O‘zbеkiston rеspublikasi oliy



Download 10,37 Mb.
bet159/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

Takrorlash uchun savollar.

  1. Elektr yuritmaning elektrik ko‘rsatkichlarini ayting.

  2. Ishlab chiqariladigan elektr energiyaning qancha qismi uni elektr yuritma orqali elektrmexanik energiyaga aylantirish uchun sarflanadi?

  3. Elektrmotorning qizish vaqti doimiysi tushunchasiga ta’snif bering?

  4. Qizish vaqt doimiysi motorni sovutish usuliga qanday bog‘liq bo‘ladi?

  5. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgich qurilmasining F.I.K. qanday parametrlar bilan aniqlanadi?

  6. Motor to‘liq yuklanmaganda uning Cosφ ko‘rsatkichi qanday o‘zgaradi?

  7. Tiristorli o‘zgartirgich – TO’-D o‘zgarmas tok motori tizimi bo‘yicha yuritmaning Cosφ ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?

  8. Rostlanmaydigan asinxron motor isrof o‘zgaruvchilari nimalardan iborat?

  9. Qisqa tutashtirilgan asinxron motor va sinxron motorlarni yurgazishdagi energiya isroflari qanday aniqlanadi?

  10. S2 qisqa vaqtli ish rejimi xarakteristikasini bering.

  11. ПВ ulanish davomiyligi nima?

  12. Nasos qurilmalarida elektr energiyasini ishlatishda samaradorlikni oshirish usullarini ayting.

  13. Avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositalari yordamida energiyani tejash yo‘nalishlarini sanab bering?

    1. ISHLAB CHIQARISH MEXANIZMLARINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMALARINI LOYIHALASH

ASOSLARI.



      1. Elektr yuritmalarga qo‘yiladigan umumiy talablar.

Sanoatda, qishloq xo‘jaligida, transportda va xalq xo‘jaligining barcha boshqa soxalaridagi texnologik jarayonlarning asosini ishlab chiqarish mashinalari va mexanizmlari tashkil qiladi. Aksariyat ishlab chiqarish mashinalari avtomatlashtirilgan elektr yuritma bilan hamda elektravtomatik tuzilmalari bilan ta’minlangan.


Texnologik jarayonlar o‘z mohiyati va qo‘llanish soxalariga ko‘ra turlichadir. Shuningdek ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari ham turlicha bo‘ladi. Biroq mashina va mexanizmlarning bajarish vazifasiga, ishlash prinsipiga qarab alohida guruhlarga ajiratishimiz mumkin.
Bunday mashinalarga quyidagilar kiradi.

  • turbomexanizmlar: nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar;

  • yuk ko‘taruvchi mashinalar: kranlar, liftlar, shaxta yuk ko‘targichlari;

  • transport mashinalari: konveerlar, transportyorlar;

  • metallga ishlov berish dastgoxlari;

  • qaytarma – ilgarilanma xarakatli mashinalar: porshenli mashinalar (nasoslar, kompressorlar, presslar);

-ekskavatorlar;

  • prokat (jo‘valash) stanlari.

Bu yerda sanoat soxasining asosiy jabxalarida keng ko‘lamda ishlatiladigan ishlab chiqarish mashinalari sanaladi. Shuning uchun ularni andozaviy ishlab chiqarish mashinalari deb atashimiz mumkin.
Elektr yuritmaning ish rejimiga hamda unga qo‘yiladigan talablarga texnologik jarayonning xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi. Texnologik jarayon xarakteriga ko‘ra barcha mashina va mexanizmlarni ikkita katta guruhga bo‘lishimiz mumkin: uzluksiz ishlaydigan mashina va mexanizmlar; davriy ishlaydigan mashina va mexanizmlar . Birinchi guruhdagi mashinalar to‘xtovsiz ishlaydi. Ikkinchi guruhdagilar esa davriy xarakterga ega bo‘lib, unda tez – tez o‘chirishlar, reverslar, tezlikni rostlash zaruratlari bo‘ladi.
Elektr yuritmaga qo‘yiladigan talablar xar bir ishlab chiqarish mexanizmi uchun yoki bir guruh bir xil mohiyatli mexanizmlar uchun alohida shakllantiriladi. Ammo, barcha mexanizmlar elektr yuritmalariga qo‘yiladigan umumiy talablar ham bor.
Bunday talablarga quyidagilar kiradi:

  1. Berilgan texnologik jarayonni ta’minlash va kerakli samaradorlikka erishish.

  2. Ishlab chiqarish mexanizmlarini yurgazish va to‘xtatishning kerakli shartlarini yaratib berish. Kerak bo‘lganda reverslash va tezlikni rostlashni ta’minlash.

  3. Dinamik va zarbiy ortiqcha yuklanishlarni cheklash.

  4. Elektr yuritmani boshqarish prinsiplari (qo‘lda, avtomatlashtirilgan dasturli).

  5. Ishonchlilik talablari.

  6. Konstruktiv himoyalangan, atrof – muhitni muxofazalash va klimatik bajarilish talablari.

  7. Iqtisodiy ko‘rsatkich talablari: elektr yuritmaning tannarxi, elektr yuritmani ishlatish uchun elektr energiyasi narxi.

  8. Ekologik talablar: shovqin darajasi; elektr energiyaning ta’minot tarmog‘iga ta’siri;

Shuningdek talablarda elektr ta’minoti parametrlari ham belgilanadi (kuchlanish qiymati, chastota, ruxsat etilgan chetlanishlar).


      1. Download 10,37 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish