Yuklanish diagrammasi 12.2 - rasmda keltirilgan.
12.3 - rasmda bo‘ylama randalash dasgohi elektr yuritmasining taxogrammasi va yuklanish diagrammasi misol tariqasida keltirilgan. Dasgohning ishchi yurishi – to‘g‘ri, bunda keskich stolga mahkamlangan detalga ishlov beradi. Ortga yurish erkin bo‘ladi, shuning uchun uning tezligi to‘g‘ri yurish tezligidan yuqori bo‘ladi.
12.3- rasm. Bo‘ylama randalash dasgohining bosh xarakat elektryuritmasiuchunto‘g‘rivaortgayurishyuklanishdiagrammasivataxogrammasiDastgohning ishi ishlov berilayotgan detal mahkamlangan stolning V1tezlik
bilan (t1vaqtda) xarakatlanishidan boshlanadi. Bunda motor eng katta momentga erishadi M1= Mmax. Bu rejimdagi yuklanish momenti Ms2ga teng bo‘ladi va F1= μ (Gc+Gyuk) shartni qanoatlantiradi. Bunda Gcva Gyukstol va detalning og‘irligi, μ – ishqalanish koeffitsienti, t2uchastkada motor va stol tezligi o‘zgarmas bo‘ladi ω1= const. Kesish paytidagi tezlik texnologik talablar bo‘yicha o‘rnatilgan qiymatdan oshib ketmasligi kerak.
t3– uchastkada kesish kuchi F3= μ (Gc+Gyuk+Fy) +Fzbo‘ladi. M3moment F3kuchga moslashadi, keskich detalga tekkan holatda bo‘ladi. Undan keyin stol
Mdin= Mmax– M3moment ta’siri ostida to‘g‘ri yurish tezligiga (Vyur/ωyur) erishadi.
t5– uchastkada o‘rnatilgan tezlikda ishlash rejimi amal qiladi, M5-M3. t6uchastkada keskich detaldan uzilgan holatda stolni tormozlash rejimi amal qiladi. Tormozlashda motor maksimal momentga erishadi M6=Mmax.
t7uchastkada stol V1(ω1) tezlik bilan to‘g‘ri yo‘nalishda xarakatlanadi va keskich detaldan chiqariladi. Undan keyin yuritmada revers amalga oshiriladi. Stolning orqaga qaytishidagi tezligi Vtesto‘g‘ri yurishga nisbatan 2-3 barobar katta olinadi. Dastgoxning berilgan tezlikka chiqishi va tormozlanishi motorning maksimal momenti bilan (Mmax) amalga oshiriladi. Teskari yurishdagi kuch (zo‘riqish) faqatgina yo‘naltiruvchilar ishqalanishi hisobiga yuzaga keladi F1= μ (Gc+Gg). Ortga yurish tugagandan so‘ng motorning oldinga yurishiga buyruq beriladi.