Olimjonov Xushnudbek Maxamadsalim o’g’li
- O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik
instituti
75
Maxsus adabiyotlarda mudofaa va xavfsizlik tushunchalari turlicha talqin qilingan.
“Xavfsizlik” kompleks tushuncha bo’lib, huquq-tartibotni himoya qilishni, terrorizmga
qarshi harakatlarni, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash tadbirlarini, iqtisodiy
tadbirlarni, shuningdek mudofaa sohasidagi harbiy vazifalarni o’z ichiga oladi.
Xavfsizlik sohasidagi talablar xavfsizlikning mudofaa qismi talablariga nisbatan keng
ko’lamli ekanini isbotlab o’tirishga hojat bo’lmasa kerak.
Mudofaa va milliy xavfsizlikni tadqiq etishda “xavfsizlik” tushunchasini
ta’riflash g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Xavfsizlik doimo inson va jamiyatning
asosiy ehtiyoji bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
O’zbek tilining izohli lug’atida “xavf” so’zi biror ko’ngilsiz hodisa yoki falokat
yuz berishi ehtimolligi deb qaralgan. Xavfsizlik esa xavf-xatarning yo’qligi, xavf
bo’lmagan xolat deb izohlangan. Ushbu muammoga yunon faylasufi Aflotun
xavfsizlik holatiga zararni “bartaraf etish” mos keladi, deb tushungan. “Bartaraf
etish” tushunchasida xavfsizlik sub’ektining muayyan faoliyati mujassam, shu bilan
birga bu faoliyatning nechog’lik samarali bo’lishi mo’ljallanadi. Amir Temur “Temur
tuzuklari”da hokimiyat va davlatning ijtimoiy faoliyatida ra’iyatning xavfsizligini
ta’minlash bosh vazifa ekanligini ta’kidlagan [3].
Hozirgi
kunda
esa,
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
tomonidan
2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni [4] da
mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishi sifatida xavfsizlikni ta’minlash,
chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish belgilab
berildi.
Shuningdek, mudofaa va xavfsizlik sohadagi islohotlarimizning mazmuni
yangidan qabul qilingan Mudofaa doktrinasida [5]
keng yoritilgan bo’lib, mudofaa va
xavfsizlik
tushunchalarga
ta’rif
ham
berilgan.
Xususan,
O’zbekiston
Respublikasining suverenitetini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayoti va
xavfsizligi himoya qilinishini ta’minlovchi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-
huquqiy, axborotga oid, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlar tizimi – mamlakat
76
mudofaasi deb, milliy manfaatlarning harbiy sohada davlat xavfsizligiga bo’lgan
tahdidlardan himoyalanganlik holati – harbiy xavfsizlik deb, ta’riflangan.
Doktrinada O’zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik tamoyilini, yaqin qo’shnilar
bilan do’stona va amaliy munosabatlarni rivojlantirishni ifoda etadi. Unda davlatimiz
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat mudofaa va xavfsizligini
ta’minlash ustuvor vazifa sifatida aniq belgilab qo’yilgan.
Xavfsizlik tushunchasiga yuqorida keltirib o’tilgan mudofaa va xavfsizlikni
ta’minlashning huquqiy asoslarida va boshqa manbalarda keng ta’riflar berilgan.
Xavfsizlik tushunchasi shaxs, ijtimoiy guruhlar, davlat, jamiyat, tamaddun
hayotiy borlig’i, shon-sharafi, qadr-qimmati, qadriyati mezonini belgilovchi falsafiy
kategoriya sifatida qaraydigan olimlar ham bor. Shu jihatdan xavfsizlik inson
huquqlariga nisbatan birlamchi hisoblanadi. Nazariy jihatdan olib qaraydigan bo’lsak,
xavfsizlik deganda insonga yoki boshqa mavjudodlarga, inson yoki mavjudod
tomonidan tahdid mavjud emasligi tushuniladi. Xavfsizlikning mohiyati, sirasini
aytganda, xavf-xatarning yo’qligidadir. Shuning uchun “xavfsizlik” tushunchasi
jamiyatning hayotiy faoliyati va davlatning yashashi uchun, avvalo, uning
fundamental, asosiy boyliklari va manfaatlari uchun biron tahdidning yo’qligi bilan
belgilanadi.
Yuqorida keltirilgan “mudofaa” va “xavfsizlik” tushunchalarini qonunlarimizda
hamda izohli lug’atlardan keng ko’lamdagi ta’riflari va tushunchalarini keltirib
o’tishga xarakat qildikki, bu o’rganilayotgan ob’ektning eng muhim belgilarini
aniqlash va qiyoslash imkonini beradi.
Katta Oksford lug’atida “xavfsizlik” o’zida: birinchidan, qo’rquv, vahima va
notinchlikdan himoyalanish, holi bo’lish; ikkinchidan, mahkamlik, ishonch, kafolat;
uchinchidan, ishonchlilik, barqarorlik, mustahkamlik [6] kabi tushunchalarni o’zida
mujassam etgan.
Shunday ekan, har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayyan
mohiyatga ega. Bugungi kunda har bir mintaqaning o’z xususiyatlari, o’z tahdid
manbalari va xavfsizligini saqlash omillari mavjud. Yuqoridagi fikrlardan kelib
77
chiqib, xavfsizlikni ta’minlash – bu ehtimoliy beqaror, nomuntazam namoyon
bo’luvchi zararli omillardan himoyalanishdir, deb ta’riflash ham ma’qul bo’ladi.
Xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat hayotining himoyalanganlik darajasidir.
Xavfsizlik – turli tarzdagi ehtimoliy (shu jumladan fitna tarzidagi) tahdidlarni bartaraf
etish, ularga qarshilik ko’rsatish, muayyan sharoitlarda ehtimoliy tahdidlarni keskin
kamaytirish bilan bog’liq tegishli chora va harakatlar majmuasidir. Xavfsizlikni, avvalo,
noqulay ichki va tashqi sharoitlarga qaramay, o’z yaxlitligini, o’z-o’zini rivojlantirish
qobiliyatini saqlab qoluvchi ijtimoiy organizmning barqarorligi deb tushunmoq kerak.
Davlat xavfsizligini ijtimoiy munosabatlarning umumiy holati sifatida tushunish
nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham bizni ana shu munosabatlarning butun
tizimida mamlakat xavfsizligining turlari sifatida namoyon bo’luvchi siyosiy,
iqtisodiy, harbiy, ilmiy-texnikaviy, sotsial, ekologik va boshqa xavfsizlik
muammolarini ajratishga olib keladi. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy, sotsial, ma’naviy
singari bir qator tizimlardan tarkib topgan yaxlit ijtimoiy organizmdan iborat bo’lib,
mazkur tizimlarning har birida asosiy boyliklar (moddiy va ma’naviy) tevaragida
ziddiyatlar tug’iladi va rivojlanadi. Ayni ziddiyatlar, aniqroq qilib aytganda, ulardan
ayrimlari kuchayib ketgan hollarda nafaqat ana shu munosabatlar doirasi, balki butun
davlat xavfsizligi uchun, jamiyatning jamiki hayotiy manfaatlari uchun xavf-xatar
paydo bo’lishiga olib keladi. Qarama-qarshiliklarning vujudga kelishi va
rivojlanishini kuzatish, ana shu jarayonlarni samarali boshqarish va ularga ta’sir
ko’rsatishning ob’ektiv imkoniyatiga ega bo’lish uchun jamiyat, davlat barcha
munosabatlar majmuini o’z mohiyat tavsifiga, o’z rivojlanish qonuniga ega bo’lgan
tizimli hamda muammoviy tahlilga beriluvchan bir tipli tasniflashga majbur bo’ladi.
Bundan xavfsizlik sohasidagi munosabatlarning jamiki majmuasini tasniflashning
keskin zarurati vujudga keladi.
Hozirgi vaqtda ham tajovuz, ham xavf-xatar manbalari jihatdan xavfsizlik
haqidagi tasavvurlar ancha kengaydi, lekin “xavfsizlik” tushunchasini ta’riflashda
printsipial masalalarda, avvalgidek, yo biron-bir tizimning tajovuzga qarshi turish
qobiliyati (ba’zan xususiyati, sifati) haqida yoki ob’ektning xavf-xatardan
78
himoyalanganlik yoki vayron qiluvchi ta’sir ko’rsatish ehtimoli yo’qligi bilan
xarakterlanuvchi holati to’g’risida gap boradi.
Ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda, “xavfsizlik”
atamasi ko’p ma’noli, hozirga qadar bu tushunchaning aniq va qat’iy ta’rifi mavjud
emas. Ba’zi hollarda xavfsizlik maqsad sifatida, boshqa hollarda – kontseptsiya,
uchinchi holatda ilmiy dastur yoki ilmiy fan sohasi sifatida qaraladi, o’rganiladi.
Xavfsizlik tushunchasining kengligi “shaxsiy xavfsizlik”, “xalqaro xavfsizlik” va
“global xavfsizlik” tushunchalari bilan ham bog’liq. Ushbu tushunchalar xavfsizlik
mohiyatini ochib berishga qaratilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash
maqsadida, sohadagi islohotlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Xavfsizlik – insonning o’zidagi mavjud bilimlari, mahorati, malakasi tufayli
unga o’zgalar va o’zi tomonidan zarar yetkazilmasligini ta’minlovchi holatidir.
Xavfsizlik – inson hayotining muhim maqsadi. Inson faoliyatining xavfsizligi – bu
har jihatdan qulay bo’lgan hayot kechirishni ta’minlovchi imkoniyat. Xavfsizlik hissi
– har qanday organizmning, xoh u shaxs, xoh xalq bo’lsin, yashovchanlikning muhim
elementi va ijodiy sharoitidir. Xavfsizlik tushunchasi hozirgi davrda, davlat tizimining
ishlash holatida mamlakatda ro’y beradigan xatarlar oqibatini bartaraf etish sharoitlari
tahlilidan kelib chiqadi. Xavfsizlik tushunchasining eng muhim tarkibiy qismi mamlakat
hududida yashayotgan aholining birdamligi haqidagi tasavvur bilan bog’liq. Endi
urushning yangi realligi axborot urushi bo’lib, bunda hatti-harakatlar istagi haqida
tasavvurlar o’sib kelayotgan yosh avlodning ongiga ta’sir etish oqibatlari bilan eng
samarali va dahshatli bo’lganligidan, bu masala ham albatta e’tiborga olinishi kerak.
Axborot urushi – bu chegaralari belgilanmagan, axborot tizimlarining urushayotgan
tomonlarning qaysi biriga taalluqliligini aniqlash imkoni bo’lmaydigan ommaviy
axborot vositalari orqali strategik axborotni dushman tomonga yo’naltirayoganda, o’z
mamlakati aholisining ham ongini zaharlab qo’yishi mumkin bo’lgan sharoitdagi
urushdir. Hozirgi axborot urushi ko’proq dushman tomonning ongini zaharlash va
buzish hamda o’z xalqining ongini jipslashtirishga qaratilgan urush bo’lib bormoqda.
79
Shuning uchun ham hozirda milliy xavfsizlikka ko’proq e’tibor qaratilib, u
davlatning mudofaa qobiliyatini ham namoyon etadi. Bunda milliy xavfsizlikning
sub’ektlari - shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi holatini anglatuvchi ibora sifatida
tushunish tavsiya etiladi. Milliy xavfsizlik esa siyosiy kategoriya sifatida milliy
manfaatlarni ta’minlashning usullari, vositalari va shakllarini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |