O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Shaharlar Aholi soni 2017 y., ming kishi



Download 5,45 Mb.
bet17/27
Sana08.06.2023
Hajmi5,45 Mb.
#949977
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Bozorqulova DISSERTATSIYA m

Shaharlar

Aholi soni 2017 y., ming kishi

Tashkil topgan (shahar, shaharcha maqomini olgan) yili

Shakllanishiga ta`sir etgan omillar

1.


Termiz

135.7

1929- yil

Iqtisodiy geografik o‘rni,transport omillari

2.


Denov

78,3

1956- yil

Tabiiy sharoit, iqlim, iqrisodiy geografik o‘rin omillari




Boysun

27,6

1975- yil

Tabiiy sharoit, tabiiy resurslar omillari

4.

Jarqo‘rg‘on

22,7

1973- yil

Resurs omili, transport omili

5.

Sharg‘un

11,4

1973- yil

Resurs omili

6.

Sherobod

29,1

1973- yil

Suv, transport omili, resurs omili

7.

Sho‘rchi

25,0

1976- yil

Suv, iqtisodiy geografik o‘rin, transport omili

8.

Qumqo‘rg‘on

14,9

1971- yil

Suv, tabiiy
Sharoit

Surxondaryo viloyati shahar va shaharchalari kelib chiqishi
to’g’risida ma’lumot
Bu hudud 1952 yildan 1972 yilgacha Toqchiyon nomi bilan atalgan. 1973 yil 20 martda davlat tomonidan chiqarilgan farmonga binoan Toqchiyon shahri tuman ahamiyatiga ega bo’lgan Sharg’un shahriga aylantirilgan. Viloyatning ikkinchi resurs shahri Jarqo’rg’on shahri hioblanadi. Tumandan topilgan neft qazilma boyliklari uning resurs shaharga aylanishiga sabab bo’ldi. 1928 yilda qurilgan Qarshi- Termiz temir yo’lining qurilishi hamda, 30-yillarda ochilgan neft qazilma boyliklari shaharning shakllanishi va iqtisodiy rivojlanishida katta rol o’ynagan. Natijada Jarqo’rg’on mamlakatimizda neft qazib olishning muhim markazlaridan biriga aylandi. Shu nomli tumanning ma’muriy markazi bo’lgan Jarqo’rg’on 1951 yildan boshlab shahar posyolkasiga aylangan. Uning kelajakdagi istiqbolini nazarda tutgan holda 1973 yil 20 mart oyidan davlat tomonidan farmon chiqarilib, Jarqo’rg’on tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan shahar unvoni berildi.
2.2. Surxondaryo viloyati shaharlarining shakllanish tarixi
Qulay iqlim sharoit va mutlaqo unumdor yerlar uning bu viloyatda qadimgi odamlar tomonidan juda erta o’zlashtirishi, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning intensiv ravishda rivojlanishi, shahar va qishloqlarning yuzaga kelishi va yuksalishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Viloyatdagi qadimgi odamlarning dastlabki manzilgohlari turli yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o’simliklar bilan qoplangan tog’ o’rmonlarida, Boysun tog’laridan oqib tushuvchi daryo etaklarining bo’ylarida paydo bo’ldi. Ularning ichida eng qadimiylari sifatida o’rta va yuqori paleolit davriga mansub (100-12 ming yil av.) Teshiktosh va Machay g’orlari e`tirof etiladi. Teshiktosh g’oridan neandertal bolaning suyaklari topilgan bo’lib, ushbu kashfiyot O’rta Osiyo hududi hozirgi odamlarning shakllanish mintaqalaridan biri bo’lgan degan ilmiy xulosaga olib keldi. Ko’hitang tog’larida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari esa mezolit yoki neolit (12-5 ming yil av.) davriga borib taqaladi. Zarautsoydagi uncha katta bo’lmagan g’or shiftlari va devorlarida 200 dan ortiq rasmlar aniqlangan bo’lib, ular oxra bo’yog’i yordamida g’or devorlarida katta mahorat bilan tasvirlangan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi ho’kizlarni sehr-jodu yo’li bilan ovlash manzarasini aks ettiradi. Milodga qadar II-ming yillikning I-yarmida O’zbekiston janubida Shimoliy Afg’onistondan o’troqlashgan qabilalar dehqonchilik an’analarini o’zida ifoda etgan Sharq madaniyatini olib kiradi. Ular Ko’hitang va Boysun tog’ oldi hududlarini o’zlashtirib, Sopollitepa, Jarqo’ton, Mullalitepa singari muhim aholi manzilgohlariga asos soladilar. Ushbu davrga xos xususiyat sifatida oddiy xom g’isht qo’llanilgan va monumental arxitektura(ibodatxona, saroy) murakkab inshootlar va istehkomlarni qurish, primitiv usuldagi sun’iy sug’orish, uy hayvonlarini saqlash, hunarmandchilikning rivojlanishi (metall va sopol buyumlaridan foydalanish) hamda san’atning paydo bo’lishi singari taraqqiyot bosqichlarini ko’rsatish mumkin.
O’rta Osiyoda milodga qadar I-ming yillikning birinchi yarmi ilk temir asri va davlat shaklidagi yirik birlashmalarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ushbu jarayon Shimoliy Baqtriya hududida joylashgan Surxondaryo viloyatiga ham to’la taalluqlidir. Milodga qadar 539-330 yillarda O’rta Osiyo, shu jumladan Baqtriya (Bunga Surxondaryo hududi ham kirgan.) satraplik huquqi bilan Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. Keyinchalik u (Mil.av. 329-327y.) Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olinadi. Milodga qadar 306-yilda uning tuzgan davlati parchalanib ketgach, Aleksandr Selevka davlati tarkibiga kiradi.
Milodga qadar III-asr o’rtalarida baqtriyadagi Salavkiylar satrapi Diadot fanda Yunon-Baqtriya deb nom olgan mustaqil davlat tuzadi va o’zini podsho deb e’lon qiladi. Uning davlati miloddan avvalgi II asrning o’rtalariga qadar yashab turdi. Ushbu davrda O’rta Osiyoning moddiy va ma’naviy hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan ellinizm siyosati keng yoyiladi.
Milodga qadar II-asr o’rtalarida saklar zarbasi ostida Yunon-Baqtriya podsholigi qulaydi, keyinchalik esa yuechji-toxarlar bosqini tufayli butunlay parchalanib ketadi. Yuechji-toxarlarning Kushonlar qabilasidan bo’lmish Kudzula Kadfiz milodiy I asrning birinchi yarmida buyuk Kushonlar imperiyasini tuzadi.
Shimoliy Baqtriya (Surxondaryo) ham kushonlar imperiyasi tarkibiga kiritilib, shimoliy-g’arbiy chegarasidan kirib keladigan tog’ yo’lida ko’chmanchilar hujumidan saqlanish uchun Temir darvoza va qudratli mudofaa istehkomlari quriladi (Temir darvoza hozirgi Boysun tumanida joylashgan) Kushon podsholigi hukmronligi davrida Surxondaryo tarixi hayotining barcha sohalarida taraqqiyotning yuksalganligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, Sharq va g’arb xalqlari o’rtasida ma’naviy va madaniy qadriyatlarning o’zaro almashinuvida muhim rol o’ynagan. Buyuk Ipak yo’lining ikki asosiy yo’nalishi kushonlar davlati hududidan o’tgan.
Surxondaryo viloyati hududidagi Kushonlar davriga oid arxeologik yodgorliklar nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Dalvarzintepa va Xolchayonda o’tkazilgan qazilmalar kushonlar shahri yuksak madaniyat o’choqlari bo’lganligini ko’rsatadi. Bu davrda xunarmandchilik va qishloq xo’jaligining intensiv ravishda rivojlanishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi arxitektura, monumental haykaltaroshlik va rassomchilik, koroplastika va gliptika san’atining yuksalishi kuzatiladi. Kushon shaharlari shuningdek, yirik targ’ibot markazlari ham bo’lgan. Ayritom, Dalvarzintepa va Ko’hna Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari va stupalar, Baqtriya-Toxariston madaniyati ellinistik va hind buddaviylik madaniyatining kuchli ta’siri ostida mahalliy baqtriyaga xos tarzda shakllanadi.
2.2-jadval

Download 5,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish