O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Qo’ldashev Sherali Temiralievich
 - tarix fanlari nomzodi, dotsent - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 


93 
harbiy sohadagi islohotlar o’tkazishga qaratilgan harakatlari barcha tomonidan 
qo’llab - quvatlanmaydi. Shu bilan birga, Aliquli amirlashkar 1865 yilda Rossiya 
imperiyasi qo’shinlariga qarshi kurashda halok bo’lgan. Uning yurt uchun qilgan 
mardonavor kurashi yosh avlod uchun tarix sahifalarida doimo yodga olinishi lozim.
XIX asrga oid tarixiy manba «Xullasi at-tavorix»da o’zaro ichki nizolar va taxt 
uchun kurashda Qo’qon xonligining tajribali askarlari bilan bir qatorda ko’plab 
sarkardalar “Azimboy qushbegi”, “Tangriqul shig’ovul”, “Muhammad Karim 
Yasovul”, “Yor Nazar dodho” va boshqalar halok bo’lganligi ko’rsatilgan [4; 50-b.]. 
Natijada Qo’qon xonligining harbiy mudofaa qobiliyati yanada kuchsizlanib qoldi.
Yurtimiz va millatimiz tarixida yuksak harbiy mahorat hamda jasoratda tengsiz 
bo’lgan sarkardalar ko’plab topiladi. Turkiston xalqlari tarixida o’chmas iz qoldirgan 
ana shunday siymolardan biri Muhammad Yoqubbek Badavlatdir (1820–1877). 
Muhammad Yoqubbek XIX asrning ikkinchi yarmida Qo’qon xonligi va 
Sharqiy Turkiston hududida katta harbiy tashkilotchilik ishlarini olib borgan atoqli 
sarkarda va davlat arbobi sifatida mashhur bґlgan. U manbalarda turlicha, jumladan, 
«Muhammad Yoqubbek», «Yoqubbek Badavlat», «Otaliq G’oziy», «Qushbegi» kabi 
nomlar bilan qayd etilgan.
Muhammad Yoqubbek 1820 yilda Toshkent viloyatining Pskent tumanida 
Mullo Latif (ba’zi manbalarda Ismatullo) oilasida tug’iladi. O’smirlik yillari 
Yoqubbek o’zining tengqurlari orasida jismonan baquvvat, dovyurak va aqlliligi 
bilan ajralib, harbiy ishda uning alohida salohiyati ko’zga tashlanib turgan. 1845 yili 
Yoqubbek poytaxtga, ya’ni Xudoyorxon saroyiga xizmatga o’tadi. Harbiy mahorati 
va jasurligi uchun xonning xos soqchisi etib tayinlangan. Qisqa vaqt ichida 
Muhammad Yoqubbek ellikboshi, yuzboshi, ponsatboshi kabi lavozimlarga 
ko’tarilgan. 1847 yili Yoqubbek Ziyalik ismli qipchoq qiziga uylanib, mazkur 
xotinidan uch nafar o’g’il farzand (Xudoyqulibek, Bekqulibek va Haqqulibek) 
ko’radi. Qipchoq qiziga uylanishi Yoqubbek mavqeining oshishida muhim 
ahamiyatga ega bo’ldi. Keyingi bir necha yil ichida u Chinoz, Avliyo-ota (hozirgi 
Jambul), Oqmasjid kabi qal’alarga hokim qilib tayinlangan. Ma’lumki, Chor 
Rossiyasi 1852 yildan Qo’qon xonligi hududlariga harbiy yurish boshlagan. Bu 


94 
yurishlarda dastlabki nishon Qo’qon xonligining shimoli-g’arbiy chegarasida 
joylashgan Oqmasjid qal’asi bo’lgan. Bu paytda Oqmasjid qal’asi begi Muhammad 
Yoqubbek edi. Fidoyi sarkarda Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Oqmasjidga va 
keyingi yillardagi Qo’qon xonligiga bostirib kirishini oldindan bilgan. 1847-1848 
yillar Xiva xonligiga qarashli Jonxo’ja va Xo’ja Niyoz qal’asi rus askarlari 
tomonidan zabt etilgach, Muhammad Yoqubbek Xudoyorxondan Oqmasjid 
mudofaasini mustahkamlash uchun madad so’raydi. Ammo zarur yordam ololmagan. 
Oqibatda, 1850 yili Qo’qon xonligiga qarashli Qo’shqo’rg’on, Kumushqo’rg’on va 
Chimqo’rg’on 
rus 
askarlari 
tomonidan 
bosib 
olinadi. 
Muhammad Yoqubbek yuqorida aytilgan qal’alardan 1700 nafar askar to’plab, 
jangga kirdi. 1851 yili Sibir kazaklaridan tarkib topgan, zamonaviy qurollangan 
askarlar To’ychibek qal’asini vayron qilib, mayor Engman boshchiligida Oqchabuloq 
yaqinidagi Muhammad Yoqubbek lashkarlari bilan to’qnashadi. Bu jang haqida 
tarixchi olim H.Ziyoev shunday yozadi: «Dastlab, qo’qonliklar hamjihatlik bilan rus 
askarlarini ancha siqib qo’ydilar. Ammo qattiq o’q yomg’iri ostida ularning piyoda 
askarlari tarqalishga majbur bo’ldi. Faqat qo’qonliklarning otliqlarigina ruslarga 
qarshi hujumni davom ettirib, nayzabozlik qildilar. O’zaro otishmalar to qorong’i 
tushguncha davom etdi” [2; 34-b]. 
Rossiya imperiyasi qo’shinining general-ad’yutanti A.Perovskiy Oqmasjid 
qal’asi haqida shunday deb qayd etgan: “Bu qal’a Qo’qon xonligida Sirdaryoning 
quyi oqimidagi eng muhim qal’alardan hisoblanib, bir necha hujumlarni mardonavor 
qaytargan va yengilmasligi bilan shuhrat qozongandir” [2, 35-b]. 
Birinchi marta rus qo’shinlariga qarshi mardonavor jang qilgan Muhammad 
Yoqubbek o’zini yo’qotib qo’ymadi. Orqaga chekinib, Oqmasjid qal’asini harbiy 
istehkomga aylantirdi. Rossiya imperiyasi qo’shinlari 1852 yilda polkovnik 
Blaramberg va graf Perovskiy boshchiligida Oqmasjidga hujum uyushtirdilar. Lekin 
bosqinchilar Oqmasjid qal’asini bir oy qamal qilib, oxiri mag’lub bo’lgan. 
Mudofaachilar 
dushman 
hujumlarini 
mardonavor 
qaytarib, 
bosqinchilarni 
chekinishga majbur etishgan. Shunga qaramay, Qo’qon qo’shini ruslarning dastlabki 
hujumlari, jumladan, Oqmasjid qal’asiga qilgan hamlasini mardonavor qarshi olgan. 


95 
Bu haqda general A.Perovskiy: “...himoyachilar (Oqmasjid himoyachilari) jiddiy 
qarshilik ko’rsatdilar, bu esa hurmatga sazovordir”, - deb yozgan edi [6; 307-b]. 
Xullas, Qo’qon xonligi davlat tizimida harbiy sarkardalarning o’rni katta 
bo’lgan. Ularga harbiy imtiyozlardan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida ham 
ko’pgina imkoniyatlar berilgan. Ularning Vatan mudofaasi, tinchligi va xavfsizligi 
borasida olib borgan har bir qilgan ishlarini doimo xotirlanishi lozim.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish