mustaqil qo‘zg‘alishli o‘zgarmas tok motori. Uning mexanik xarakteristikasi barcha nuqtalarda bir xil bo‘lib, yuqori bikirlikka ega.
ketma−ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori: bu mexanik xarakteristikaning bikirligi doimiy emas, u momentning kichik yuklamalarida kam bo‘lib, moment yuklamasi oshgan sayin oshib boradi.
asinxron motor: uning mexanik xarakteristikasi ikki qismdan iborat: Ishchi−manfiy ko‘rsatkichli o‘zgarmas yuqori bikirlik hamda egri chiziqli o‘zgaruvchan musbat ko‘rsatkichli bikirlik;
Xarakteristikaning ikkinchi qismi faqatgina motorni yurgazish paytida kuzatiladi. 4-sinxron motor: u absolyut bikir bo‘lgan mexanik xarakteristikaga ega.
- rasmda keltirilgan xarakteristikalar tabiiy xarakteristikalar deyiladi. Bu xarakteristikalar oddiy yurgazish sxemasiga, kuchlanish va manba chastotasining mo‘tadilligiga, motor chulg‘amlarida qo‘shimcha elementlarning bo‘lmagan holatlariga taalluqlidir.
Sun‘iy mexanik xarakteristikalar (rostlanuvchi) rostlash va boshqarish maqsadida manba kuchlanishi va boshqa parametrlari o‘zgartirilganda yoki motor chulg‘ami zanjiriga qarshilik va yarim o‘tkazgichli elementlar kiritilganda vujudga keladi.
Mashina ishchi organida hosil qilinadigan xarakatga qarshilik qilish momenti Mqo‘z navbatida tezlikning funksiyasiga aylanishi mumkin.
Ishchi mashina validagi qarshilik momentining val aylanish tezligiga bog‘liqligi Mq=f( ) ishchi mashinaning mexanik xarakteristikasi deyiladi. Bu ko‘rsatkich asosan M – koordinata tizimining Ι kvadratida ko‘rsatiladi.
- rasmda bir nechta ishchi mashinalarning mexanik xarakteristikalari ko‘rsatilgan. 1-xarakteristika qirquvchi ishchi organiga ega bo‘lgan mashinalarga taalluqli; agar kesgichda kesish qalinligi o‘zgarmas bo‘lsa, bu mashinaning qarshilik momenti uning tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi. 2-xarakteristika asosan qarshilik momenti ishqalanish kuchiga bog‘liq bo‘lgan holatlarga taalluqli. Bunda ham qarshilik momenti tezlikka bog‘liq bo‘lmaydi, biroq mexanizmni yurgazish paytida tinch holatdagi ishqalanish kuchidan xosil bo‘ladigan moment, xarakatdagi ishqalanish kuchidan xosil bo‘ladigan momentdan ancha oshib ketishi mumkin.