Nazorat va muhokama uchun savollar
Biznes faoliyatida menejment vazifalari nimadan iborat?
Vazifalar taqsimoti nima sababdan ishlab chiqiladi?
Menejmentdagi yondashuvlarni sanab bering.
Boshqarish jarayonida boshqarma, tsex va bo‘limlarning o‘zaro munosabatlari qanday tartibga solinadi? Misol keltiring.
Boshqarma, tsex va bo‘limlar faoliyatini qanday xujjat tartibga soladi?
Ichki mexnat tartib qoidalariga nimlar kiradi?
Jamoa shartnomasi kimlar o‘rtasida tuziladi va mazmuni nimadan iborat?
10-Mavzu. BIZNES FAOLIYaTIDA MARKETING
Mashg‘ulot turi: Amaliy
Mashg‘ulot maqsadi: biznes jarayonlarini loyihalashda marketing soxasini ahamiyatini ochib berish, bozor qonunlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liqligini o‘rganish va mahsulot ishlab chiqarishdan avval uning sotilishi mexanizmlari xaqida ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar
Marketingning maqsad va vazifalari.
Marketing tadqiqotlari, oldindan bilish va rejalashtirish, boshqarish va marketing nazorati.
Sotishni tashkil qilish va takomillashtirish.
Marketingning maqsad va vazifalari.
Kichik biznesdagi xo‘ijalik yurituvchi sub’ektlar har doim haridorni mo‘ljal qilib quyidagi savollarga Qancha? Qanaqa? Nima? Qachon? javob topishlari kerak: Bundan ma’lumki kichik tadbirkorlik tarkiblari soni, sifati, fazoviyligi va vaqt o‘lchamlari bo‘yicha cheklangan.
Marketing (inglizchadan market - bozor) — bu mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo‘lgan majmuaviy tizimdir. U aniq haridorlarni talabini qondirish, bozorni o‘rganish va oldindan ko‘ra bilish asosida foyda olishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |