11.2 - rasm. Motorning qizish (1) va (2) sovish chiziqlari
– masala.
Ikkita bir xil motor bir vaqtda ishga tushiriladi. Birinchi motor validagi yuklama nominal qiymatga ega. Ikkinchi motor validagi yuklama nominal qiymatining yarmiga teng (50%). Motorlarning qizish vaqti doimiysi 20 min. Har bir motorning o‘rnatilgan qizish haroratiga erishish vaqti aniqlansin.
Yechimi: har ikkala motorning qizish doimiysi bir xil bo‘lgani uchun ular o‘rnatilgan qizish haroratiga bir vaqtda erishadi, taxminan bir soatda (tqiz = 3Tqiz). o‘rnatilgan harorat qiymati esa albatta har xil bo‘ladi. Ko‘proq yuklangan motorda bu qiymat taxminan 2 marta ko‘p bo‘ladi.(11.3 - rasm).
Sovushdagi harorat o‘zgarishi xarakteri (10.12) ga asosan aniqlanadi.
11.3 - rasm. Motorlarning qizish chiziqlari
Agar motor o‘chirilib, uning harorati atrof – muhit haroratigacha tushsa, unda = 0 va τ = e-t/Tqiz bo‘ladi.
Shuni inobatga olish kerakki, o‘zini – o‘zi shamollatadigan motorlar uchun
issiqlik uzatish koeffitsienti A motor tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bunday motorlar qizishiga nisbatan sekinroq soviydi. Sovushdagi vaqt doimiysi , isishdagi vaqt doimiysiga nisbatan kattaroq bo‘ladi >Tqiz.
Isish va sovush xarakteriga qarab motorlar 8 ta ish rejimlariga ajratiladi.
Ulardan asosiylari uzoq vaqtli S1, qisqa vaqtli S2 va takrorlanuvchi qisqa vaqtli S3.
Uzoq vaqtli rejim (S1) – bu rejimda elektrmotor bir xil o‘zgarmas yuklamada ishlab, uning qizishi o‘rnatilgan haroratgacha ko‘tariladi.
11.4 - rasm a da bu rejimga tegishli bo‘lgan valdagi quvvat o‘zgarishi grafigi, quvvat yo‘qotish grafigi va qizish harorati τ o‘zgarishi grafigi keltirilgan.
Qisqa vaqtli rejim (S2) - bu rejimda motorni yuklash davri o‘chirish davri bilan navbatma – navbat almashadi. Bu rejimda motorning qizish harorati o‘rnatilgan qiymatga erishmaydi. Motor o‘chirilganda esa uning barcha qismlari harorati atrof – muhit haroratiga tenglashadi. Rejim vaqtinchalik ulanish tr va quvvat bilan xarakterlanadi. Ishlash davri standart bo‘yicha 10,30,60,90 minutlarni tashkil qiladi.
Bu rejimning ishlash xarakteristikalari garafigi 11.4 b - rasmda ko‘rsatilgan.
Takrorlanuvchi qisqa vaqtli rejim (S3) - bu rejimda motor qisqa vaqt davomida ishlab, o‘chiriladi va bu davr takrorlanadi. Motor ishlash davrida uning qizish darajasi o‘rnatilgan haroratga ko‘tarilmaydi, o‘chirilgan davrda esa uning harorati atrof – muhit haroratigacha sovushga ulgurmaydi (11.4 c - rasm). S3 rejimi yuklama bilan va yurgazishning davomiyligi bilan xarakterlanadi (ПВ):
ПВ = yoki . (11.14)
Do'stlaringiz bilan baham: |