O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi



Download 316 Kb.
bet6/10
Sana30.12.2021
Hajmi316 Kb.
#93023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
eukariot hujayra geni

Organizm

DNKsi (juft asos)

Genlar soni

SV40(hayvon virusi)

T4(bakteriofag)



E.coli (bakteriya)

Odam gaploid hujayrasi



5,0x103

2,0x105

4,6x106

2,8x109



5

200


4600

100000-500000



Qo‘sh zanjir DNK kondensatsiyasi natijasida molekulaning uzunligi 10000 martagacha qisqaradi. Bu ikki yo‘l bilan amalga oshadi:

1. Sferasimon kalava hosil qilish yo‘li bilan;

2. DNKning yuqorilama spiral ko‘rinishini hosil qilish yo‘li bilan.

Sferasimon kalava hosil bo‘lish yo‘li viruslarda, DNKning yuqorilama spiral ko‘rinishi hamma prokariot, eukariot hujayralarda va eukariot hujayralarni zararlovchi viruslarda uchraydi. DNKning sferasimon kalavalanishi natijasida kompakt «shpulka»(«mokki») hosil bo‘ladi. T4 bakteriofagda ikki qavatlama shpulka hosil qilgan DNK fagning boshiga o‘ralib ikosaedra formasini hosil qiladi. Boshida kalava o‘rami tashqi, keyin ichki qavatni o‘raydi. Ular orasida ozgina ochiq joy qoladi. DNKning qolgan qismi har ikki qavatdan ham o‘tib, virusning markaziy qismidan dumi tomonga chiqib turadi.

Boshqa viruslarda DNK xuddi T4 ga o‘xshab o‘ralmagan bo‘lsa ham shunga o‘xshash bo‘ladi.

Qo‘sh zanjir DNKning yuqorilama spiral ko‘rinishi DNKning kuchli taranglashishi natijasida yuqoriga qarab o‘z-o‘zidan spiral holda buralishidan hosil bo‘ladi.

DNKning barqaror, kompakt formasi kerakli, pishiq DNK sferasimon kalavasi va DNK yuqorilama spiral ko‘rinishi manfiy zaryadlangan fosfat gruppalari bevosita bir-biriga yaqin. Ikala gruppa bir-biridan itariladi, lekin uzoqlashib ketmaydi, ularning uzoqlashib ketmasligini musbat zaryadlangan poliamin degan moda ta’minlab turadi. Bu moda prokariot, eukariot hujayralarda, ko‘proq viruslarda uchraydi. Poliamin moddalar qatoriga kiruvchi eukariot hujayralarda uchrovchi spermidin moddasi quyidagicha strukturaga ega:

H 3N CH2 N CH2 CH2





CH2 CH2 CH2 CH2

Spetsifik oqsil, barqaror DNK molekulasi, xohlagan tip hujayrada, ba’zi viruslarda (masalan, SV40 virusi) bor.

Prokariot hujayrada DNKning joylashuvi universal xarakterga ega; masalan E. soli bakteriyasi orqali uning joylashuvini ko‘rib chiqaylik. DNKning yuqorlama spiral ko‘rinishga ega bo‘lgan uchastkasi gistonsifat oqsillar Bilan birgalikda diametri 12 nmlar atrofida bo‘lgan «munchoq»ni hosil qiladi. Munchoqning ichki qismida joylashgan DNK qo‘sh spirali taxminan oltitacha spiral o‘ramni hosil qiladi. Munchoqlar bir-birlari Bilan DNK uchastkalari yordamida bog‘langan bo‘lib, yuqorilama spiral ko‘rinish yo‘qolib, ular birlashib ketib, bir ipga tizilgan munchoqlarni eslatuvchi strukturani hosil qiladi.

Eukariot hujayralarda DNKning joylashuvi prokariot hujayralarda DNKning joylashuvidan farq qiladi. Eukariot hujayralarda DNK nukleoproteinlar – oqsillar (gistonlar) bilan birgalikda kompleks xosil qiladi va bu xromatin deb nomlanadi. Xromatinning struktura tuzilishi murakkab bo‘lib, atrofini o‘rab olgan asosiy granula – spetsifik oqsillar – gistonlardan tashkil topgan ikki zanjirli DNKdan tashkil topgan. Xromatin massasi taxminan 2/3 qismi oqsillardan tashkil topsa, 1/3 qismi DNKdan tashkil topgan. Xromatindagi barcha oqsillarning yarmi gistonlardan iborat. Gistonlarning molekulyar massasi 11000 – 22000 ga teng. Gistonlarning molekulyar massasi protaminlarnikidan katta. Gistonlar hamma to‘qima hujayrasida uchraydi va yadro materialining asosiy qismini tashkil qiladi. Giston molekulasi triptofandan tashqari ko‘plab asosiy aminokislotalarga ega. Giston molekulasidagi aminokislotalarning tarkibi har xil, asosiy xossasi kuchsizifodalangan (rN dagi izoelektrik nuqtasi 10,5 – 11 ga teng ), lekin molekulyar massasi katta (protaminlarga qaraganda). Ular uchun xarakterli bo‘lgan narsa bu alaninning ko‘p miqdorda bo‘lishidir. Gistonlar tarkibida lizin va arginin ham ko‘p miqdorda uchraydi: bu narsa ularga ishqor tabiatini va DNKning kislotali gruppalari Bilan o‘zaro ta’sir qilish xususiyatini belgilab beradi. 5 xil giston tiplari farq qilinadi: N1, N2A, N2V, N3 va N4.

N1 – lizinga anchagina boy bo‘lgan giston: 26,3% lizinga, 23, 5% alaninga va 2,5% argininga ega. (Busch. N., 1967). N1 gistoni molekulyar massasining kattaligi jihatidan boshqa giston tiplaridan farq qiladi va u nukleosomaning asosiy qismini yoki markazini (serdsevinы nukleosom) tashkil qilishda ishtirok etmaydi.

Navbatdagi giston tiplari bilan tanishishdan oldin nukleosoma to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.

Xromatinning elektron – mikroskopik fotosuratlarida ipga terilgan munchoqqa o‘xshab ketuvchi tuzilmalar ko‘rinib turadi. har bir munchoq donasida 8 ta giston molekulasi va shularga o‘ralgan 150-200 ta nukleotid juftiga yaqin uzunlikdagi DNK bo‘ladi. Anna shunday struktura nukleosoma deyiladi. Nukleosoma strukturasi birinchi bo‘lib Klug va uning hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan. Nukleosomalar hamma eukariot organizm hujayralarida, ba’zi viruslarda (eukariot organizmlarni zararlovchi viruslarda) topilgan.

N1 gistoni bir nukleosoma bilan ikkinchi nukleosomani bog‘lovchi DNK uchastkasida joylashadi;DNKning bu uchastkasi, shuning uchun bog‘lovchi DNK yoki linker DNK deb ataladi. N1 gistoni barqaror xromosoma strukturasini hosil qilishda ishtirok etmasa ham, lekin giston oqsillar tarkibiga kirmaydigan boshqa bir oqsillar bilan birgalikda xromatin transkripsion aktivlik regulyasiyasida ishtirok etadi.

N2A gistoni nukleosoma tarkibiga kiradi, etarli darajada lizinga ega bo‘lib N2V va N3 gistonlariga yaqin turadi. N2V gistoni N2A gistoniga qaraganda lizinga boy, N3 gistoni molekulyar massasi jihatidan N2V va N2A gistonlariga o‘xshash. N3 gistonining xarakterli xususiyati, faqat shu giston sistein tutadi. N4 gistoni yuqoridagi gistonlarga qaraganda ancha barqaror. N1 gistonidan tashqari N2A, N2V, N3, N4 gistonlari nukleosomaning asosini tashkil qiladi.




Download 316 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish