Eron aholisining 70 % dan koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi. Baʼzi hisob-kitoblarga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2030-yilga kelib 80 % dan oshib ketishi mumkin. Mamlakatda 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 1331 ta turli hajmdagi shaharlar mavjud. 1951-yilda, mamlakatda 201 ta shahar mavjud edi. Eronning sakkiz shahri millioner-shahar maqomiga ega, yaʼni ushbu 8 shaharda 1 milliondan oshiq kishi yashaydi[3]. Eronning poytaxti va eng yirik shahri — Tehron. Ushbu shaharning aholisi 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 8 846 782 kishini tashkil etadi[4]. Tehron aglomeratsiyasida esa 15 200 000 dan oshiq kishi istiqomat qiladi[4]. Aynan Tehronda mamlakat sanoatining yarmidan koʻpi joylashgan.Kattaligi va aholisi soni boʻyicha mamlakatdagi ikkinchi shahar — Mashhad. Ushbu shahar shia mazhabi topinuvchilari uchun muqaddas shahar hisoblanadi va Mashhad aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra 2 749 374 kishini tashkil etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |