Usenov E.K. -
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti
72
O’zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining intizomini yanada
mustahkamlash masalasining ilmiy-nazariy tahlilini amalga oshirish;
- xorijiy mamlakatlar qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari
harbiy xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlikda, xususan, intizomni mustahkamlashda
jismoniy tayyorgarlikdan foydalanish tajribasini tadqiq etish;
- tajribalar o’tkazgan holda, O’zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari
intizomini yanada mustahkamlashda jismoniy tayyorgarlik va sportdan foydalanish
metodikasi va mazmunining samaradorligini oshirish yo’llarini tadqiq etish.
Jismoniy
tayyorgarlik
harbiy
xizmatchilarning
nafaqat
intizomini
mustahkamlashda, balki ularning professional tayyorgarlik darajasini oshirish,
qo’yilayotgan vazifalarni sifatli va benuqson bajarish, ularning salomatligini yanada
mustahkamlash, turli shart-sharoitlarga, xususan, qiyin vaziyatlarga oldindan ham
jismonan, ham ruhan tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, Milliy
gvardiya harbiy xizmatchilari namunali harbiy xizmatchi maqomiga munosib bo’lishi
lozimligini hisobga olsak, ular ham jismonan yetuklik, ham tartiblilik, ham namunali
tana tuzilishi, qolaversa, epchillik va kuch jihatdan boshqalarga o’rnak bo’lishi talab
etiladi.
Jismoniy tayyorgarlikning harbiy xizmatchilar intizomini mustahkamlashdagi
roli, asosan, jismoniy mashqlar orqali ular organizmini yanada chiniqtirish, tartiblilik
ko’nikmasini shakllantirish va kuchaytirish, o’z jismoniy ko’rsatkichlarini oshirish,
shaxsiy jismoniy yutuqlarga erishish orqali o’ziga ishonchning ortishi va yirik
yutuqlarga erishish orqali ulardan faxrlanish kabi psixologik omillarga to’g’ridan-
to’g’ri bog’liq.
Yuqori jismoniy ko’rsatkichlarga erishish, sportning bir yoki bir necha turi
bo’yicha yutuqlarga erishish (xususan, musobaqada g’olib chiqish yoki sovrinli o’rin
egallash, kuchli sportchilar ko’rsatkichlari yoki rekordlarini yangilash, Sharq yakka
kurash turlarida “belbog’”larni qo’lga kiritish, sport sohasida tanilish, professional
sportchiga aylanish) kabi natijalar harbiy xizmatchi shaxsiyatining shakllanishi va
rivojlanishida katta ijobiy bosqichlar hisoblanadi. Masalaning ikkinchi tarafi ham
bor: harbiy xizmatchi o’zi erishgan yuqori jismoniy ko’rsatkichlarni yo’qotmasligi bu
73
navbatdagi bosqich sifatida qaralsa, erishilgan yuqori jismoniy ko’rsatkichlarini
yanada rivojlantirish avvalgi bosqichlarga qaraganda kuchliroq iroda, sabr, matonat
va albatta, vaqt talab qiladi.
Aksar hollarda professional sportda yirik natijalarga, katta ko’rsatkichlarga va
yutuqlarga erishgan sportchilar o’z erishgan yuqori jismoniy ko’rsatkichlarini saqlab
qolish va o’z natijalarini yanada yaxshilashda xatoliklarga yo’l qo’yadilar yoki bir
necha psixologik, ichki va tashqi omillar ta’sirida bu bosqichlarga o’ta olmaydilar.
Demak, yuqori jismoniy tayyorgarlikka erishish, jismoniy ko’rsatkichlarini
saqlab qolish va rivojlantirish shaxsdan uzviylik, o’z hayot va faoliyatidagi
muvozanat, uyg’unlik va vaqt talab qilar ekan, harbiy xizmatchilarning intizomini
mustahkamlashda ushbu bosqichlarning barchasini bexato bosib o’tishlarida boshliq
va komandirlar, ustoz-murabbiylar, pedagog-tarbiyachilarning bevosita va bilvosita
ta’siri katta rol o’ynaydi. Bu borada bir jihatdan, harbiy xizmatchilarning
majburiyatlari, xususan, jangovar tayyorgarlikning turli shakllari, ma’naviy-ma’rifiy
va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini to’g’ri tashkil etish, ikkinchi jihatdan esa, jismoniy
tayyorgarlik mashg’ulotlarini tashkillashtirish va o’tkazishda sinchkovlik bilan
psixologik hamda pedagogik omillarni hisobga olgan holda, har bir harbiy
xizmatchiga individual, ya’ni xususiy yondashuv hamda bo’linma (guruh) shaxsiy
tarkibiga jamoa sifatida umumiy yondashuv mashg’ulotni tashkillashtirib
o’tkazayotgan komandir, murabbiy yoki boshqa mas’ul shaxsdan yuqori pedagogik
va psixologik bilimlarni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda, kompleks mashqlarning ahamiyati, jismoniy mashqlarni
bajarishda harbiy xizmatchilarga individual yondashish yo’llari, individual
mashqlarning shaxsiy intizomni mustahkamlashdagi roli, chiniqtiruvchi mashqlar
orqali harbiy xizmatchilar irodasini shakllantirish, jismoniy va maxsus mashqlar
orqali harbiy xizmatchilarni aniqlikka o’rgatish, usul va harakatlarga o’rgatishda
mashq bajartiruvchi, ya’ni komandir, sport murabbiyi, instruktor, bo’linma kattasi,
jismoniy tayyorgarlik bo’yicha pedagog yoki boshqa mas’ul shaxsning roli, harbiy
xizmatchilarni kasbga yo’naltiruvchi jismoniy mashqlarni bajarishdagi natijalarini
74
oshirib borish yo’llarini belgilash O’zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy
xizmatchilarining intizomini yanada mustahkamlashga katta hissa qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |