Satx datchiklari va ularning ish prinsiplari Qishloq va suv xo’jaligida suyuqliq va maxsulotlar satxini aniqlash
maqsadida qalqovichli (po’kakli yoki paplavkali) gidrostatik va elektrodli satx
datchiklari qo’llaniladi.
Qalqovichli datchiklarsuyuqlik satxi o’zgarishini qabul qiladigan
qalqovichdan va chiqish elektr signaliga o’zgartiradigan elementdan tashkil topgan
bo’ladi. O’zgartirgichlar sifatida aktiv yoki induktiv datchiklar ishlatiladi. 2.16, a -
rasmda potensiometrik o’zgartirgichli qalqovichli satx datchigining sxemasi
ko’rsatilgan. Yengil qalqovichli (1) bilan potensiometrik datchikning (3)
bog’lanishi blok (4) orqali o’tkazilgan tros (2) yordamida amalga oshiriladi.
Qalqovichning og’irligi yuk (5) bilan moslashtirib boriladi. Suyuqlik satxining xar
qanday o’zgarishi satx o’lchov birligiga moslangan ikkilamchi o’lchov asbobidagi
(UA) kuchlanish o’zgarishiga proporsional ravishda ta’sir qiladi. Qalqovichli satx
datchiklari suyuqlik satxining katta katta miqdorda o’zgarishlarini o’lchash uchun
xizmat qiladi. Ularning asosiy kamchiligi qalqovichning xarakatlanib turishidir.
Namlik datchiklarining klassifikatsiyasi va ish prinsiplari Ish prinsipi bo’yicha elektrik namlik dachiklari elektrofizikaviy va
elektroparametrik turlariga bo’linadi. Elektrofizikaviy datchiklar radiatsion va
magnitoyaderli rezonans dachiklarini o’z ichiga oladi. Radiatsion dachiklarning ish
prinsipi nam muxitnig infraqizil nurlarni, yuqori chastotali elektromagnit
tebralishlarni, - nurlar va neytron nurlanishlarni qabul qilish darajasini o’lchashga asoslangan bo’ladi. Magnitoyaderli rezonans datchiklarining ish prinsipi esa
vodorod atomlari yadrosi va namlikning radiochastotali magnit maydonini qabul
qilishi prinsipida ishlaydi.
Elektroparametrik datchiklar konduktometrik, dielkometrik va gigrometrik
turlarga bo’linadi. Konduktometrik datchiklar elektrokimyoviy o’zgartirgichlar
tarkibiga kiradi va ishlash prinsipi muxitning elektr o’tkazuvchanligini o’zgarishi
natijasida namlikni aniqlashga asoslangan bo’ladi. Chiqish ko’rsatgichi bo’lib
bunda muxit o’tkazuvchanligi hisoblanadi.
Dielkometrik datchiklar dielektrik singdiruvchanlik (E=2...10 - qattiq jismlar
uchun; E=81-suv uchun) yoki dielektrik isrof tangens burchagi qiymatlari bo’yicha
namlikni aniqlanadi.
Gigrometrik datchiklar elektronli o’zgartirgichlar guruhiga mansub bo’lib,
ularning ishlash prinsipi qo’shimcha gigroskopik zarrachalarning mexanik yoki
elektrik xarakteriskalarini o’zgarishiga asoslangan bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida gazlar va xavo namliklari datchiklari
keng miqyosda qo’llaniladi. Ularning quyidagi turlari mavjud: gigrometrik
dilatometrik datchiklar - namlik ta’sirida chiziqli o’lchamlari o’zgarishiga,
gigristorlar, elektropsixrometrlar, xarorat - muvozanatli va kondensatsion
datchiklar - qarshilik o’zgarishiga hamda radioskopik va infraqizil datchiklar - gaz
va xavoning fizikaviy xususiyatlarini o’zgarishiga asoslangan bo’ladi.
Хavo namligini aniqlashning psixrometrik usuli quruq va suv bilan
namlangan ikki termometrlarni qo’llashga asoslangan bo’ladi. Bu prinsipda
namlikni nazorat tizimi datchiklari-elektropsixrometrlar ishlaydi.
Elektropsixrometrning prinsipial sxemasi 2.23-rasmda keltirilgan.
Muvozanatsiz, ko’prikning ikki yelkasiga ikkita bir hil yarimo’tkazgichli
termorezistorlar ulangan bo’lib, ular gigroskopik keramik trubkaga joylashtiriladi.
Birlamchi trubkanig bir tomoni suvga tushuriladi, ikkinchi tomoni esa xavoda
turadi. Ya’ni termorezistor (Rg) quruq trubkada joylashadi va uning xarorati xavo
xaroratiga teng bo’ladi. Suv bilan namlanadigan ikkilamchi trubkadagi
termorezitorning (R n) qarshiligi namning parlanishiga bog’lik bo’ladi va bug’lanish jarayonida xaroratning kamayishi hisobiga uning qarshiligi nisbatan
yuqori bo’ladi. Хavo namligi qanchalik kam bo’lsa, nam trupka sirtidan suvning
parlanishi tezroq bo’ladi. Bunda Rk va Rn orasidagi farq katta bo’ladi va
o’zgartirgichdagi (U) chiqish signali kuchliroq bo’ladi.
Maxsulotlar namligini aniqlaydigan elektrik datchiklar konduktometrik
(muxitning elektr o’tkazuvchanligi o’zgarishi), dielkometrik (dielektrik
singdiruvchanligi E o’zgarishi), radioizotopli, elektroabsorbsionli, ultrotovush va
SVCh (o’ta yuqori chastotali) datchiklarga bo’linadi.
Konduktometrik va dielkometrik datchiklar silindrik yoki tekis xavo
kondensatorlaridan yasalgan elektrodlardan yoki igolkali elektrodlardan ham
tashkil topgan bo’ladi. Maxsulot kondensatorlar orasiga joylashtirib, uning namligi
aniqlanadi.