- rasm. Tezligi bo‘yicha yopiq boshqaruv tizimli TO‘ – D elektr yuritmasi strukturaviy sxemasi TO‘ – tiristorli o‘zgartirgich; O‘TM – o‘zgarmas tok motori.
Darslikning 4 – bobida ta’kidlaganimizdek, tezlikni rostlashning aniqligini oshirish uchun tezlik bo‘yicha teskari bog‘lanishli yopiq rostlash tizimlari qo‘llanilar edi. TO‘– D tizimi bo‘yicha teskari bog‘lanishli elektr yuritma strukturaviy sxemasi 8.10 - rasmda keltirilgan. Tiristorli o‘zgartirgichni kn uzatish koeffitsientli inersionsiz bo‘g‘in sifatida ko‘ramiz. 8.10 - rasmdagi sxemaga ko‘ra boshqaruv ta’siri bo‘yicha uzatish funksiyasi quyidagiga teng bo‘ladi:
W(p) = (8.29)
Ub ω
Uzatish funksiyasi shuni ko‘rsatadiki, go‘yoki tezlik bo‘yicha yopiq rostlash tizimida Tm vaqtning elektrmexanik doimiysi (mexanik inersionlik ) (K+1) marta kamayadi. Bu yopiq tizimda mexanik xarakteristikaning bikirligi (K+1) ortishi bilan bog‘liqdir.
Bu muhim xususiyat, ya’ni yuritmaning tez xarakatlanishi, sezilarli kamchilik bilan– o‘tish jarayoni tebranishliligining ortishi bilan bog‘langan.
Odatda vaqtning elektrmexanik doimiysi (TM) 4Tya ga nisbatan katta bo‘ladi va tezlikni vaqt bo‘yicha ochiq rostlash tizimida o‘tish jarayonlari tebranishlari kuzatilmaydi. Tezlik bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanishning kiritilishi vaqtning ekvivalent elektrmexanik doimiysini kamaytiradi, bunda teskari bog‘lanish koeffitsienti kω qancha katta bo‘lsa, Tm.ekv shuncha kichik bo‘ladi. Shuning uchun tezlik bo‘yicha yopiq rostlash tizimlarida Tm.ekv qiymati 4Tya ga nisbatan kichik bo‘ladi va bu elektr yuritmalardagi o‘tish jarayonlari tebranma xarakterga ega bo‘ladi. Tebranma xususiyatni kamaytirish maqsadida rostlash tizimlariga o‘zgaruvchi (to‘g‘rilovchi) bo‘g‘inlar kiritiladi. O‘tish jarayonlarini kerakli xarakterlarini shakllantirish usullari 10 – bobda keltirilgan.
Umumlashtirilgan holda, agar jarayonlar chiziqli differensial tenglamalar bilan belgilansa, elektr yuritmalar tizimidagi o‘tish jarayonlari taxlilining quyidagi ketma – ketligini taklif qilish mumkin:
Berilgan o‘tish jarayonini taxlil qilishda qaysi inersionlik inobatga olinishi kerakligi aniqlanadi.
Har bir inersionlikni xarakterlovchi vaqt doimiylari aniqlanadi. Agar vaqt doimiylari bir – biridan 2 va undan ko‘p marta farqlansa, hisob – kitoblarda uning kichik qiymatini nobatga olmasa ham bo‘ladi.
Inersionliklar soni o‘tish jarayonini belgilovchi differensial tenglamalar darajasini aniqlaydi.
O‘rganilayotgan o‘tish jarayonini belgilovchi differensial tenglamalar tarkibi aniqlanadi va bir tarkibli differensial tenglamalar ajiratiladi.
– masala. Tezlik bo‘yicha ochiq va yopiq rostlash tizimiga ega bo‘lgan TO’-D elektr yuritmaning o‘tish jarayonlari qanday bo‘lishi aniqlansin.
Yurituvchi o‘zgarmas tok motorining texnik ko‘rsatkichlari: yakorning nominal kuchlanishi Uya.n = 220V; yakor zanjiri qarshiligi Rya = 0,6 Om; yakor chulg‘ami induktivligi Lya = 0,02Gn; mashina doimiysi C=1,9V.s; nominal tezlik ωn = 104,5 1/s; yuritmaning inersiya momenti J∑ = 1,0 kg.m2 .
Boshqaruv tizimi bo‘yicha berilganlar Ub 0 dan 10 V gacha o‘zgaradi; 0 dan 300 V gacha bo‘lgan tiristorli o‘zgartirgich kuchlanishi o‘zgarishiga, 0 dan 30 V gacha o‘zgaradigan TO‘ boshqaruv tizimiga beriladigan kuchlanish o‘zgarishi chiziqli ravishda mos keladi; tezlik bo‘yicha teskari bog‘lanish koeffitsienti
ks = 0,09 V.s.
Yechish:
Yakor zanjirining elektrmagnit vaqt doimiysi
Tya =
Elektrmexanik vaqt doimiysi
TM =
Ochiq tizimda kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti
kuo =
U = 220 V ga mos keladigan TP ning boshqarish kuchlanishi
kuochik = 10 ·2,2 = 22V
TO’ ning uzatish koeffitsienti
kn =
Yopiq rostlash tizimidagi kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti quyidagi munosabatdan topamiz:
(Uy – Utta)kuyo, bundan
kuyo =
Ochiq tizimning kuchaytirish koeffitsienti
K =
Tezlik bo‘yicha yopiq tizimda ekvivalent elektrmexanik vaqt doimiysi:
Tm.ekv =
Ochiq rostlash tizimida :
TM>4Tya , (0,16 > 4∙0,033). Bu shuni bildiradiki, o‘tish jarayoni monoton xarakterga ega bo‘lib davriy bo‘lmagan shaklda bo‘ladi.
Tezlik bo‘yicha yopiq rostlash tizimida :
TM.ekv< 4Tya; ( 0,009 < 4∙0,033). Bu shuni bildiradiki, o‘tish jarayoni so‘nuvchi tebranishli xarakterga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |