Adabiyotlar sharxi
Molekulyar biologiya fani qayotni paydo bo’lishini molekulyar darajada o’rganadi, ya'ni tirik organizmlarning asosiy xossalari, o’sishi va rivojlanishi, ko’payish va differentsiyalanish, irsiyat va immunitet, qarakatlanish va tashqi muqitga moslashish va boshqa juda ko’p biologik makromolekulalarning molekulyar asosini o’rganishga va tushuntirishga qaratilgan fan. Molekulyar biologiya fani XX asrning 2-yarmida dunyoga keldi. Bu davrda umuman biologiya fanida juda ko’p ilmiy tadqiqotlar yaratildi, ba'zan XX asrni «Biologiya asri» deb qam ataladi.1944 yilda bir guruq ingliz olimlari mikroblarning naslini o’zgartiradigan mikroblar transformatsiyasini chaqaradigan omilllar DNK molekulasi ekanligining kashf etilishi tarixiy voqea bo’ldi.
Molekulyar biologiyaning fan tariqasida dunyoga kelishi Jeyms Uotson bilan Jeyms Krikning kashfiyotiga boqliq. Bu olimlar tomonidan DNK dezoksiribonuklein kislotasining modeli kashf etilgan, ya'ni DNK molekulasi qo’sh spiral tuzilishga ega ekanligini isbot qildilar (1953). Bu kashfiyot irsiy belgilar qanday saqlanadi va avloddan-avlodga qanday o’tadi, degan muammolarni qam qal qilish imkoniyatini berdi. «Transkriptsiya» va «Translyatsiya» mexanizmlar aniqlandi. So’ngra genetik kodlarni «molekulyar genetikadagi» muammolari qal qilindi. Genetik kod muammosini qal qilinishi avvalo qaysi nukleotid yoki nukleotidlar to’plami qanday aminokislotani ifodalashi mumkin, degan masalani qal qilishdan iborat.
1953 yilda Gamov (AqSh) genetik kod 3 ta nukleotid to’plamdan (tripletli koddan) tashkil topgan bo’lishi kerak, degan qoyani ilgari surdi. qaqiqatan qam, bunda 4 xil nukleotid yordamida 64 ta kombinatsiya qosil qilish mumkin. 1961 yil boshlarida ingliz olimi Krik genetik kod muammosining matematik analiziga asoslanib, kod qaqiqatda qam tripletli xarakterga ega, degan xulosaga kelgan. Triplet Krik ifodasiga ko’ra kodon deb nomlangan.
Molekulyar biologiya kompleks fan qisoblanadi, chunki u yuksak molekulyar organik birikmalarning tuzilishi qaqidagi eng so’nggi ilmiy ma'lumotlarga asoslanadi.
Molekulyar biologiya eng muqim biologik makromolekulalarning turli shakllari va ularning evolyutsiya formalarini o’rganadi. Bu fan eng avvalo nuklein kislotalarning, oqsillar va boshqa makromolekulalarning strukturasini, shuningdek eng muqim qujayra komponentlari (xromosoma) yadro, plazmatik membrana, mitoxondriyalar, Golji kompleksi, lizosomalar, ribosomalarning strukturaviy tuzilishi bilan ularning bajaradigan funktsiyasi orasidagi boqlanishni o’rganadi.
Shunday qilib, molekulyar biologiya evolyutsiya qanday borishini, uning mexanizmini ochib beradi, ya'ni jonli organizmlar uchun xos bo’lgan rivojlanish fenomenini qam molekulyar tekislikda oqsillar va nuklein kislotalarning o’zaro munosabati, reaktsiyalari shaklida ifodalaydi.Molekulyar biologiyaning ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo’llaniladigan metodlari va asboblari: elektron mikroskop, ultratsentrifuga, rentgen-struktura analizi, xromatografiya, elektroforez, nishonlangan atomlar va xakazo.
XX asrning 2-yarmida ko’plab mamlakatlarda o’limga sababchi bo’lgan turli yuqumli kasalliklar (vabo, o’lat, chechak) yo’qotildi. Ammo keyingi vaqtda yuqumli kasalliklar kamaygan bo’lsa, rak, yurak qon tomir sistemalarining jaroqatlanishi, moddalar almashinuvi kasalliklari, ruqiy va nasliy (irsiy) kasalliklar juda qam ko’paydi. Tirik sistemalarning strukturaviy tuzilishi va funktsiyasini mukammal o’rganilgandagina, kasalliklarning tabiati to’qri aniqlanadi va davolanadi yoki kasalliklarning oldini olish mumkin bo’ladi. Molekulyar biologiya va gen injenerligining turli tarmoqlari niqoyatda jadallik bilan rivojlanmoqda, birinchi darajali aqmiyatga ega masala-insonning jismoniy va ruqiy qolati, funktsiyasi, imkoniyati boshqarilishi molekulyar asosini tushunishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |