O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,45 Mb.
bet22/27
Sana08.06.2023
Hajmi5,45 Mb.
#949977
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Bozorqulova DISSERTATSIYA m

3.2-rasm. Denov shahrining kosmosdan ko’rinishi
Denov shahrida ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng yo’l ochilgan. 113 kichik korxona, firma, shirkat faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar tayorlanayapti. Denovda hunarmandchilik yaxshi rivojlangan: beshiksozlik, sandiqsozlik, temirchilik, kosibchilik, duradgorlik sohalari yaxshi rivojlangan. Shaharda akademik R.R.Shredir nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korparatsiyasining Janubiy O’zbekiston subtropik o’simliklari tajriba stantsiyasi joylashgan. “Denov dendrariysi” deb ataladigan bu maskanda tabiatning 700 dan ziyod o’simligi, mevali va manzarali daraxtlar, butalar mavj urib yotibdi. Dendrariyda sirenning 28 xili, ignabarglilar oilasining 22 xili, Yaponiyadan keltirilgan magnoliya daraxti va boshqalar o’sadi. 1921 yilda tashkil etilgan bu bog’da turli joylardan keltirilgan dov-daraxtlar, butalar, o’simliklar iqlimlashtiriladi. So’ngra viloyat bo’yicha ekishga tavsiya etiladi. Ayni paytda dendrariy bebaho ilmiy labaratoriyadir. Denov shahridagi ikki transport korxonasi- avtobus-taksi va 8-avtokorxona respublikada mashhurdir. 8-avtokorxona ahli hozirgi kunda respublikadan tashqariga- Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa joylarga qatnab xalq xo’jaligi mollarini tashimoqda. Korxona qoshida beton-g’isht ishlab chiqaradigan yangi sex, 40 dan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladigan tikuvchilik va to’qimachilik sehi ishlab turibdi. Shaharda o’rta umum taʼlim maktablaridan tashqari, gimnaziya, xorijiy tillar, kimyo va fizika — matematika litseylari bor. Shuningdek, 13 bolalar bog’chasi, bitta yasli, bolalar musiqa maktabi, bolalar va o’smirlar sport maktabi, yoshlar texnik ijodiy markazi, sayyohlar maskani bor.
Xalq taʼlimi muassasalarida 1,5 mingga yaqin o’qituvchi, tarbiyachi, murabbiy mehnat qilmoqda. Shahardagi markaziy kasalxonada 16 turdagi tibbiy xizmat ko’rsatiladi. 300 dan ortiq bemorni qabul qilishga mo’ljallangan bolalar va kattalar poliklinikasi, bolalar va kattalar tish kasalliklari poliklinikasi, o’smirlar poliklinkasi yangi zamonaviy qurilgan binolarda ish olib bormoqda. Shaharda ommaviy sport turlariga katta eʼtibor berilgan. 1992 Denov televideniysi ish boshladi. Hozir uning koʻrsatuvlarini viloyatning Sho’rchi, Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun kabi tumanlar aholisi ham ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shaharda gaz va vodoprovod suvi kirib bormagan ko’cha yoq. Denov bozorlari ham qurilishi, ham mo’l-ko’lligi eʼtiborni tortadi. Bu yerda hamma narsa topiladi. Bozorga qaysi vaqt kirmang, issiq non tayyor turgan bo’ladi. Nonmisan-non! Denov-xurmoning koni. Anor, uzum, olma ham serob. Bozorning quruq mevalar rastasiga boqib lol qolasiz: xandon pista, bodom, xilma-xil mayiz, yong’oq, yeryong’oq, shoʻrdanak kabi mahsulotlari Toshkentu Samarqanddagidan ancha arzon. Denov bozorida Oʻratepaning sabzisi, Xorazimning guruchi xaridorgir. Shahar qal’asida tijorat bozori ham juda qizgʻin. Bu yerda ham kerakli narsani topishingiz mumkin.
Angor – Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Angor tumana markazi. Surxon-Sherobod vodiysida, Katta O‘zbekiston trakti yonida. Termiz shahridan 33 km shimoli-g’arbda joylashgan. Yaqin temir yo’l stansiyasi Navshahardan 14 km. Aholisi 14,1 ming kishi (2017). Angor arig’idan suv ichadi. Sanoat korxonalarida asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. 3 umum taʼlim maktabi, 4 bolalar bog’chasi, tuman markaziy kasalxonasi, kattalar poliklinikasi, o’smirlar poliklinikasi, paxta hissadorlik jamiyati, tuman davlat hissadorlik mashina-traktor parki tuman bo‘limi, savdo punktlari, 2 kinoteatr, 2 kutubxona, madaniyat uyi, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish punkti bor.
Viloyatning yirik sanoat shaharlari - Denov, Jarqo’rg’on, Sho’rchi hisoblanadi. Mintaqaning ―ikkinchi shahri Denov Surxondaryo va Sangardak daryolari oralig’ida, XIV asr oxirlarida qal’a sifatida shakllangan. Uning asosiy shahar hosil qiluvchi tarmoqlarini qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, xususan, yog’-moy, paxta tozalash, paxta titish, vino-araq sanoati tashkil etadi. Shahar viloyat aholisining 9,2 foizi (82 ming kishi) yalpi sanoat mahsulotining 13,0 foizi va iste’mol mollarining esa 28 foizini tashkil etadi.
Jarqo’rg’on tumandan topilgan neft аsosida shakllangan, 1928 yilda qurilgan Qarshi- Termiz temir yo’li, 30-yillarda ochilgan neft koni shaharning shakllanishi va iqtisodiy rivojlanishida katta ro’l o’ynagan. 1951 yilda shahar poslkasi, 1973-yildan Jarqo’rg’on tuman ahamiyatiga ega bo’lgan shahar maqomi berildi. Sho’rchi esa Surxon vohasining o’rta qismidagi tekislikda joylashgan. Iqtisodiy asosi agroindustrial xarakterda bo’lib, yengil va oziq ovqat sanoati, mebelsozlik tashkil etadi, tuman markazi sifatida rivojlanmoqda.
Bоysun shahri ham viloyatning resurs shahаrlar tipiga mаnsub shahar bo’lib, dengiz sathidan 1200 m balandlikda qadimiy Poikalon qal’asi asosida shakllandi. Shahar viloyatdagi eng qadimiy aholi manzilgohlaridan biridir. U m.avv. tаxminan 5 ming yillik oxirlarida vujudga kela boshlagan. Boysun shahri yoqilg’i sanoati, shuningdek, tabiiy sharoiti qulay hududda joylashganligi tufayli, hozirgi kunda ham rekreatsiya – sog’lomlashtirish markazi sifatida rivojlanib kelmoqda, Boysun shahriga rasman shahar maqomi 1975- yilda berilgan.
Shаrg’un shahri Sharg’un daryosi yaqinida joylashgan bo’lib, 1941-yilda ko’mir koni topilgan, uning asosida 1963 yil ko’mir briket fabrikasi barpo etilgan. Bu yerda ko’mirning topilishi va o’zlashtirilishi ta'sirida aholi manzilgohlari paydo bo’la boshlagan. Dastlab Tohchiyon, so’ngra 1973 yildan e’tiboran Sharg’un shahri deb atala boshlandi. Qumqo’rg’on, Sherobod qo’riq yerlarni o’zlashtirish asosida bunѐd etilgan. Viloyаtda urbanizatsiya asosan kichik va o’rta shaharlar, qishloq tuman markazlari va agrosanoat korxonalariga ega bo’lgan shaharlar va agroshaharchalar hisobiga rivojlanib bormoqda.

Download 5,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish