xarakteristika yuk ko‘tarish mashinalariga tegishli. Bunda qarshilik asosan og‘irlik kuchi hisobiga paydo bo‘ladi. Bu xarakteristikaning asosiy jihati shundaki,
yuk ko‘tarilayotgandagi qarshilik momenti tushirilayotgandagiga nisbatan bir qancha oshib ketadi. Bu esa uzatmalardagi mexanik isroflar bilan izohlanadi.
xarakteristika turbomexanizmlar uchun (nasos, ventilyator, kompressor) mexanizm validagi moment bevosita uning tezligiga bog‘liqdir. Masalan ventilyator uchun quyidagi bog‘liqlik mavjud M=KѠ2
xarakteristika o‘rash moslama va mashinalariga tegishli. Ular uchun quvvat doimiyligi asosiy texnologik talab hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish joizki, mashinaning mexanik xarakteristikalari orqali aniqlanadigan ishchi mashina validagi momentlar motor tezligi o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan momentning dinamik tashkil etuvchisini e‘tiborga olmaydi.
Elektrmotorningmotorvatormozrejimlari
Har qanday elektr mashina energiyani elektrmexanik o‘zgartgichi kabi ikki xil rejimda: elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi motor rejimida va mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi tormoz (generator) rejimida ishlashi mumkin. Motor rejimda (2.6 - rasm, a) tarmoqdan olinayotgan P manba quvvati, quvvat isroflari P ni hisobga olgan holda elektr yuritmaning mexanizmlari yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi va mashinaning ishchi organiga (IO) uzatiladi.
Tormoz rejimi esa o‘zining energetik xarakteristikalari bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin.
Rekuperativ generatorli tormoz rejimi (2.6 - rasm, b); bu rejimda elektr mashinasidan olingan kinetik energiya yoki mashina ishchi organlaridan olinadigan potentsial energiya elektr motorning valiga uzatilib, uni xuddi generator sifatida ishlatish imkonini beradi. Natijada generatorda hosil qilingan elektr mashina isroflaridan xoli bo‘lgan elektr energiyasi tarmoqqa uzatiladi. Bu rejim energetik tomondan ko‘proq foydali hisoblanadi, ya‘ni tormozlanish energiyasidan unumli foydalaniladi.
Dinamik tormozlanish rejimi (2.6 - rasm, c) bu rejimda tormozlanshi paytida motor tarmoqdan uziladi va qarshilik bilan yuklangan avtonom generator
sifatida ishlaydi; tormozlanishdan hosil bo‘ladigan energiya valga ta‘sir qilib undan song elektr energiyasi hosil qilinadi, bu elektr energiyasi esa mashinadagi elektr isroflarga va yakor chulg‘amiga ulangan tormozlash qarshiligiga sarflanadi.