II-bob. O‘rta Osiyoda topilgan turkiy bitiklar
2.1. O‘rta Osiyoda topilgan turkiy bitiklar
Turkiy bitigtoshlar O‘rta Osiyoda ko‘p topilmagan. Askan Talasdan topilgan xolos. Talas bitigtoshlarini topish va jamoatchilikka ma’lum qilishda M.E. Masson 1930 yilda Tereksoyda o‘tkazgan arxeologik qazishmalari natijasida O‘rxun – enasoy harfi shaklidagi ikki qator yozuv bitilgan tosh topdi. YAna Talasdan 1933 yilda yettita katta – kichik hajmdagi bitigtosh topildi. 60-yillarda ham O‘sh viloyatida Batken tumani xududida qabr toshiga bitilgan va qadimgi turk davriga oid bitigtosh ma’lum qilingan.
YOdgorliklarning tarqalishi kengligi ham hozircha muammo bo‘lib turibdi. Bu yerlarda topilgan yozuvlar hattotlik mahorati jihatidan turli-tuman, chunki yozuv keng xalq orasida qo‘llangan. YOzuvning yaxshi egallagan odamlarning katta bir guruhi orasida u kengroq qo‘llanilgan. Masalan, yirik O‘rxun yodnomalari xusnixat bilan yozilgan, uning ijodkorlari yozuv mahoratini egallagan, maktabda maxsus o‘qitilgan. Maya tog‘idagi yozuvni bitishda kasb mahorati etishmasligi sezilib turadi. Ular xunuk xat bilan yozilgan.
Qadimgi turkiy yozuvlar tarqalgan o‘lkalar orasida O‘zbekiston hududlarining ham alohida o‘rni bor ekanligi qator topilmalar orasida isbotlanmoqda. Masalan, Fargona vodiysidagi Isfaradan topilgan turkiy bitig, A.N. Bernshtam e’lon qilgan Farg‘ona turkiy bitigi, Quvada topilgan xum sirtidagi turkiy bitig, S.T. Klyashtorniy o‘qigan Farg‘onadan topilgan bronza o‘zugiga yozilgan bitig va boshqalar bu fikrni tasdiqlaydi.
Tadqiqotlar O‘zbekiston hududida yashagan yangi turkiy bitiglar topilishiga olib kelmoqda. 1986 yili O‘z. FA Arxeologiya instituti tomonidan Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Lo‘mbitepa yodgorligida qazish ishlari boshlandi. Bu yodgorlik maydoni 60x90 metr, balandligi 8 metr keladigan tepa bo‘lib, V – VIII asrlarga oid bo‘lgan mustahkamlangan qishloq qo‘rg‘oni edi. Bu yerda hayot IX – X asrlarda o‘zilib qolgan.
Bu yodgorlikda ko‘plab ashyoviy dalillar qatori qadimgi turkiy yozuviga daxldor muhim obida topildi. Bu obidabo‘yi 20 sm.dan sal ortiqroq, qorin qismining keng nuqtasi 16 – 17 sm, bo‘yin qismi tor xumcha bo‘lib, uning og‘zi labidan elkasiga birlashuvchi bir yoklama ushlagichi bandi bor. Uning bandi sirtiga pastdan yuqoriga yo‘nalgan qadimiy turkiy bitik o‘yib tushirilgan.
Bitik idish xumdondan pishirilishidan oldin bitilgan. Bu xumcha yodgorlikning VI – VII asrlarga oid qatlamidan chiqdi. Xumcha bog‘ida kuyidagi yozuv mavjud.
1 2 3 4 5 6 7
Bu yerdagi birinchi va oltinchi harflar «k» harfini ifodalar ekan. Har ikki o‘rinda ham harflar O‘rxun – Enisey yodgorliklaridagiga qaraganda bir oz farqli. Buni biz bu yozuv mutaxassis bo‘lmagan, bir qiziquvchan kishi tomonidan yozilgan bo‘lishi mumkin deb izohlaymiz. To‘rtinchi harf « m » deb o‘qilgan. To‘nyuquq bitigtoshida shu harfni birlashtiruvchi chizig‘i to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, bu yerda qiyalatib yozilgan. Qolgan harflar nomlanishi quyidagicha: k, i, a, i, ch, k, ch. Turk xatinning tovushlar uyg‘unligi (singarmonizm) qonuniga mslashganligi, bu yerda so‘zlarning qattiq yoki yumshoq o‘zakli ekanligini aniqlashga imkon beradi. SHunga asosan fikr yuritadigan bo‘lsak, birinchi so‘z yumshoq o‘zaklidir, chunki u k tovushi bilan kelgan. Turkiy so‘zlarda bilamizki, ikki unli yonma-yon kelmaydi. Demak, so‘z chegarasi ham shu yerda bo‘ladi: « i » birinchi so‘zga, « a » harfi ikkinchi so‘zga taalluqli bo‘ladi. Beshinchi belgi « i » ning qattiq eshini (variantini) undan keyingi belgi esa yumshok «k» ni ifodalaydi. «I» oldingi, «K» esa oxirgi so‘zga tegishlidir. SHundan kelib chiqib bitigni uch so‘zga ajratish mumkin: o‘rtadagi qattiq, ikki yondagisi esa yumshoq o‘zakli so‘zlardir. Endi so‘zlrni o‘qib chikishga harakat qilamiz: 1 va 2-harfi birinchi so‘zga birlashadi, ularning oldiga qadimiy turkiy imlo qoidasiga ko‘ra tushirib qoldirgan yumshoq «E» tovushini qo‘shsak, «eki» deb o‘qish mumkin bo‘ladi. Qadimgi turkiy talaffo‘zda ikki so‘zi eki tarzida ishlatilgan. Harflarning ikkinchi guruhini (a, m, n) amin deb o‘qish mumkin. V.Rad lovning turkiy lahjalar bo‘yicha lug‘atida bu so‘zga «yashamok, turmok, turish, hayot, makon» deya ta’rif berilgan.
So‘nggi ikki harfni (k va ch) birlashtirib «hech» yoki «ekach» deb o‘qilsa bo‘ladi. M.Qoshg‘ariyning lug‘atida o‘z singlisidek kiz «ekach» deb atalgan. YAna bir faraz matndagi «ekach» so‘ziga « a » qo‘shimchasi qo‘shilsa, u jo‘nalish kelishigi shaklini oladi va «egachimga» shaklini oladi. YUkoridagi da’volar asosida ko‘zachadagi yozuvni quyidagicha o‘qish mumkin bo‘ladi:
eki amin ekach «a»
Talqinimizni chin bo‘lgan taqdirda, uning ma’nosi: «Egachimga ikki umr (bersin)», «Egachimning ikki dunyosi obod bo‘lsin» degan mazmun anglashiladi.9
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, XVIII asrda turkiy xalqlar yozuvlari haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Lekin yozuvlar qaysi xalqga mansub ekanligi muammoligicha qolaverdi. CHunki bu yozuvlarni hech kim o‘qiy olmadi. 1691 yilda Moskvadagi Gollandiya elchixonasi a’zolaridan biri Nikolay Vidzen Verxoturdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda noma’lum alifboda yozilgan bitigtoshlarni topdi. N.Vidzen o‘z davrining yirik olimi edi. U Sibirdagi do‘stlariga xat yozib yangi topilmalar haqida xat yozishlarini iltimos qiladi. N.Vidzenning bu soha bilan qiziqishiga Sibir viloyati boshligi Golovin sabab bo‘lgan edi. U Sibir bo‘ylab sayohat qilib yurganida Ob daryosining o‘pirilgan joyilan odam suyaklari saqlangan yog‘och quti, kumush boldoq, idishlar topadi. Bu topilmalarni u N.Vidzenga sovg‘a qiladi. Lekin bu topilmalar va yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma’lum edi. Oradan 5 yil o‘tgach 1696 yilda tobollik boyar o‘g‘li Semyon Remezov ham Sibir yerlarining xaritasini chizayotib, bir punktiga O‘rxun toshi deb belgi qo‘ydi. Noma’lum yozuv bitilgan bu tosh xaritada chegara vazifasini o‘tay boshladi. Bunday yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti Filipp Ioganin Stralanberg to‘liqroq ma’lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma’lum yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu yozuvlar run yozuvlari deb atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab, got yozuviga tashqi jihatdan o‘xshashligidir. Runa - sir ma’nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run yozuvi milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy yozuvlar esa G‘arbdagi run yozuvlari paydo bo‘lgunga qadar ham mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |