarni u N.Vidzenga sovg‘a qiladi. Lekin bu topilmalar va yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma’lum edi. Oradan 5 yil o‘tgach 1696 yilda tobollik boyar o‘g‘li Semyon Remezov ham Sibir yerlarining xaritasini chizayotib, bir punktiga O‘rxun toshi deb belgi qo‘ydi. Noma’lum yozuv bitilgan bu tosh xaritada chegara vazifasini o‘tay boshladi. Bunday yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti Filipp Ioganin Stralanberg to‘liqroq ma’lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma’lum yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu yozuvlar run yozuvlari deb atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab, got yozuviga tashqi jihatdan o‘xshashligidir. Runa - sir ma’nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run yozuvi milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy yozuvlar esa G‘arbdagi run yozuvlari paydo bo‘lgunga qadar ham mavjud edi.
1716 yili Pyotr I Dansigda professor Breynning tabiyot-tarix muzeyini borib ko‘radi. SHundan so‘ng olimdan bu sohada iqtidorli kishi berishni iltimos qiladi. Breyn do‘sti, tibbiyot fanlari doktori Daniil Gotlib Messershmidtni tavsiya qiladi. U tarix, jo‘g‘rofiya, botaniqa sohasida ham bilimdon edi. Oradan ko‘p o‘tmay D.Messershmidt Peterburgga chaqirildi. Unga Sibirning fizik tasvirini yaratish topshirildi. U yetti yil tinimsiz ishladi.1
Qadimiy turkiy yodnomalarning ilk to‘plovchisi va tadqiqotchisi bo‘lgan F.I.Stralanbergning faoliyati ham D.G.Messershmidt nomi bilan bog‘liq. Ular 1720 yili Tobolsk shahrida tanishadi. Messershmidt hukumatdan uni ham o‘z ekspedisiyasiga kiritishni iltimos qiladi. Ular ikki yil davomida birga ishladilar. 1730 yili ular Lyubenda «Evropa va Osiyoning sharqiy va shimoliy qismining tarixiy hamda jo‘g‘grofiy tasviri» kitobini nashr etdilar. Bu kitob ikki olimning kundaliklaridan iborat bo‘lib, unda dunyo ahamiyatiga molik fikrlar bayon qilingan edi. SHundan so‘ng enasoy yozuvlari haqidagi ilk munozaralar boshlandi. Bu yozuvlarni shakliga qarab, goh slavyan, goh keltarga va greklarga nisbat berdilar. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha turkiy xalqlar Sibirning yerli aholisi emas shuning uchun bu yozuvlarning Turkiy xalqlarga tegishli ekanligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
XIX asrning II yarmida «Slavyan nazariyasi» unutila boshlandi. Bu davrlarda qadimshunoslar enasoy, Abakan daryosi qirg‘oqlaridan, Oltinko‘l yaqinidan, Buluk daryosi bo‘ylaridan ko‘plab toshga yozilgan yozuvlarni topdilar. Lekin bu yozuvlarning taqdiri ham avvalgi yozuvlarning taqdiriga o‘xshab noma’lumligicha qolaverdi. YOzuvlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini birinchi bo‘lib N.YAdrinsev isbotlab berdi. U topilgan yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganini, turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo‘shni bo‘lganligini, bu yozuvlar turkiy xalqlarga taaluqli ekanligini aniqladi. Lekin bu bitigtoshlarda nimalar ifodalanganligi noma’lumligicha qolaverdi.
N.M.YAdrinsev boshliq ekspedisiyaning O‘rxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiglarini butun dunyoga mashhur qildi. U topgan «tangacha»li bitigtoshlar ko‘pchilik tarixchilarning diqqatini o‘ziga jalb qildi.
Kultegin bitigida xitoycha yozuv matnlari ham bor edi. Bu matnlardan ma’lum bo‘lishicha, bitigtoshlarning biri hoqon Bilga va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultegin sharafiga bitilgan ekan. N.YAdrinsev topilmasidan so‘ng bu yozuvlar O‘rxun- Yenisey yozuvlari deb nomlandi. Ba’zi olimlar bu yozuvlarni run yozuvlariga o‘xshashligini nazarda tutib, turkiy-run yozuvlari deb atayverdilar.
1891 yili N.YAdrinsev Ongin daryosi bo‘yidan yana bir bitigtosh topadi. U fanda Ongin bitigtoshi deb atala boshladi. Ko‘pinchalik Ettisuvdan bitigtoshlar topildi. Ular shakl jihatidan O‘rxun yozuvlaridan bir oz farq qilgan.
YOzuvlarni o‘qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V.Rad’lovlar zimmasiga tushdi. 1893 yil bahorida Tomson O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan yozuvlarni o‘qiganligi haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig‘ilishida axborot berdi. U boshqa xalqlar yozuvini deshifrovka qilib o‘qishda qo‘llagan tajribasi O‘rxun yozuvlarining kalitini ochishda ham qo‘l keldi. U yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga tayangan holda, O‘rxun yozuvlaridagi butun alifboni aniqladi va birinchi marta «Tangri», «Turk» so‘zlarini o‘qidi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotini topdi.
Tomsondan keyin Radlov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya Fanlar akademiyasi yig‘ilishida Kultegin bitigini o‘qiganligi haqida ma’lumot beradi. YOzuvlarni Tomson o‘qishga qadar Radlov 1893 yil kuzigacha bu bitiktoshlardagi 15 harfni aniqlab bo‘lgan edi. SHunday qilib, bu yozuvlar – run, ya’ni sir emasligi aniqlandi.
Bu bitiktoshlar turkiy yozuvda bitilganligi isbotlangandan so‘ng, yana bir muammo paydo bo‘ldi: O‘rxun – Enisey yozuvlari qaysi yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin olimlar haligacha bu xususda bir bitimga kela olganlari yo‘q. V.Tomson bu yozuvdagi ayrim harflarning somiy – pahlaviy yozuvidagi harflarga o‘xshashligini topdi. Keyinroq turkiy alifbodagi 23 harfning oromiy alifbosiga o‘xshashligi aniqlandi. U turkiy tilning tovush qurilishiga mos holda qayta ishlangan va oromiy alifbosidagi bir necha belgilar bilan to‘ldirilgan degan xulosaga keldi. Oromiy yozuvi mil.avv. I ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Bu yozuv dastlab Suriya va Mesopotamiyada paydo bo‘lgan. Dastlabki oromiy yozuvi finikiya yozuvidan deyarli farq qilmagan. Keyinchalik mil.avv I ming yillik o‘rtalarida oromiylar finikiya yozuviga ayrim o‘zgartirishlar kiritganlar. Harflar soni qisqartirilib, shaklini ham soddalashtirganlar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab ko‘pgina xalqlar: yahudiylar, vavilonliklar, assuriyaliklar, forslar va arablar oromiy yozuvini o‘z tillariga moslashtirganlar. 2
Qozog‘istonlik olim A.S.Omonjo‘lovning fikricha, turkiy alifbo mil.avv. I ming yillikda shakllanib bo‘lgan edi. Bu fikrda jon bor. 1970 yil Olmaotadan topilgan (Issikko‘ldan) ashyoviy dalillar buni isbotladi. Bu yerdan topilgan chetlariga turkiy – runiy yozuvlariga o‘xshash belgilar bitilgan kumush kosacha hammaning diqqatini tortadi. Qazilma rahbari ashyoviy dalillar joylashgan qabr mil.avv. V – IV asrlarga tegishlidir. 1960 yillarda Turkiston shahriga yaqin bir joyda loyga bitilgan bitigtosh topiladi. Uchta belgini hisobga olmaganda bitik O‘rxun yozuviga mansub. Bu loy bitig o‘ziga xos tumor bo‘lgan. Xo‘sh bu yangi belgilar kayerdan keldi. Bu belgilar ijodkori noma’lum, lekin, bu belgilar o‘sha davr bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aytishicha yunon alifbsidan olingan.
E.D.Palivanov turk – yunon yozuvlarini turkiy muhitning o‘zida paydo bo‘lganligi haqidagi fikridadir.
Endi qadimgi turkiy yozuvi haqida:
Qadimgi Turkiy yozuvi 38 harfdan iborat bo‘lib, 4 harf unli, qolgan 34 harf unsizdir. YAna ba’zan a – e, o – u, u – yu harflari uchun bir harf qo‘llanilgan. Bu qadimgi yozuv o‘ngdan chapga qarab yozilgan va so‘zlar orasiga ikki nukta (: ) qo‘yilgan.
Demak, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, qadimgi turk yozuvi mil.avv. V asrda paydo bo‘lgan va asosan oromiy yozuvi asosida shakllangandir.



Download 205,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish