Asinxron motordagi magnit oqimning qiymati iste’mol kuchlanishga proportsional. Rotor E.Yu.K. va rotor toki qiymati esa stator kuchlanishiga proporsionaldir. Shuning uchun asinxron motor momenti shuningdek, maksimal moment U1kuchlanish kvadratiga proporsional bo‘ladi (3.21 va 3.24 ga qarang). Bu shart-sharoitlar asinxron motorni yurgazish paytida kuchlanishning ozgina bo‘lsa ham kamaytirish mumkin emasligini aniqlaydi. Agar yurgazish paytida kuchlanish 30% gacha kamayib ketsa, uning maksimal momenti 2 barobargacha kamayib ketadi. Buning natijasida motor arzimagan statik moment bilan to‘xtab qolishi va yurgazish toki ta’sirida qolib ketishi mumkin. Motorning bunday ish rejimi halokatli (avariyaviy) rejim deyiladi. Shunday holat motor yuklama ostida yurgizganda ham ro‘y berishi mumkin. Yuqorida aytilgan holatlar sust elektr zanjirlarida sodir bo‘lib, motor halokatiga ko‘proq olib keladi. Bundan himoyalanish uchun maxsus ximoya vositalaridan foydalanish maslahat beriladi.
Shu bilan bir qatorda ba’zi hollarda motorni tezligini rostlash yoki motorni ravon yurgazish uchun statorga beriladigan kuchlanish ataylab kamaytiriladi.
Asinxron motorlar tezligini is’temol kuchlanishini o‘zgartirish orqali rostlash rotorning qizib ketishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday usul alohida hollarda qo‘llaniladi:
Tezlikni nominal qiymatiga nisbatan sezilarsiz darajada kamaytirish imkonini bo‘lganda;
Qisqa tutashtirilgan asinxron motor yuqori sirpanishga ega bo‘lganda stator kuchlanishini rostlash mexanik xarakteristikalarni ko‘rib chiqamiz. (3.13 - rasm)
U1kuchlanish kamaytirilganda motorning kritik sirpanishi hamda erkin aylanish tezligi 0o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Motorning maksimal momenti Mkesa taxminan kuchlanish kamayishining kvadratiga proportsional ravishda kamayadi. Mos ravishda motor mexanik xarakteristikasining bikirligi ham kamayadi. Tezlikni rostlash 0 0(1- Sk) oralig‘ida mumkin bo‘ladi.
Motor validagi moment Ms=Mnnominal momentga teng bo‘lib, o‘zgarmas qiymatga ega deb qabul qilaylik. Kuchlanishning U12gacha kamayishi vaqtida motor 0(1- Sr) ga teng bo‘lgan tezlik bilan hamda Srsirpanish bilan ishlaydi. Asinxron motor energetik diagrammasiga (3.37) asosan motor rotoridagi isroflar ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan sirpanish quvvati Psquyidagiga teng:
Shunda motor validagi foydali quvvat Mmex= Me*= Me*0(1- Sr). Sr cd1 yuzaga proporsional bo‘ladi. Sirpanish quvvati (motor konstruksiyasi uning tarqalishiga mo‘ljallangan bo‘ladi) Oab Snyuzaga proporsional. Bu yuzani shtrixlangan (O abSn) yuza bilan O abSrsolishtiramiz. O abSryuza motor «c» nuqtasida ishlaganda rotordagi isroflarni bildiradi. U rotordagi nominal isroflardan taxminan 3 barobar kop. Tabiiyki motor uzoq vaqt davomida ushbu rejimda ishlaganda u qiziydi va motor ishdan chiqadi. Bunday holatdan qutilish uchun, ya’ni qizdirishsiz rostlash imkoniyati bo‘lishi uchun motor berilgan quvvatini 3
barobar oshirish kerak bo‘ladi yoki intensiv sovutishli mahsus konstruktsiyani qo‘llash kerak bo‘ladi.