O‘zbеkiston rеspublikasi oliy



Download 10,37 Mb.
bet16/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

Zamonaviy mashinaviy texnologiyalarda elektr yuritmaning roli



Zamonaviy sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, transport, kommunal xo‘jalik, hayot ta‘minoti va ijtimoiy-maishiy sohalari turli texnologik jarayonlarni qo‘llash bilan bevosita bog‘liqdir. Ulardan ko‘pchiligi ishchi mashina va mexanizmalarni qo‘llashga asoslangan. Bu ishchi mashinalarni turlari va soni beqiyosdir. Qayerda texnologik mashina qo‘llanilsa o‘sha yerda elektr yuritma ham bo‘ladi. Deyarli barcha mexanik energiya orqali harakat bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiyalar elektr yuritma bilan amalga oshiriladi. Bundan faqatgina ba‘zi bir transport va qishloq xo‘jaligi mashinalari mustasno (avtomobil, traktor va b.). Lekin bu sohalarda ham elektr yuritmani ishlatish istiqbo‘li aynan haqiqat bo‘lib qolmoqda.
Elektr yuritma elektr energiyasining asosiy iste’molchisidir. Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortig‘i elektr yuritmalar ulushiga tushadi.
Elektr yuritmalar ozining texnik xarakteristikalariga ko‘ra quvvati bo‘yicha, aylanish tezligi bo‘yicha, konstruktiv tuzilishi va boshqa ko‘rsatkichlari bilan turlanadi. Prokat stanlari, gazni bosimini oshirish stantsiyalari va boshqa noyob mashinalar elektr yuritmalari quvvati bir necha ming kilovatgacha yetadi. Avtomatika va asbobsozlik sohasiga tegishli qurilmalar elektr yuritmalari quvvati
bir necha vatt bo‘lishi mumkin. Maishiy asboblar elektr yuritmalari quvvati 10 dan 1000 vt gacha, stanoklar elektr yuritmalari 0,25kWdan 100 kWgacha bo‘ladi va x.k.. Elektr yuritma quvvati diapazoni juda kengdir. Shuningdek, aylanish tezligi bo‘yicha ham elektr yuritma diapazoni juda ham keng. Masalan, «sentrifuga» larning aylanish tezligi 100000 ayl/min.gacha yetadi. Ba‘zi bir mexanizmlarniki esa 1 ayl/mindan kam bo‘ladi.
Aksariyat ishchi mashina va mexanizmlar elektr motorlari orqali harakatga keltiriladi. Motor reduktor, transmissiya, krivoship-shatunli mexanizm kabi harakatni mashinaga uzatib beruvchi mexanik qurilmalar hamda nazorat-boshqaruv tuzilmalari bilan birgalikda ishchi mashinalar ishlashining energetik, kinematik va kibernetik asosini tashkil etuvchi elektr mexanik tizim bo‘lib xizmat qiladi.
Prokat stani, ekskavator kabi bir nechta ishchi organlarga yoki bir nechta o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlardan tashkil topgan murakkab texnologik mashina komplekslarida elektr energiyasini taqsimlovchi va boshqaruvchi tizimlar bilan ularning elektr yuritmalari birgalikda mashinaning elektrmexanik majmuasini tashkil qiladi.
Ishlov berish tezligining kattaligi, texnologik operatsiyalarning yuqori va mo‘tadil aniqlikda bajarilishi yuqori dinamikali, avtomatik boshqaruvli elektr yuritmalarni qo‘llashni taqozo etadi. Texnologik jarayonlarni amalaga oshirishda moddiy va energetik tejamlilikka intilish texnologik jarayonni optimallashtirish bilan bir qatorda elektr yuritmani ham optimallashtirishni taqazo qildi. XX asr oxirlarida erishilgan mashinasozlik ishlab chiqarishining texnik rivojlanishi pog‘onasida elektrmexanik komplekslar va tizimlar texnologik qurilmalar, mashina va mexanizmlarining texnologik imkoniyatlari va texnik darajasini aniqlaydigan bo‘lib qoldi.
Zamonaviy elektr yuritmalarni yaratish elektrtexnika, avtomatika, mikroelektronika va kompyuter texnikasi yutuqlaridan unumli foydalanishga asoslanadi. Bular fanning tez rivojlanayotgan jabxasi bo‘lib elektrmexanik tizimlar rivojining yuqori dinamikasini ta‘minlaydi.
Oxirgi 10 yillikda avtomatlashtirilgan elektr yuritma intensiv tezkor rivojlanishga erishdi. Birinchidan bu mashinasozlikning umumiy rivojlanishi, texnik talablar, ishlov berish aniqligining oshishi va ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifatini mo‘tadil ta‘minlash kabi korsatkichlarda namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan elektr yuritmaning faqatgina sanoatda emas balki kundalik turmushda, qishloq xo‘jaligida, transportda, tibbiyotda va maishiy elektr qurilmalarida qo‘llanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan elektr energiyasini intensiv ishlab chiqarish bilan birga uni tejamli va samarali ishlatishga e‘tibor berila boshlandi. Elektr energiyasidan elektrmexanik yo‘nalishda foydalanish samaradorligini oshirish keng ko‘lamda elektr yuritma rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda fikr elektrmexanikada faqatgina elektr energiyasi yo‘qotilishida ketmayapti, balki avtomatik boshqaruvchi elektr yuritmani qo‘llash bilan texnologik jarayonlar optimallashishi va energiya sarfi kamaytirilishi nazarda tutilmoqda.
Mashinasozlik va boshqa sohalardagi texnik rivojlanishning jadallashishi, texnik vositalar avlodlarining eskirish muddatlarini qisqarishi avtomatlashtirilgan elektr yuritma tizimlarini va ular elementlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar qo‘yadi. Mexanik harakat bilan bog‘liq bo‘lgan yangi texnologiyalar bevosita avtomatlashtirilgan boshqaruvli elektr yuritmalarni qo‘llashga asoslanmoqda.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish