II Bob bo’yicha xulosa
Magistrlik dissertatsiyasning ikkinchi bobi “Surxondaryo viloyati shaharlari rivojlanishining iqtisodiy-geografik xususiyatlari” deb nomlangan bo’lib, bunda viloyat shaharlari rivojlanishida tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlar o‘rganilib chiqildi. Surxondaryo viloyati aholisi qadimdan o’troq hayot kechirganligi uchun aholi manzilgohlari ham qadimiyligi bilan ajralib turadi. Bu esa professor A.Soliyev ta’biri bilan aytgandek “…aholi manzilgaohlari qanchalik qadimiy bo’lsa va urf-odat, an’analari saqlanib qolgan bo’lsa, ushbu hududlarda urbanizatsiya jarayonlari shunchalik sekin kechadi” deb bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham viloyatda aholi urf-odat va an’analarini saqlanib qolgani bilan bir qatorda chegaradosh Afg’oniston hududidagi notinchlik viloyatda urbanizatsiya jarayonlarining juda sekin kechishiga olib kelmoqda.
Surxondaryo viloyuati shahar aholisi xususan urbanizatsiya jarayonlarini yanada tezlashtirsh hamda shahar aholi salmog’ini ko’tarish uchun mavjud resurslardan samarali foydalanish va aholi manzilgohlarini infratuzilmasini yaxshilash va uni oshirish yo’llarini ishlab chiqishni taqazo qiladi.
III. BOB. SURXONDARYO SHAHARLARI RIVOJLANISHNING ASOSIY MUAMMOLARI VA YO’NALISHLARI
3.1. Surxondaryo viloyati shaharlarining funksiyalari
Termiz shahari Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning janubiy qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yoʻl stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Maydoni 27,8 km². Aholisi 135.7 ming kishi (2017).
3.1 –rasm. Termiz shahrining kosmosdan ko’rinishi
Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. O’sha davrda Termiz Termizshoxlar hokimligining poytaxti bo’lib turgan. Arablar bosib olgan davrda (686–704) Termiz 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, toʻrtburchak shaklidagi qalʼadan iborat bo’lgan. 10-asrda yozilgan “Hudud ul Olam” asarida Termiz “Jayxun bo’yidagi kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo bo’yida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chag’oniyon ahli shu yerda savdo qiladi”, deb taʼriflangan.
Shaharda temirchilik, shishasozlik, kulolchilik rivojlangan. Termizda tayyorlangan hunarmandchilik buyumlariga talab yuqori boʻlgan. Shaharda o’nlab karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. O’sha davrda Termiz yirik madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham nom qozongan. Termizlik olimu ulamolar o’rta asr Sharqining fan, madaniyat va maʼrifatiga o’z hissasini qo’shgan.
1916-yilda Buxoro–Qarshi–Termiz temir yo’l qurilish munosabati bilan Termizning iqtisodiy mavqeyi o’sdi.
Oʻzbekistonni qo’shni Afg’oniston, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlar bilan bog’lovchi yo’l Termiz orqali o’tishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o’rin egallaydi.
1933 yilda Termizda birgina paxta tozalash zavodi va yana bir necha ustaxonalar boʻlgan. Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik yillarida, sanoat, qurilish, yengil, oziqovqat va boshqa korxonalar ishga tushdi. Obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi temir yo’l vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya muzeyi, sanʼat kolleji, akademik litsey, tadbirkorlar markazi, markaziy stadion, “Delfin” suzish havzasi, kurash saroyi, tennis korti, “Alpomish” majmuasi, markaziy bozor, “Termizning 2500 yilligi” nomli xiyobon bor.
Termiz shahrida jami 2500 dan ziyod korxona bo’lib, mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalar, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish., yengil va oziq-ovqat sanoati muhim oʻrin tutadi.
Termizda 18 ta kollej (sanʼat, iktisod, ijtimoiyiqtisodiy, ped., tibbiyot, bank ishi, maishiy xizmat koʻrsatish, oziq-ovqat sanoati kollejlari) bor. Akad. va fizikamat, litseylari faoliyat ko’rsatadi. 2003/04 oʻquv yilida shaharda 16 umumiy taʼlim, 2 tayanch, 1 boshlangʻich maktablari ishladi.
Shaharda O’quvchilar saroyi, bolalar va o’smirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat o’lkashunoslik muzeyi, Hakim at Termiziy meʼmoriy majmuasidagi “Meros” tarmoq muzeyi bor. OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan Termizning 2500 yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qo’g’irchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bog’i bor (qarang Termiz hayvonot bog’i).
Termiz shahrida 18 gazeta chiqariladi, 3 telestudiya eshittirishlar olib boradi. Shahar markaziy kasalxonasi (165 oʻrin), yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 o’rin), bolalar va kattalar, tish davolash poliklinikalari, shahar bolalar sanatoriybogʻchasi va boshqa tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat tug’ruqxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, bolalar kasalxonasi, onkologiya, ko’z kasalliklari kasalxonalari, endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari dispanserlari, “Ona va bola” va “Reproduktiv salomatlik” markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat koʻrsatadi.
Taʼlim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Termizda islom dini arboblaridan Hakim at Termiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan. Termizda 1999 yilda Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2002 yilda xalqaro miqyosda Termizning 2500 yillik yubileyi o’tkazildi.
Termiz shahri ko’plab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va o’zbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol o’ynagan. «Buyuk Ipak Yo’li»ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qo’shgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bog’liq bo’lgan memorchilik anʼanalarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan.
Denov shahri kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi o’rinda turadi va shahar sifatida viloyatga bo’ysunadi. Denov shahri har jihatdan yuksalgan, yoshargan zamonaviy va sharqona shahar qiyofasini olmoqda. Shahar yirik sanoat korxonalari bilan nafaqat viloyatda, balki respublikada ham munosib o’rin tutadi. Sanoat korxonalari asosan viloyatdagi qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlashga yo’naltirilgan. Shahar agrosanoat kombinati, «Surxon oziq-ovqat sanoat» aksiyadorlik jamiyati, paxta tozalash zavodi, aroq-vino, pivo, konserva zavodlari, sut hissadorik jamiyati, qurilish hissadorlik jamiyati, “Agrotex” dehqonchilik sanoat uyushmasi, neft mahsuloti korxonasi, paxta egirish fabrikasi, taʼmirlash- texnika zavodi va boshqalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |