- rasm. VA-EMAS mantiqiy elementning sxemasi
Mantiqiy elementlarning rivojlanishi ko‘p funksiyali dasturli tuzilmalar paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. Masalan, UPL rusumli dasturlanadigan matiqiy element.
UPL ning ishlash prinsipi kirish signallarining ketma-ket surilishida ularni mantiqiy qayta ishlashda va chiqish kanalariga mos ravishdagi buyruqlarni berishida aks etadi. Kirish soni 256 ta gacha, chiqish soni 16 ta. Dasturlash doimiy xotira tuzilmasiga buyruq pultdan buyruqlarni kirgizish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9.3 Mexanik va elektrik parametrlar datchiklari.
Elektr yuritmalarning avtomatik boshqaruv tizimlarida asosan 4 ta ko‘rinishdagi datchiklar ishlatiladi: tezlik datchiklari, holat datchiklari, tok datchiklari va kuchlanish datchiklari.
Ishlash prinsipiga ko‘ra datchiklar analogli va diskretli turlarga bo‘linadi. Analogli datchiklarda o‘lchanishi kerak bo‘lgan kattalik datchikda praporsionol ravishdagi elektr signaliga aylanadi. Diskret datchiklarda esa bu kataliklar raqamli yoki impulsli signalga aylanadi.
Tezlikning analogli datchiklari taxogeneratorlardir. Ular kichik o‘lchamli generatorlar bo‘lib, dvigatel valiga o‘rnatiladi. Aksariyat xollarda elektrmagnit qo‘zg‘atishli PT turidagi yoki doimiy magnitlardan qo‘zg‘atishli ET turidagi o‘zgarmas tok toxogeneratorlari qo‘llaniladi. Toxogeneratorlar konstruksiyalarida kichik tezliklarda chiqish kuchlanishning pulslanish darajasini pasaytirish choralari ko‘riladi. Toxogeneratorlarning chiqish kuchlanishi o‘z valini aylanish yo‘nalishini bildiradi. Toxogeneratorlarga qo‘yiladigan asosiy talab ular xarakteristikasining chiziqli bo‘lishidir.
Zamonaviy avtomatlashtirilgan elektr yuritma tizimlarida tezlikni sozlash
diapazoni katta bo‘lganda taxogeneratorlarning aniqlik darajasi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Yuqori aniqlikda ishlaydigan elektr yuritmalar uchun raqamli tezlik datchiklari ishlatiladi [12].
Raqamli datchiklar ikki asosiy qisimdan iborat: valning burilish burchagini impulslar soniga aylantiruvchi impulslar datchigi va impulslar xisoblagichi – kod o‘zgartirgichi. Impulslar chastotasi valning aylanish tezligini proporsional bo‘ladi:
(9.1.)
Bu yerda, - val bir aylanishidagi impulslar soni.
Impulslar datchigi fotoelektrik kodli disk asosida yoki induktor asosida bajarilishi mumkin. Xar ikkala variantda ham datchik ikki xil impuls ishlab chiqaradi. Bu impulslar faza bo‘yicha ga siljigan bo‘ladi. Bu siljish esa burchak tezligini aniqlashda ishlatiladi. 9.4 - rasmda impulslarning fotoelektrik datchiklari ish prinsipi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |