- rasm. Elektr yuritma o‘rnatilgan rejimi tezligini grafik aniqlash.
Motor momenti hamda statik moment bevosita tezlikka bog‘liqdir. Motor va ishchi mexanizmining xarakteristikalari aniq bo‘lganda mexanizmning o‘rnatilgan ish rejimi tezligini grafik usul bilan aniqlash qulayroqdir. 2.8 - rasm a da ventilyator va asinxron motordan tashkil topgan mexanik tizimning tezligini grafik usulda aniqlash ko‘rsatilgan. Ventilyator va motor mexanik xarakteristikalarining kesishish nuqtasi A nuqta (2.2) shartda ko‘rsatilgan o‘rnatilgan ish rejimiga mos keladi.
2.8 - rasm b da yuk ko‘tariluvchi lebyodkaning yukni tushirish rejimidagi mexanik xarakteristikalari ko‘rsatilgan (tezlik manfiy). 2- chiziq lebyodka yurgazish motorini, yukni tormoz bilan tushirish maqsadida, teskari ulangandagi mexanik xarakteristika chizigi. B nuqta esa bu chiziq bilan lebyodka mexanik xarakteristika chizigi kesishish nuqtasi bo‘lib, momentlar muvozanatini bildiradi M=Mq, ya‘ni o‘rnatilgan xarakat rejimini bildiradi.
Statik moment aktiv va reaktiv turlarga bo‘linadi.
Mqa mashina ishchi organiga qo‘yilgan aktiv qarshilik momenti bo‘lib bu moment og‘irlik kuchi hisobiga (yuk ko‘taruvchi mashina va mexanizmlar), shamol kuchi ta’sirida (minorali kran), paydo bo‘ladi; aktiv qarshilik momenti xarakatga to‘sqinlik qilishi yoki monelik qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, agar Mqa ta’siri aylanish tezligi bilan bir hil bo‘lsa u musbat ishorali bo‘ladi.
Mqr- mashina ishchi organiga qo‘yiladigan reaktiv qarshilik momenti, ishchi organ xarakatiga qarshi reaktsiyasi sifatida namoyon bo‘lib doimo xarakatga qarshilik qiladi (masalan, metall kesuvchi dastgoxdagi kesuvchi kuch momenti), ω=0 bo‘lganda Mqr=0 bo‘ladi; reaktiv qarshilik momentiga podshipnik va kinematik sxemalardagi elementlar ishqalanish kuchi misol bo‘la oladi; ishqalanish kuchi doimo xarakatga to‘sqinlik qiladi.
Statik moment aktiv va reaktiv momentlar yig‘indisiga teng bo‘ladi:
Mq= Mq.a+ Mq.r (2.3)
Barcha moment ishoralari aylanish tezligi ishorasiga nisbatan aniqlanadi. Agar statik qarshilik momenti aylanishga monelik qilsa u musbat, agar to‘sqinlik qilsa u manfiy ishorali bo‘ladi. Motor aylanish momenti va statik moment yig‘indisi motor valiga qo‘yiladigan umumiy moment qiymatini beradi.
MΣ= Mq.a+ Mq.r (2.4)
yoki
MΣ= ±M∓Mq.a− Mq.r (2.5)
Agar motor motor rejimda ishlasa (2.5) formuladagi motor momenti M
musbat, va agar motor tormozlanish rejimida ishlasa bu moment manfiy ishorali bo‘ladi. Bu formuladagi aktiv moment M q.a agar motor aylanishiga monelik qilsa musbat, xarakatga to‘sqinlik qilsa manfiy ishorali bo‘ladi.
Agar (2.3)ni e’tiborga olsak (2.5) quyidagi ko‘rinishga keladi:
MΣ= M−Mq (2.6)
Shuningdek, ilgarilanma xarakat uchun mos ravishda:
FΣ= + = ± -
bunda ,
- mos ravishda xarakatga qarshilik qiluvchi kuchlar tashkil
etuvchilari hamda chiziqli motor kuch vektorlari.
Agar umumiy moment MΣ=0 bo‘lsa, mexanik tizim tinch holatda yoki tekis xarakat holatida bo‘ladi. Agar umumiy moment “0”ga teng bo‘lmasa mexanik tizim tezligining o‘zgarishi yuzaga keladi: MΣ musbat bo‘lsa tezlanish,MΣ manfiy bo‘lsa sekinlashish. MΣ≠0 bo‘lgandagi rejim o‘tuvchi yoki dinamik rejim deyiladi.
Tezlikni o‘lchash Nyutonning ikkinchi qonuni – dinamika qonuni bilan amalga oshiriladi. Unga ko‘ra kuch impulsi xarakat miqdori o‘zgarishiga teng.
FΣ 𝒅𝒕=𝒅 (𝒎𝑽).
Kuch impulsi umumiy kuch vektorining uning ta‘sir qilish vaqtiga
ko‘paytmasini bildiruvchi vektordir. Harakat miqdori tezlik vektorining jism massasi kopaytmasiga teng bo‘lgan vektordir.
Agar jism massasi o‘zgarmas bo‘lsa,
FΣ =𝓂 (2.7)
Bu qonun belgilaydiki agar natijaviy kuch nolga teng bo‘lmasa jism -
miqdori massa va kuch qiymatiga bog‘liq bo‘lgan tezlanish oladi yoki sekinlashadi.
Qo‘zg‘almas oqda aylanuvchi jism uchun Nyutonning ikkinchi qonuni quyidagicha bo‘ladi: moment impulsi xarakat miqdori o‘zgarishga teng bo‘ladi.
MΣ =d(Jω) (2.8)
Xarakat miqdori – aylanayotgan jism inertsiya momentining uning burchak tezligi ko‘paytmasiga teng.
Inertsiya momenti J(kg*m2) – fizik jism ilgarilanma xarakatidagi massasini aniqlovchi kattalikdir. U qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanayotgan jism inertsiyasi
darajasini bildiradi. Massasi 𝓂 ga teng bo‘lgan material nuqtaning inertsiya
momenti, jism massasining jismdan aylanish o‘qigacha bo‘lgan masofa kvadratiga
ko‘paytmasiga teng J =𝓂R2.
Jismning inersiya momenti esa bu jismni tashkil qiluvchi material nuqtalar
inertsiya momentlari yig‘indisiga teng. U jism massasi va o‘lchamlari orqali
ko‘rsatilishi mumkin. Aylanma jismlar inertsiya momentlari katalog va
so‘rovnomalarda keltiriladi. Ba’zan kataloglarda moment GD2 qiymati beriladi.
Inertsiya momentini topish uchun bu qiymat 4 ga bo‘linadi J=GD2/4.
Shuni ta’kidlash kerakki, aylanayotgan jismning inertsionligi nafaqat uning massasiga , balki diametriga ham bog‘liq bo‘ladi. Bir hil massaga ega bo‘lgan, lekin diametri katta bo‘lgan jism inertsiya momenti katta bo‘ladi. Shuning uchun inertsionligi kichik motorlar rotori diametri kichik va uzunligi uzunroq qilib ishlashga xarakat qilinadi.
Va aksincha ishchi mashina kinematik zanjiri tarkibida maxovik bo‘lsa, bu motor rotori diametrini kattalashtiradi.
Agar inertsiya momenti o‘zgarmas bo‘lsa, Nyutonning ikkinchi qonuni tenglamasi quyidagi ko‘rinishni oladi:
MΣ=J (2.9)
MΣ moment mexanik tizimning dinamikasini bildirgani uchun ko‘pincha natijaviy moment MΣni dinamik moment deyiladi.
Mdin.= MΣ= J (2.10)
ko‘rinishga keladi. Nyutonning ikkinchi qonunini aks ettiruvchi bu tenglik elektr yuritmaning xarakat tenglamasi deyiladi.
Bu tenglamada barcha momentlar elektr motorining valiga qo‘yilgan bo‘lib, J Σ inertsiya momenti esa valga bog‘liq mexanik xarakatni vujudga keltiruvchi barcha massalar inertsiya momentini bildiradi. Ilgarilanma xarakat uchun elektr yuritmaning xarakat tenglamasi mos ravishda quyidagi ko‘rinishga keladi:
F – F q= m (2.12)
bunda: F – motor kuchi
F q – motor shtogida paydo bo‘ladigan xarakatga qarshilik kuchi m – motor shtogiga boglangan siljuvchi elementlar massasi
v –motor shtogining chiziqli tezligi
Do'stlaringiz bilan baham: |