Mn = , (12.1)
Bu yerda, – motorning nominal quvvati, Vt, Mn - motorning nominal momenti, Nm,
- motorning nominal burchak tezligi 1/s,
- motorning nominal aylanish tezligi ayl/min.
Elektr motorning nominal momenti elektr mashina aktiv qismlari hajmiga va bu mashina uchun qabul qilingan elektrik va elektrmagnit yuklamalar qiymatiga proporsional bo‘ladi.
Mn = k· D2 ·L·A·B.
Bu yerda – D va L – motor rotori–aktiv qismining diametr iva uzunligi.
A- chulg‘amdagi cheklangan tok zichligi, A/mm2 B – magnit o‘tkazgichdagi induksiya, Tl.
Taxminan aytish mumkinki, motor aktiv qismi o‘lchamlari va og‘irligi uning nominal momentiga proporsional bo‘ladi. masalan 750 ayl/min aylanish tezligiga ega bo‘lgan asinxron motor, shu quvvatli 3000 ayl/min tezlikni motorga nisbatan 4 barobar katta va qimmat bo‘ladi.
Shundan kelib chiqqan holda konstruktorda quyidagi tanlov muammosi bo‘ladi.
Tanlov texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish va ishchi mashinani to‘liq holda to‘g‘ri joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Kichik va o‘rta quvvatli elektr yuritmalar uchun (200 kWt gacha) odatda reduktorli yuritmalar qo‘llaniladi. Zamonaviy konstruktorlik yechimlarida motor va reduktor bitta korpusda yig‘ilgan motor – reduktor ko‘rinishidagi yuritmalar ham keng ko‘lamda ishlatiladi.
Elektr motorning quvvati asosan uchta shartga ko‘ra hisoblanadi:
Motorning qizishi berilgan himoya sinfi uchun cheklangan qiymatdan oshib ketmasligi kerak.
Motorning ortiqcha yuklanish qobiliyati yetarli darajada bo‘lishi kerak va yurgazish va tormozlash kabi rejimlarda ishlaganda hosil bo‘ladigan maksimal momentlarni ko‘tara olishi kerak.
Katta inretsiya momentli mexanizmlari bo‘lgan yuritmalarda yoki bir soat davomida ko‘p sonli o‘chirishlar bo‘lgan holatlarda rotorning qizishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Motorning cheklangan qiymatidan ortiqcha qizib ketishi himoya qatlamining eskirishiga va motorning tez ishdan chiqishiga olib keladi. Motor qizish haroratining cheklangan qiymati motor chulg‘amlari himoyasi sinfiga bog‘liq bo‘ladi.
12.1 – jadval Turli sinfli himoya qatlami uchun cheklangan qizish harorati va haroratning ortishi qiymatlari.
Parametrlar
|
Himoya sinfi
|
E
|
V
|
G‘
|
N
|
Himoya materialining cheklangan qizish harorati (ST –SEV 782-77),S0
|
120
|
135
|
155
|
180
|
Elektr motor chulg‘amlarining cheklangan qizish harorati (GOST - 183-74),S0
|
-
|
120
|
140
|
165
|
Harorat ortishining cheklangan qiymati (GOST 183-74), S0
|
75
|
80
|
100
|
125
|
Motor qizib ketish haroratini bizga ma’lum bo‘lgan yuklanish diagrammasi asosida hisoblash nihoyatda qiyin masala hisoblanadi. Aniqroq bo‘lgan usul motordagi o‘rtacha energiya isroflari usuli hisoblanadi (ΔPo’r). Bunda har qaysi yuklanish uchun motordagi energiya isroflari qiymati aniqlanadi, undan keyin bir sikl uchun energiya isroflarining o‘rtacha qiymati aniqlanadi. Bunday usul isroflarni hisoblash murakkabligi uchun kam qo‘llaniladi. Shuning uchun amaliyotda motor qizishining baxolashning boshqa usullaridan foydalaniladi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan usul ekvivalent kattaliklar (tok, mment yoki quvvat) usuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |