Informatikaning fan sifatida o’ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o’rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kyelib chiqqan holda «Informatika» fanini o’qitishning maqsadlarini quyidagicha : 1.O’quvchilarda kompyutyer savodxonligini shakllantirish;2.O’quvchilarda axborotga ishlov byerish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o’zlashtirib olishlarini ta’minlash; 3.O’quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko’rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikatsion tyexnologiyalarning ahamiyatini ochib berish; 4.Komp’yutyerlardan ongli va ratsional foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.
O‘rta ta’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;
kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olish;
algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish
Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari
fanining vazifalari va mazmuni
Mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur va keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilar ekan, unda uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirishga juda katta ahamiyat berilmoqda.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy ishlar va sarqitlardan to’la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash» kabi maqsadi ta’lim jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Umuman, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida bunday muammolar o’z dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, o’z ishining ustasi bo’luvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi yosh kadrlarni tayyorlash va ularga ta’lim berish respublikamiz pedagoglari oldida turgan muhim va mas’uliyatli vazifadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi va uni takomillashtirish yuzasidan ko’pgina olimlar amaliy va ilmiy tadqiqot ishlari olib borayapti. Uzluksiz ta’lim tizimi Va uning asosiy tuzilishi haqida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da atroflicha bayon etilgan. Unda belgilanishicha, «Uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi».
Ushbu ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o’qitishda ularning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash kerak bo’ladi. Shu maqsadda fanlarni o’qitishning kontseptsiyasini ishlab chiqish, u asosda o’quvchilarga bilimlar berish muhim ahamiyatga ega.