Chastotali – rostlanuvchi asinxron elektr yuritmalarni andozaviy
boshqarish tizimlari.
O‘zgaruvchan tokli rostlanuvchan asinxron elektr yuritmalar odatda chastotasi bo‘yicha boshqariladigan, qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektr motorlar asosida quriladi. Bunda iste’mol manbasi sifatida kuchlanish manbai (KCHO’) yoki tok manbai (TCHO’) rejimida ishlaydigan yarim o‘tkazgichli chastota o‘zgartirgichlaridan foydalaniladi.
Motor uchun maqsadli bo‘lgan boshqarish usuli elektr yuritmaga qo‘yiladigan texnik talablarga bog‘liq bo‘ladi. Rostlash diapazoni cheklangan va dinamik ish rejimlari bo‘lmagan elektr yuritmalarda chastotali parametrik usul ishlatiladi. Bunda chastota hamda KCHO’dan chiqadigan kuchlanish berilgan tezlikka moslashtirib rostlanadi.
Dinamik rejimga yuqori talablar qo‘yiladigan va rostlash diapazoni 100 ga teng bo‘lgan elektr yuritmalarda chastota – tokli usul ishlatiladi. Bunda chastota hamda TCHO’ dan chiqadigan tok qiymati motorning berilgan tezlik va ta’sir qilayotgan yuklamadagi ablolyut sirpanishga moslashtirib rostlanadi.
Dinamik xarakteristikalarga yuqori talablar qo‘yiladigan va katta rostlash diapazoniga ega bo‘lgan elektr yuritmalar uchun uch fazali tizimning oniy qiymatini rostlash usulidan foydalaniladi.
Nisbatan soddaroq tuzilishga ega bo‘lgan chastotali boshqaruv tizimi bo‘lib chastotali – parametrik tizim hisoblanadi. Bunday tizimlar statizmi Sμtez = 5-10% bo‘lganda tezlikni rostlash diapazonini D = 20:1 gacha ta’minlab beradi. Odatda bu tizim tezlik bo‘yicha ochiq konturli chastotali rostlash tizimidir ularda asinxron motordagi ma’qul bo‘lgan mexanik xarakteristikalar chastota o‘zgartirgichlarining mexanik xarakteristikalarini shakllantirish hisobiga hosil qilinadi. Ya’ni motor iste’mol qiladigan kuchlanishning chastotaga nisbati Uch o‘/ fch o‘.
Bunday elektr yuritma tizimining funksional sxemasi 10.19 - rasmda keltirilgan fcho’. chastota beriladigan tezlik ω3 qiymatiga qarab aniqlanadi, o‘zagrtirgichning chastotani rostlash kanali fcho‘(Uzs) chiziqli rostlash
xarakteristikasi bilan bajariladi. Kuchlanishni rostlash kanaliga FO’ o‘zgartirgich kiritiladi. U esa chastota va kuchlanish orasidagi kerakli nisbatni ta’minlaydi. Bunda o‘zgartirgich kuchlanish manbai hossalariga ega bo‘lishi uchun chiqish kuchlanishi Uch o‘ bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanish nazarda tutilishi kerak. Bu chastota va kuchlanish orasidagi nisbatni aniq ushlash imkonini beradi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan nisbatlar 6.2. bobda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |