25-rasra. Bosh va bo‘yin venalari:
1)
ichki bo'yinturuq venasi;
2)
yuz venasi;
3)
pastki jag‘ orti venasi;
4)
yuqori jag‘ venalari;
5)
orqa quloq venasi;
6)
ensa venasi;
7)
oldingi bo'yinturuq venasi.
Tashqi bo‘yinturuq venasining qoni ichki bo ‘yinturuq venasi
yoki o ‘mrov osti venasiga quyiladi. Oldingi bo'yinturuq venasi
to ‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak oldingi qirrasi bo‘ylab
joylashgan.
Bo‘yin venalari fassiyalari bilan o ‘ralgan
va ularga zich
birikkan, shuning uchun tomirlar shikastlanganda (ayniqsa qisman
www.ziyouz.com kutubxonasi
shikastlanganida) puchaymaydi va o ‘ziga havoni tortib, havo
emboliyasi xavfini tug‘diradi.
7.
Bo‘yin to ‘rtinchi fassiyasining pariyetal va visseral varaqlari
orasida traxeya oldida yog‘ kletchatkali bo‘shliq bo‘lib, bolalarda
uning devorlari kuchsiz rivojlanganligi sababli shu joyda yuz
bergan yiringli yallig‘lanish ko‘krak o ‘rta bo‘shlig‘iga o ‘tib ketishi
mumkin. (23,24,25-rasmlar).
TIL OSTI SUYAGINING USTKI
SOHASI - REGIO SUPRAHYOIDEA
Bu soha pastki jag‘ suyagi tanasi qirralari
va til osti suyagi
orasida joylashgan. Boshni orqaga tashlaganda bu soha iyak osti va
bir juft jag‘ osti uchburchaklari tarzida yaxshi ko‘rinadi. Soha
yupqa teri, teri osti yog‘ kletchatkasi, yuza va xususiy fassiyalar
bilan qoplangan.
— Iyak osti uchburchagi (trigonum submentale) ikki qorinli
mushakning oldingi qorinchasi va til osti suyagi tanasi bilan che-
garalangan. Til osti mushagi shu uchburchakning tubidir. Shu
joyda uncha katta bo‘lmagan 2—3 ta limfa tugunlari joylashgan
bo‘lib,
ular limfalami iyak, pastki lab o ‘rta qismi va til uchidan
yig'adi.
— Jag‘ osti uchburchagi (trigonum submandibulare) ikki
qorinli mushakning old va orqa qorinchalari bilan til osti suyagi
tanasi orasida joylashgan. Bo‘yin xususiy fassiyasining yuzaqavati,
shu joyda qavatlanib, o ‘zining chuqur qavati m. mylohyoidei
ningjag1 suyagiga birikkanjoyiga mahkamlanadi.
Natijada yopiq
bo‘shliq (saccus hyomandibularis) hosil bo'ladi. U yerda pastki
jag‘ osti so‘lak bezlari va bo‘sh yog‘ kletchatka yotadi. Pastki jag‘
osti so‘lak bezi shu bo‘shliqni to ‘ldirib, ilmoqsimon o ‘siq tarzida
bez yo‘llari bilan til osti kletchatkasigacha davom etishi mumkin.
TTfn. mylohyoideus va m. hyoglossus orasidagi yoriqdan o ‘tadi.
Bezning b un day joylashuvi yallig‘lanish jara y o n in in g bir
bo'shliqdan ikkinchi bo‘shliqqa tarqalib ketishiga sabab b o iad i.
Shu yerdan til venasi til osti nervi ham o'tadi. Yuz venasi til
osti—pastki jag‘ fassial xaltaning orqa qismidan pastki jag‘ tanasi
chekkalari bo 'y lab pastki ja g ‘ osti s o ia k beziga nisbatan
yuzaroqdan o ‘tsa, chuqurroqda arteriya qon tomiri yotadi. Fassial
www.ziyouz.com kutubxonasi
xaltada 5—10 ta limfa tugynlari ham joylashgan.
Ular limfani
burun, tishlar, pastki jag‘, yuqori lab, pastki lab yon qismlari,
tilning yon qismlari va pastki jag‘ osti sohalaridan yig‘adi. Ayrim
limfa tugunlari pastki jag‘ osti so‘lak bezlari ichida bo‘lishi ham
mumkin.U holda ulam ing yallig'lanishi so‘lak bezi yallig‘lanishi
sifatida qabul qilinib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishga olib keladi.
Til osti — pastki jag‘ fassial xaltasining chuqur qavati ostida
Pirogov uchburchagi joylashgan. U ning oldingi chegarasi
rmmylohyoideus, orqa chegarasi ikki qorinchali m ushakning
orqa
qorinchasi payi, yuqoridan til osti nervi va til venasi
hisoblanadi.
Uchburchak tubini esa m. hyoglossus tashkil etadi. Bu mushak
ostida til arteriyasi yotadi. Ushbu arteriyadan qon ketganda uni
shu uchburchak orqali kirib borib bogiash natijasida qon ketishni
to ‘htatishni N .I. Pirogov taklif etganligi uchun uning nomi
bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: