O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Surxondaryo viloyati shaharlarining demografik rivojlanishi



Download 5,45 Mb.
bet19/27
Sana08.06.2023
Hajmi5,45 Mb.
#949977
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
Bozorqulova DISSERTATSIYA m

2.3. Surxondaryo viloyati shaharlarining demografik rivojlanishi

Surxondaryo viloyatining o’ziga xos tabiiy, iqtisodiy va siyosiy geografik o’ringa ega ekanligi shaharlar to’rining shakllanishiga ta'sir ko’rsatgan. Viloyatda mamlakat aholisining 7,6 foizi istiqomat qilgani holda, shahar aholisi respublika shahar aholisining 5,3 foizini tashkil etadi. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra 8 ta shahar va 114 ta shaharcha qayd etilgan. Ulardan Termiz va Denov viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar bo’lib, tumanga bo’ysunuvchi shaharlar esa 6 ta (Boysun, Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Sho’rchi, Sharg’un, Sherobod). Ularda viloyat aholisining 35,7 foizi yashaydi va bu jihatdan u mamlakatda deyarli oxirgi o’rinlarda (faqat Xorazm viloyatidan oldinda) turadi.


Mazkur mintaqа hududiy urbanistik tarkibida eng yirik shahar Termiz bo’lib, tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar uning 2500 yillik tarixga ega bo’lgan shаrqdagi qadimiy shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik o’rni, strategik ahamiyatga molik joyda ekanligi, Buyuk ipak yo’lining muhim bir tаrmog’i bo’yida joylashganligi uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan.
Shahar Kushonlаr davrida juda tez rivojlandi, temuriylar davrida katta shaharga aylandi, ruslar kelgach, 1894 yilda 8 km narida Tuproqqo’rg’onda yangidan asos solindi. Hozirgi kunda u respublikaning ―100 minglik toifa shaharlari qatoriga kiradi. Mustаqillikdan so’ng uning geografik o’rni, iqtisodiy-ijtimoiy shаroitini yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Shahardagi yirik xalqaro aeroport, G’uzor – Surxon elektr uzatish liniyasi, Termiz – Xаyrаton –Mozori Sharif va Toshg’uzor – Boysun – Qumqo’rg’on temir yo’li va boshqa bir qator yirik investitsion loyihalar istiqbolda shaharni janubiy markaz sifаtida funktsiyasini yanada kuchaytiradi.
Viloyatning yirik sanoat shaharlari - Denov, Jarqo’rg’on, Sho’rchi hisoblanadi. Mintaqaning ―ikkinchi shahri Denov Surxondaryo va Sangardak daryolari oralig’ida, XIV asr oxirlarida qal’a sifatida shakllangan. Uning asosiy shahar hosil qiluvchi tarmoqlarini qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, xususan, yog’-moy, paxta tozalash, paxta titish, vino-araq sanoati tashkil etadi. Shahar viloyat aholisining 9,2 foizi (82 ming kishi) yalpi sanoat mahsulotining 13,0 foizi va iste’mol mollarining esa 28 foizini tashkil etadi.
Jarqo’rg’on tumandan topilgan neftь asosida shakllangan, 1928 yilda qurilgan Qarshi- Termiz temir yo’li, 30-yillarda ochilgan neft koni shaharning shakllanishi va iqtisodiy rivojlanishida katta rol o’ynagan. 1951 yilda shahar posѐlkasi, 1973 yildan Jarqo’rg’on tuman ahamiyatiga ega bo’lgan shahar maqomi berildi. Sho’rchi esa Surxon vohasining o’rta qismidagi tekislikda joylashgan. Iqtisodiy asosi agroindustrial xarakterda bo’lib, yengil va oziq ovqat sanoati, mebelsozlik tashkil etadi, tuman markazi sifatida rivojlanmoqda.
Bоysun ―resurs shahаrlar tipiga mаnsub bo’lib, dengiz sathidan 1200 m balandlikda qadimiy Poikalon qal'asi asosida shakllandi. Shahar viloyatdagi eng qadimiy aholi manzilgohidir. U eramizdan avvalgi tаxminan 5- ming yillik oxirlarida vujudga kela boshlagan. Boysun shahri yoqilg’i sanoati, shuningdek, tabiiy sharoiti qulay hududda joylashganligi tufayli, hozirgi kunda ham rekreatsiya- sog’lomlashtirish markazi sifatida rivojlanib kelmoqda, rasman shahar maqomini 1975- yilda olgan.
Shаrg’un- Sharg’un daryosi yaqinida 1941-yilda ko’mir koni topilgan, uning asosida 1963 yil ko’mir briket fabrikasi barpo etilgan. Bu yerda ko’mirning topilishi va o’zlashtirilishi ta’sirida aholi manzilgohlari paydo bo’la boshlagan. Dastlab Toqchiyon, so’ngra 1973 yildan e’tiboran Sharg’un shahri deb atala boshlandi. Qumqo’rg’on, Sherobod qo’riq yerlarni o’zlashtirish asosida bunyod etilgan. Viloyаtda urbanizatsiya asosan kichik va o’rta shaharlar, qishloq tuman markazlari va agrosanoat korxonalariga ega bo’lgan shaharlar va agroshaharchalar hisobiga rivojlanib bormoqda.
Surxondaryo viloyati shaharlarining o’sish suratiga nazar soladigan bo’lsak, viloyat shaharlarida aholi o’sishi asosan mustaqillik yillariga to’g’ri keladi. Masalan, Termiz shahri aholisi 1970-yilda 34,9 ming kishini tashkil etgan, 1990-yilda esa bu ko’rsatkich 2 martaga ya’ni 75 ming kishiga o’sdi.
Termiz shahrining aholisi 20 yilda ikki baravarga ko’paydi, 1990-yil dan 2000-yilgacha ya’ni 10 yida bu ko’rsatkich 1,5 baravarni ko’rsatmoqda bundan xulosa qilish mumkinki Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng Termiz shahri aholisi soni sezilarli darajada o’sganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
2.3-jadval

Download 5,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish