O‘zbеkiston rеspublikasi oliy



Download 10,37 Mb.
bet122/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

8.4. Nazoart savollari.



        1. Elektr yuritmada qanday hollarda o‘tish jarayonlari vujudga keladi?

        2. Motor qo‘zg‘atish chulg‘amidagi uni tarmoqqa ulangandan keyingi paytdagi tokning o‘zgarish jarayoni qanday tenglama bilan belgilanadi?

        3. Aktiv – induktiv yuklamada, unga kuchlanish berilgandan keyin, o‘zgarmas tokning o‘sish vaqtini kamaytirish uchun nima qilish kerak?

        4. Elektrmexanik vaqt doimiysi qanday parametrga bog‘liq?

        5. O‘zgarmas tok motori yakor zanjiridagi elektrmagnit vaqt doimiysi qanday parametrlarga bog‘liq bo‘ladi?

        6. Elektr yuritmaning mexanik qismi qanday dinamik bo‘g‘in bilan belgilanadi?

        7. Mexanik va elektrmexanik inersionlikka ega bo‘lgan elektrmexanik tizimlarda o‘tish jarayonlari xarakteri nimaga bog‘liq bo‘ladi?

        8. Agar yuritmaga statik moment qo‘yilgan bo‘lsa unga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ettirilganda uzatish funksiyasi bo‘yicha tezlikning o‘rnatilgan hatolik kattaligi qanday aniqlanadi?

        9. Nima uchun o‘zgarmas tok motori valiga yuklama qo‘yilganda yakor toki oshib ketadi?

        10. O‘zgarmas tok motori strukturaviy sxemasi qanday dinamik bo‘g‘inlardan tashkil topadi?

        11. O‘tish jarayoni davriy bo‘lmagan xarakterli bo‘lishi uchun elektrmexanik va elektrmagnit vaqt doimiylari orasidagi nisbat qanday bo‘lishi kerak?

        12. Elektr yuritmadagi tezlik bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanish o‘tish jarayonlari xarakteriga qanday ta’sir qiladi?




          1. ELEKTR YURITMALARNI BOSHQARISH APPARATLARI, JIXOZLARI VA TIZIMLARI.
            1. Elektr yuritmalarni boshqarish va himoyalash apparatlari.


Elektr yuritmalarni boshqarish uchun turli xil ko‘rinishdagi apparatlar ishlatiladi. Ular orqali elektr yuritmaning axborot kanallari shakllanadi. Axborot kanallari esa texnalogik jarayon talablariga ko‘ra mashina ishchi organi xarakatini boshqaradi (1.3 bobini qarang). Boshqaruv apparatlari hamda elektr, mexanik va texnalogik datchiklari bilan birgalikda elektir yuritmaning axborot bashqaruv tuzilmalarini tashkil qiladi.


Kuchli elektr zanjirlari, ximoyalanish bloklashtirish tuzilmalarini ulash uchun odatda kontaktli elektrik apparatlar ishlatiladi. Boshqaruvning mantiqiy funksiyalarini boshqarish uchun, elektr yuritma xarakati parametirlarini optimallashtirish uchun aksariyat xollarda xisoblash texnikasi tuzulmalaridan foydalaniladi. Bular mikroprotsessor vositalari va tizimlari, dasturli kontrollerlar va sanoat kompyuterlaridir.
Elektr yuritmaning boshqaruv elektr mexanik apparatlari funksiyasiga hamda ulanadigan tok va kuchlanish qiymatiga qarab farqlanadi.
Bajaradigan funksiasiga qarab:



  • Ximoyalash apparatlari: avtomatik o‘chirgichlar, maksimal va minimal tok relesi, issiqlik relesi;

  • Elektr zanjirlarini ulash uchun ulash apparaturalari; bu guruhning asosiy turlari kontaktor va yurgizgichdir (puskatel);

  • Boshqaruv relesi: oraliq rele, vaqt relesi, tok va kuchlanish relesi;

  • Tezkor boshqarish apparatlari: tugma, qayta ulagich, buyruq kontrollerlari.



Avtomatik o‘chirgichlar (avtomatlar). Elektr tarmoqlari va elektr energiyasi iste’molchilarini qisqa tutashuv va o‘ta yuklanish toklaridan ximoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Avtomatlarning o‘chirilishi maksimal, issiqlik va mustaqil ijroli uzgichlar ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Qisqa tutashuv tokidan ximoyalanish elektirmagnitli turdagi maksimal uzgichlar orqali amalga oshiriladi. Issiqlik ijroli uzgichlar ortiqcha yuklanish holatidan ximoya qiladi. Xozirgi paytda quyidagi avtomatlar ishlatiladi: AK- 63, AE- 1000, AE- 2000, A Z100, A 3700, va elektron. Avtomatik o‘chirgichlar naminal tok bo‘yicha, uzgichlar tarkibi bo‘yicha, uzgich naminal toki bo‘yicha tanlanadi.
Kuchli elektr apparatlari uchun tok qiymatini bir qator nominal ko‘rsatkichlari qabul qilingan: 10, 16, 25, 40, 63, 100, 160, 250, 400, 630 va 1000 A.
Elektrmagnitli kontaktorlar. Kuch elektr zanjirlarini masofada tezkor ulash va o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Kantaktorlar tok turiga qarab farqlanadi, ya’ni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok uchun; bosh kontaktlarini soniga qarab: bir qutbli va ikki qutbli o‘zgarmas tok uchun, uch qutubli o‘zgaruvchan tok uchun; boshqaruv chulg‘ami kuchlanish turi bilan; blok- kantaktlari soni bilan, kantaktorlar katta qiymatga ega bo‘lgan tok va kuchlanishlarni ulashda ishlatilgani uchun ular yoy so‘ndirish kameralari bilan jixozlanadi.
Sanoatda quyidagi turdagi kantaktorlar ishlab chiqariladi: KP va KPD, ularnig toki 25 dan 250 A gacha; KPV 600 va KPV 620, KT 7000, KTP 600, ularning toki 63 don 1000 A gacha. Barcha kantaktorlar 3 ta asosiy kontaktga ega bo‘ladilar. Bazi kontaktorlar 5ta asosiy kontaktga ega bo‘ladilar.
MK turdagi tok kuchi 160Ampergacha kontaktorlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok uchun mo‘ljalangan bo‘lib, g‘altak chulg‘ami o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan .
Magnitli yurgizgichlar. Bular qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron
dvigetellarni boshqarish uchun mo‘ljallangan maxsuslashtirilgan kantaktorlardir. Yurgizgich tarkibiga quyidagilar kiradi; kantaktor ko‘rinishdagi ulanish tuzilmasi;
issiqlik ximoya relelari; ( shuningdek signal lampalari va boshqarish tugmalari). Ishlab chiqariladigan yurgizgichlar reversiv va noreversiv turlariga, naminal tok qiymatiga ko‘ra 6 ta o‘lchamga (gabaritga) bo‘linadi: 10, 25, 40, 63, 100, 160 A, issiqlik relelariga qarab ximoyalangan va ximoyalanmagan turlarga bo‘linadi.
Bugungi kunda sanoatda PML, PAE, PA, PME rusumli yurgizgichlar ishlab chiqariladi.
9.1 rasmda magnitli yurgizgich yordamida reversli va norevers boshqarish sxemasi ko‘rsatilgan.



    1. - rasm. Magnitli yurgizgich yordamida asinxron dvigetelni boshqarish sxemasi a) noreversiv, b) reversiv.


Motorni yurgazish uchun o‘chirg’ichini ulanadi va SB1 tugmasi bosiladi. Bunda KM kontaktor chulg‘ami manbaga ulanib o‘zining kuch kontaktlari bilan asinxron motorning stator chulg‘amlarini tarmoqqa ulaydi. KM blok kantakti “SB1 YURISH” tugmasini shuntlaydi, tugma qo‘yib yuborilgandan keyin KM kontaktori ulangan xolda qoladi. Motorni o‘chirish uchun “SB2 TO‘XTASH” tugmasini bosish kerak, natijada KM kontaktor manbadan uziladi. 9.1a rasmdagi sxema bo‘yicha qisqa tutashuv tokidan ximoyalanish FA eruvchan saqlagichlar yordamida amalga oshiriladi. 9.1b rasimda esa QF avtomatik o‘chirgich va FA saqlagichlari yordamida ximoya tizimi ishlaydi. Dvigetelning ortiqcha yuklamadan himoyalanishi KK isiqlik relelari orqali amalga oshiriladi. Bu rele yuklama ortib ketish natijasida qizib ishga tushib kantaktor chulg‘ami zanjirni uzadi. Isiqlik
relesi ishga tushib zanjir uzulgandan so‘ng undagi maxsus tugma bosilib uni avvalgi ish holatiga qaytariladi. Tarmoq kuchlanishi yo‘qolganida motorni o‘z o‘zidan ishga tushib ketishidan ximoya SB1 tugmasini shuntlovchi KM blok kontakti vositasida amalga oshiriladi.
Reverslash yurgizgichida stator chulg‘amini manbaga xar xil fazalar tartibida ulovchi (9.1b- rasm) KM 1 va KM 2 ikkita kontaktor mavjud. Ikkala kontaktorni bir vaqtda ishga tushishini oldini olish maqsadida mexanik va elektrik blokirovkadan foydalaniladi. Buning uchun kantaktor normal yopiq blok- kantaktnini boshqa kontaktor chulg‘ami zanjiriga kiritiladi.
Boshqarish va ximoya relesi. Boshqaruv va ximoya tizimida elektrmagnitli relelar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ular boshqaruv zanjirlarini ulash uchun ishlatiladi. Rele kontaktorlarining kommutatsion qobiliyati odatda 6 A dan oshmaydi.
Oraliq relelar bir zanjirdan boshqa zanjirga buyruq uzatish uchun hamda bir vaqtda ishlaydigan kontaktorlar sonini oshirish uchun, shunigdek uzatilayotkan signal quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi. Kuchlanish relesi tarmoqdagi kuchlanish yo‘qolib qolishidan va sezilarli kamayib ketishidan ximoya qilish uchun ishlatiladi. Kuchlanish va oraliq relelarning chulg‘amlari 12, 24, 48, 110, va 220 v kuchlanishli o‘zgarmas tokka mo‘ljallangan bo‘ladi. Oraliq relelar 8 ta gacha ochiq va yopiq kantaktlarga ega bo‘ladi.
Vaqt relesi boshqaruv signalini uzatishda ma’lum muddatga kechiktirilishni ta’minlaydi. O‘zgarmas tokda ishlaydigan REV 800 rusumli elektrmagnitli relelar keng tarqalgan. Bu relelarda vaqtning kechiktirilishi rele chulg‘ami manbadan uzulgandan keyin ishga tushiriladi; bunda rele magnit o‘tkazgichiga kiydirilgan gilzadagi uyurma toklari ta’sirida hosil qilinadigan magnit oqimi hisobiga 1 s. dan 15 s. gacha ushlab turiladi.
Bundan tashqari pnevmatik, mexanik va elektron vaqt relelari ishlatiladi. Pnevmatik rele pnevmatik diafragmali elektrmagnit relesidir. Bunda xovoning difragmadan asta o‘tkazilishi xisobiga rele yakori xarakati sekinlashadi va kontakt
ulanishi kechiktiriladi. Pnevmatik relelar 2.5 s dan 180 sek. gacha kechiktirishni ta’minlaydi.
O‘lchov relelari nazoratdagi parametr kerakli qiymatga erishganda ishga tushadi (o‘chadi yoki ulanadi). Tok kuchi va kuchlanish qiymati qaytarish uchun mo‘ljallangan prujina burilishi rostlash yo‘li bilan rostlanadi.
Issiqlik relelari dvigeatelarni ortiqcha yuklanishdan saqlaydi. Bu relening sezgi organi bimetal plastina bo‘lib, ortiqcha yuklanish bo‘lganda u qizib egiladi va kantaktlarning uzilishiga olib keladi.
Sanoatda turli xil maqsadlar uchun mo‘ljallangan ko‘plab relelar ishlab chiqariladi. Ulardan RPUO va RPU-1, 2, 3, 4 rusumli tok elektrmagnit relelari, REV- 800 rusumli kuchlanish va vaqt relelari, RVP- 72 rusumli pnevmatik relelar, TRN va TRTP rusumli issiqlik relelari keng miqyosida ishlatiladi.
Elektr yuritmalarni boshqarish tizimlarida yuqoridagilardan tashqari boshqa kontaktli elektr apparatlar ham ishlatiladi. Ular haqida ma’lumotlar maxsus adabiyotlarda [18] va so‘rovnomalarda keltiriladi.



            1. Download 10,37 Mb.

              Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish