Eronning makroiqtisodiy kòrsatkichlari 3.2-tur 20-guruh talabasi Ismatov Mirkarimjon Eron iqtisodiyoti haqida Eron — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 21,3 %, sanoat 32,7 % (jumladan, neft va gaz qazib olish 18,7 %)ni tashkil etadi.Sanoatida neft, gaz, koʻmir, xrom, qoʻrgʻoshin, rux, mis, marganets va temir rudalari qazib olish katta ahamiyatga ega. Yiliga oʻrtacha 85 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat, toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Hunarmandchilik (gilam toʻqish, metall buyumlar tayyorlash) bilan ham shugʻullaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |