Asinxron motorning motor rejimida ishlashi sirpanishning 1dan 0 gacha qiymatiga to‘g‘ri keladi, shuningdek, ishchi rejim oralig‘i sirpanish Skdan katta bo‘lmagandagi tezliklar oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Sirpanishning Skdan 1 gacha oralig‘ida motor rotoridagi isroflar birmuncha ortadi va shu sababli mexanik
xarakteristikaning bu qismida motorning ishga tushish davrida bo‘ladi. Asinxron
motorning turli sirpanish qiymatida elektr energiyasi oqimining taqsimlanishini tahlil qilamiz. 3.12 - rasmda asinxron motorning energetik diagrammasi keltirilgan.
3.12-rasm.Asinxronmotorningenergetikdiagrammasi
Motor erishadigan Pistem.quvvati, chulg‘amlar va stator polatidagi isroflarni hisobga olmaganda (ΔPni), elektrmagnit quvvatga –Pemga ya‘ni elektromagnit maydonning aylanishi quvvatiga aylanadi deymiz. Asinxron motor bir vaqtning o‘zida ham motor ham transfarmator sifatida ishlagani uchun, elektrmagnit quvvat 2 kanalga bo‘linadi. Elektrmagnit quvvatining bir qismi Pmexmexanik quvvatga aylanadi, bu quvvat asinxron motor valiga uzatiladi. Bu quvvat aylanayotgan elektrmagnit maydoni va rotor tokining aktiv tashkil etuvchisining o‘zaro toqnashuvi natijasida yuzaga keladi. Elektrmagnit quvvatning ikkinchi qismi esa rotor chulg‘amiga elektrik quvvat sifatida singadi, bu xodisa transfarmatorning ikkilamchi chulg‘amini eslatadi.
Elektrmagnit quvvat stator maydoni tezligi 0 ning m momentga ko‘paytmasiga teng (M –asinxron motor validagi moment).
Pem=M 0 (3.34)
Elektrmagnit quvvat ikkita tashkil etuvchidan iborat
Pem=Pmex+Ps (3.35)
Mexanik quvvatni quyidagicha tasvirlasak bo‘ladi
Pmex=M+(3.36)
Rotor chulg‘amiga singdiriladigan elektrik quvvat (3.34) va (3.36)ga kora quyidagicha bo‘ladi
Ps=Pem-Pmex=M 0–M *=M 0 *s (3.37)
Bundan ko‘rinadiki sirpanish quvvatti PS, rotor chulg‘amida hosil bo‘lib motor validagi quvvatga hamda sirpanishga proporsionaldir.
Bu quvvat rotor chulg‘amidagi isroflar sifatida taqsimlanadi (faza rotorli motorlari uchun esa yurgazish paytida yurgazish qarshiliklaridagi isroflar).
Asinxron motorlarni loyihalashda va ishlatishda elektr energiyasini isrofni kamaytirish va F.I.K.ni oshirish maqsadida sirpanish quvvatini kamaytirishga harakat qilinadi. Asinxron motorlar shunday loyihalanadiki, uning nominal sirpanishi bir necha foizni tashkil qilsin. Asinxron motorli elektr yuritmalarning tejamli ishlashini ta’minlash uchun ular minimal sirpanish bilan ishlashi ta’minlanadi. Bu qoida rostlanadigan asinxron elektr yuritmalar uchun ham amal qilishi kerak. Istesno tariqasida asirnxron motorlarni yurgazishni kaskadli sxemasini keltirishimiz mumkin, bunda sirpanish quvvati foydali ishlatiladi.