Afrosiyob



Download 357,03 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi357,03 Kb.
#297951
Bog'liq
afrosiyob mavzusida slayd

AFROSiYOB

Afrosiyob haqida…

  • Afrosiyob — Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av. 4-asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanve ning yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve 9-asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi.

Qadimgi tarix devoriy rasmlarda

  •  

TARIXI

 

  • 11 — 15-asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15 — asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi.
  •  
  • Afrosiyob hozirgi Samarqandning shim. chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Tepalikning shim. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Jan. tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan.
  •  
  • Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.

Afrosiyob ko’rinishi

  • Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8—5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. av. 329 yilda shahar Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. av. 3 — 1-asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. av. 3-asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin ma-daniy qatlami Afrosiyobning shim.da, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shaxri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi.

Ko’hna Samarqand

Samarqand fojeasi

  •  
  • 10-asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida xam Samarqanda savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaxarning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 357,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish