Asinxron motorning to‘liq mexanik xarakteristikalari M-S maydonining barcha kvadratlaridagi holat 3.14 - rasmda ko‘rsatilgan.
Asinxron motor 3 ta tormoz rejimlarida ishlaydi: rekuperativ tormozlanish, dinamik tormozlanish, teskari ulab tormozlanish. Bundan tashqari kondensatorli tormozlanish tushunchasi ham mavjud.
Agar rotor tezligi stator elektromagnit maydoni tezligidan katta bo‘lsa bunda rukuperativ generatorli tormozlansh vujudga keladi. Bunda sirpanish manfiy qiymatga ega bo‘ladi > 0;S< 0.
Motor rotori sinxron tezlikdan o‘zib ketishi va undan yuqori qiymatgacha
ko‘tarilishi uchun uning valiga tashqi, aylanish tezligi yo‘nalishiga mos keluvchi moment ta’sir qildirilishi lozim. Bunday holat masalan ko‘taruvchi lebyodkaning yukni tushirish rejimida bo‘lishi mumkin.
Asinxron motorning rekuperativ tormozlanish rejimidagi mexanik xarakteristikalari motorning motor rejimidagi xarakteristikalariga mos keladi. Xarakteristikalarni Kloss formulasi bo‘yicha xisoblash mumkin (3.27). Rekuperativ rejimdagi maksimal moment motor rejimidagi maksimal momentdan ancha katta. Rekuperativ rejim uchun
Mk=
Motor generator rejimida ishlaganda maksimal momentning bir muncha katta bo‘lishi quyidagicha izohlanadi: motor rejimida statordagi isroflar (r1) valdagi momentni pasaytiradi, generator rejimida esa ana shu isroflarni qoplash uchun valdagi moment ko‘proq bo‘lishi kerak.
Rekuperativ tormozlanish rejimdagi energetik balans quyidagicha aniqlanadi (3.15 - rasm). Motorga uzatilayotgan mexanik quvvat aylanayotgan maydonning Pem.elektrmagnit quvvatiga hamda motor rotori zanjiriga transformatsiyalanadigan elektrik quvvatiga aylanadi. (3.35) mohiyatiga ko‘ra
Pmex=Pem-Ps=M 0–M 0s Elektrmagnit quvvat (statordagi isroflar inobatga olinmaganda) iste’mol manbasiga beriladi, sirpanish quvvati esa rotor zanjirida tarqalib ketadi. Shuni ta’kidlaymizki, asinxron dvigatel rekuperativ tormozlanish rejimida ishlab chiqaradigan aktiv quvvatni tarmoqqa beradi va elektrmagnit maydonini xosil qilish uchun esa generator rejimida tarmoqdagi reaktiv quvvat bilan almashishi kerak. Shuning uchun asinxron motor tarmoqdan uzilganda o‘zi mustaqil generator rejimida ishlay olmaydi. Biroq bu motor reaktiv quvvat manbasi sifatida kondensatorli batareyalariga ulanishi mumkin (3.19 - rasmga qarang).