81
-
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy
yaxlitligini muhofaza qilish;
-
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o’z
vaqtida va munosib
harakatlarni tashkil etish;
-
fuqarolar,
millatlar
va
konfessiyalararo
tinchlik
hamda
totuvlikni
mustahkamlash;
-
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston Qurolli
Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish
[4. 39];
Mamlakatimiz xavfsizligining ishonchli tayanchi bo’lgan milliy armiyamizda
olib borilayotgan islohotlarimizning samarasini oshirishda yangidan qabul qilingan
Mudofaa doktrinasi muhim rol o’ynaydi. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev
tomonidan 2018 yil 9 yanvarda imzolangan Qonun bilan O’zbekiston
Respublikasining yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasi tasdiqlandi. Ushbu doktrina
O’zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik tamoyilini, yaqin qo’shnilar bilan do’stona
va amaliy munosabatlarni rivojlantirishni ifoda etadi. Unda davlatimiz mustaqilligi va
suverenitetini mustahkam himoya qilish ustuvor vazifa sifatida aniq belgilab
qo’yilgan.
Mamlakatimiz geostrategik joylashuvining o’ziga xosligi,
shuningdek,
mintaqada vujudga kelayotgan harbiy-siyosiy holatni hisobga olgan holda, Qurolli
Kuchlar birlashmalarining vazifa va tuzilmalari qayta ko’rib chiqildi. Milliy gvardiya
barpo etildi, armiyani yangi qurol-aslaha va zamonaviy harbiy texnika bilan
ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mudofaa sanoati
bo’yicha davlat qo’mitasi tuzildi. Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida olib
borilayotgan tizimli o’zgarishlar asosida Qurolli Kuchlar
akademiyasining faoliyati
tubdan qayta tashkil etildi. Harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va faxriylarni
ijtimoiy himoya qilish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda
gapirganda, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun zamonaviy ko’p qavatli
uylar barpo etilganini va harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim
82
muassasalariga o’qishga qabul qilinishida imtiyozlar berilgani, bu ishlarni kelgusida
ham davom ettirilishini ta’kidlash joiz bo’ladi.
Harakatlar strategiyasida yana bir yangilik sifatida
davlatimizning mudofaa
qobiliyatini yanada mustahkamlash, armiyamizning jangovar qudrati va salohiyatini
oshirish ham eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Qurolli Kuchlarni zamonaviy
qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta’minlash uchun Mudofaa-sanoat
kompleksini shakllantirish va rivojlantirish davlat dasturini qabul qilishi
zarurligi
belgilab qo’yildi. Zero, Konstitutsiyaning 126-moddasida ham “O’zbekiston
Respublikasi o’z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli
darajada Qurolli Kuchlarga
ega” ekanligi ta’kidlagan [1, 34].
Xavfsizlik ichki va tashqi omillarga bog’liq. Shuning uchun O’zbekiston tashqi
siyosatining asosiy tamoyili har qanday mojaroni tinch, siyosiy muzakoralar yo’li
bilan hal qilishni nazarda tutadi, kuch ishlatish, kuch bilan tahdid qilish kabi usullarni
qat’i rad etadi. Milliy xavfsizlik ko’p jihatdan mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga
bog’liq.
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlatimiz tomonidan yoshlarning ta’lim-
tarbiyasiga muntazaam tarzda jiddiy e’tibor qaratilayotgani xususida gapirib, «Biz
yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi
ishlarimizni yangi bosqichga ko’tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati
to’g’risida”gi Qonunni yangi tahrirda qabul qildik», - deb ta’kidladi [3].
Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda
Qurolli Kuchlar sohasida
amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini targ’ib qilish va jamiyatda
harbiy sohaga hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida oliy o’quv
yurtlarida o’tkazilayotgan "Axborot va murabbiylik soati" mashg’ulotlarida yoshlar
ongiga vatanparvarlik, mardlik, yurtga fidoyilik tuyg’ularini singdirishga doimiy
ravishda e’tibor qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: