2.5Takrorlashuchunnazoratsavollari. Motor va ishchi mashinalarning mexanik xarakteristikalari nimalarni anglatadi?
Motor va ishchi mashinaning mexanik harakteristikalaridan foydalangan holda, aniq rejimda ishlayotgan mashinaning tezligini qanday aniqlash mumkin?
Mexanik harakteristikalarning bikirligi (qattiqligi) nima va u nimani aniqlaydi?
Xarakatlantiruvchi rejimda ishlaydigan tizimninng harakteristikalari mexanik xarakteristikalari M- ω maydonning qaysi kvadratida joylashadi?
Sinxron motorning mexanik xarakteristikalari qanaqa bikirlikka ega bo‘ladi?
Yuk ko‘taradigan mexanizmning mexanik harakteristikalari qanaqa bikirlikka ega bo‘ladi?
Elektr yuritmalar qanday tormozlanish rejimlarida ishlay oladi?
O’rnatilgan rejimda ishlayotgan tizimda motor validagi umumiy (dinamik) moment nimaga teng?
Bikir (qattiq) mexanik tizimga ta’rif bering?
Aylanish jismining inertsiya momentining o‘lcham birligi qanaqa?
Agar mashinaning ishchi organi elektr motor vali bilan uzatma bo‘g‘inlari orqali bog‘langan bo‘lsa, elektr yuritmaning harakat tenglamasidan foydalanish uchun nima qilish kerak?
Motor valiga statik momentni keltirish printsipi nima?
Agar ishchi organ va motor orasida mexanik uzatma bo‘lsa, ishchi organ inersiya momentini motor valiga keltirish uchun nima qilish kerak?
Elektr yuritmaning noturg‘un harakati qanday holalarda yuz beradi?
Qanday ishchi mashinalarda qarshilik momenti tezlikni kvadratiga proporsional?
ROSTLANMAYDIGANELEKTRYURITMA.
Umumiyma’lumotlar
Rostlanmaydigan elektr yuritma deganda doimiy tezlik bilan (sezilarsiz darajada o‘zgaradigan) ishlaydigan yuritma nazarda tutiladi. Shuningdek, rostlanmaydigan yuritmaga ko‘p tezlikli asinxron motorlar bilan ishlaydigan hamda rele kontaktorli boshqariladigan faza rotorli asinxron motorli elektr yuritmalarni ham kiritamiz.
Rostlanmaydigan elektr yuritmaning keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi: qisqa tutashgan rotorli asinxron motorli elektr yuritma, faza rotorli asinxron motorli elektr yuritma, sinxron motorlar asosidagi elektr yuritmalar.
Rostlanmaydigan elektr yuritmalarga har qanday oraliq elektr energiyasini qayta o‘zgartiruvchilarsiz (chastota o‘zgartirgichi va kuchlanish rostlagich) elektr motorini to‘g‘ridan to‘g‘ri ulash xosdir. Rostlanmaydigan qisqa tutashgan rotorli asinxron elektr motorlar uchun odatda quyidagi boshqaruv qo‘llaniladi: motorni yurgazish va ochirish, aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish, ba’zan motorni elektrik tormozlash. Sinxron motorli elektr yuritma uchun esa yuqoridagilardan tashqari qo‘zg‘atish tokini rostlash ham talab etiladi. Faza rotorli asinxron motorlar ishlatilganda yurgazishni bir maromda amalga oshirish uchun va yurgazish tokini kamaytirish maqsadida rotor zanjiriga yurgazish paytida qo‘shimcha qarshilik ulanadi. Motor tezlikka erishgan sari bu qarshilik bosqichma – bosqich kamaytiriladi.
Rostlanmaydigan elektr yuritmalarni boshqaruvi aksariyat holatlarda kontaktli boshqaruv va himoya apparatlari yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi vaqtlarda asinxron motorlar chulg‘amlarini ulash uchun tiristorli ulagich ko‘rinishdagi kontaktsiz apparatlardan ham foydalaniladi. 3.1 - rasmda qisqa tutashgan rotorli motorni kontaktli va kontaktsiz apparatlar yordamida ulash va teskari aylantirish sxemalari keltirilgan.
3.1 - rasm a) da ko‘rsatilganidek, KM1 kontaktlarini ulash bilan motor “oldinga” yo‘nalishda yurgiziladi. Aylanish yo‘nalishini teskari o‘zgartirish uchun
stator chulg‘amlariga fazalarni ulash tartibini o‘zgartirish kerak. Shuning uchun motorni “orqaga” yo‘nalishda yurgazish uchun KM2 kontaktori ulanadi. Kontaktsiz tiristorli yurgizgichlarni qo‘llaganda kontaktorlarni har bir qutblari ikki tiristor bilan almashtiriladi 3.1 - rasm b). Bu tiristorlar teskari parallel ravishda ulanadi. VS11, VS12, VS13 tiristorlarning boshqaruv elektrodlariga impul’s berilganda motor “oldinga” yo‘nalishda ulanadi. VS21, VS12, VS23 tiristorlarining boshqaruv elektrodlariga impul’s berilganda esa motor teskari yo‘nalishda ulanadi. Qisqa tutashuv toklaridan himoyalanish QF avtomatik uzgich orqali amalga oshiriladi.