O‘zbеkiston rеspublikasi oliy



Download 10,37 Mb.
bet59/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

4. ELEKTR YURITMANI ROSTLASHNING UMUMIY PRINSIPLARI.



    1. Rostlanadigan elektr yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning asosiy ko‘rinishi.

Rostlanadigan elektr yuritmalarni texnologik mashina va mexanizmlarda qo‘llash odatda quyidagi holatlardan biri bilan bog‘liq bo‘ladi:

      • texnologik jarayon yurishini tezkor boshqaruv zarurati (yuk ko‘tarish kranlari, ekskavatorlar, reversli prokat stanlari va boshqa mashina elektr yuritmalari);

      • aniq texnologik rejimni o‘rnatish va uni saqlash zarurati (uzluksiz jo‘valash stanlari, qog‘oz preslash mashinalari, tekstil sanoati pardozlash agregatlari va boshqa mashinalar elektr yuritmalari);

      • texnologik jarayonni taxrir qilish zarurati (dozatorlar va ta’minlagichlar elektr yuritmalari);

      • materialga ishlov berish rejimini avtomatik boshqarish (raqamli dasturli boshqarish dastgoxlari elektr yuritmasi);

      • texnologik jarayon elektr energiyasi sarfini optimallashtirish zarurati (nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar elektr yuritmalari).

Keltirilgan holatlar ro‘yxati rostlanadigan elektr yuritmani qo‘llash zaruriyligi va maqsadga muvofiqligi shartlarini bildiradi va u bundan ham keng bo‘lishi mumkin.
Ishchi mashina va mexanizmlarning rivojlanishi bilan hamda yuqori texnologiyalar kirib kelishi bilan rostlanadigan elektr yuritmalarga talab sezilarli darajada oshdi va avtomatlashtirilgan rostlanuvchi elektr yuritmalar barcha texnologik jabxalardagi ishchi mashina va agregatlar energetik va kibernetik (boshqaruv soxasi bo‘yicha) asosini tashkil qiladi.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritma ikki texnologik vazifani bajaradi:

  • berilgan texnologik jarayonni bajarish uchun elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirish;

  • quyidagi me’zonlarni inobatga olgan holda texnologik jarayonni boshqarish: maksimal samaradorlikni ta’minlash; ishlov berish aniqligi va sifatini ta’minlash; energiya sarfi tejamliligini ta’minlash. Boshqarishning aniq vazifalari juda ham keng bo‘lib, ular texnologik jarayon xarakteriga ko‘ra aniqlanadi.

Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning ikkinchi funksiyasi to‘liq elektr yuritmaning xarakatini xarakterlovchi kattaliklarni rostlash bilan bog‘liq (masalan, tezlik, moment, ishchi organ holati). Bu funksiyani faqatgina rostlanuvchi elektr yuritma orqali amalga oshirish mumkin. Bu maqsadda mexanik va gidravlik rostlash vositalaridan (variator, uzatish qutisi, gudromufta) foydalanish bugungi kunda texnik va iqtisodiy jixatdan o‘zini oqlamoqda.
Rostlanuvchi elektr yuritma deganda tezlik yoki momentni berilgan diapazonda silliq (ravon) va aniq rostlashni ta’minlaydigan elektr yuritma tushuniladi. Biroq rostlanuvchi elektr yuritmaga talab bu bilan chegaralanmaydi. Rostlanuvchi elektr yuritmani boshqarish tizimi shuningdek, tezlik moment va yuritmaning boshqa parametrlari o‘zgarganda o‘tkinchi jarayon boshlang‘ich xarakterini ta’minlash ham kerak.
Elektrmotorlar iste’mol tarmog‘iga oddiy sxema bilan ulanganda o‘zining elektrmexanik xususiyatlari bilan elektr yuritma xarakatining sifatli rostlanishini ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun elektr yuritmani rostlash maqsadida elektr motorga berilayotgan yoki undan olinayotgan elektr energiyasini o‘zgartirib turishga to‘g‘ri keladi. Elektr energiyani o‘zgartirish yarim o‘tkazgichli o‘zgartgichlar yordamida amalga oshiriladi.
O‘zgartirilgan elektr energiya parametrlarini rostlash bilan (chastotasi, kuchlanish, impulslanish turi) rostlanuvchi yuritma uchun talab qilingan mexanik va dinamik xarakteristikalarni olishga erishiladi. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartgichlar parametrlarini boshqarish uchun avtomatik rostlashning ichki konturlari xizmat qiladi. Ular E.YU.K., qozg‘atish toki rostlanuvchisi va boshqalardir. Bu ma’noda rostlanuvchi elektr yuritma doimo avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Ya’ni yuritmaning xarakteristikalarini shakllantiruvchi avtomatik boshqaruv vositalariga ega bo‘ladi.
Rostlashning tashqi konturlari elektr yuritmani xarakatini izoxlovchi o‘zgaruvchilarni aniqlaydi: tezlik va ishchi organ holatini. Odatda bu rostlash konturlari yopiq bo‘ladi. Ya’ni rostlanadigan parametrlar bilan teskari bog‘lanishga ega bo‘ladi. 4.1. - rasmda tezlikni rostlash yopiq konturli sxemasi keltirilgan.


    1. Download 10,37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish