Mashina ishchi organlari xarakatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ularning kinematik zanjiriga (mexanik qismiga) Fkuchning ta’siri ostida amalga oshadi. Aylanma xarakat uchun Fkuch ta‘siri moment Mko‘rinishda qabul qilinadi. Bu moment yelkaga qo‘yilgan kuch orqali namoyon bo‘ladi (elka – bu kuchdan aylanish o‘qigacha bo‘lgan eng qisqa masofadir). Masalan 2.1 - rasmda ko‘rsatilganidek lebyodka barabaniga qo‘yilgan Fkuch yoki motor rotoriga qo‘yiladigan Fjuft kuchlar ta‘sirida moment xosil bo‘lishini ko‘ramiz.
Bunda M=FRaylanma xarakatli elektr motori moment xosil qilish manbasi hisoblanadi. Momentning musbat yoki manfiyligi aylanish yo‘nalishiga qarab
belgilanadi. Elektr motor ishlashi orqali xarakatga kelayotgan mexanizm oldinga siljishi (+) musbat va orqaga siljishi (-) manfiy deb qabul qilinadi. Shunga mos ravishda elektrmotor tezligi yo‘nalishi ham manfiy va musbat qilib belgilanadi.
-rasm.Aylanishmomentininghosilqilinishi
Agar motor musbat yo‘nalishda aylanib motor rejimda ishlayotgan bo‘lsa, bunda elektrmotor orqali hosil qilinadigan moment musbat bo‘ladi, va aksincha motor teskari aylanib generator rejimida ishlasa manfiy moment yoki tormoz momenti hosil bo‘ladi. Aylanish yo‘nalishi o‘zgartirilganda moment belgisi teskari o‘zgaradi.
Motor momenti uning tezligiga bog‘liqdir. Dvigatel xosil qiladigan moment bilan aylanish tezligining o‘zaro bog‘liqligi M=f(ω)elektr motorining mexanik tavsifi ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Bu munosabatlar M – ko‘rinishidagi koordinatalarda quyidagicha namoyon bo‘ladi: