100
- yoshlar va fuqarolarni ma
ʼ
naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash,
ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga
mas
`
uliyatli munosabat, harbiy xizmatga
hurmat tuyg
ʻ
ularini singdirish;
- sportning texnik va amaliy turlari rivojlantirilishi va ommalashtirilishini
ta
ʼ
minlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga ko
`
maklashish;
- bolalar, o
ʻ
smirlar va chaqiruvgacha bo
ʻ
lgan yoshlar o
ʻ
rtasida ommaviy sport
ishlarini tashkil etish va o
`
tkazish;
- yoshlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boshlang
ʻ
ich bilimlarga o
ʻ
qitishda
va ularni harbiy xizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga ko
`
maklashish
[2;3-b.].
Vatanimizning
salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari
nechog‘li ulkan ekanligi, yurtimizning qadimiy va boy tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz va
ular qoldirgan madaniy meros bashariyat madaniyati va rivojiga qo‘shgan ulkan
hissasi haqida yoshlarni ongiga singdirib borish zarur. “Biz
xalqimizning dunyoda
hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono
va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar
etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi,
hech shubhasiz, beqiyos
ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va
mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zbo‘larchilikka tashlab
qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan
ma’naviyatimizdan,
tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan
umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”. [1; 25-b.]
Ha, har bir inson qalbida tug‘ilgan joyiga nisbatan muhabbat bo‘lishi darkor.
“Bir faylasufdan so‘radilar: “Yashash qiyin bo‘lgan bu cho‘lu biyobonga qanday sabr
qilasizlar?”. U javob berdi: “Agar insonning tug‘ilgan joyiga muhabbati
bo‘lmaganida edi farovon shaharlarga odamlar sig‘mas edi”. [3; 56-b.]
Jonajon Vatanimizning shonli
tarixi sahifalarini varaqlasak, ajdodlarimizni
nechog‘lik vatanparvarliklariga guvoh bo‘lamiz. Ulug‘ tariqat peshvosi Najmiddin
Kubro yurtimiz tarixida buyuk vatanparvarlik namunasini ko‘rsatdi. Vatan muhabbati
ila bo‘lgan istaklaridan boshqa istaklarga quloq solmadi.
101
“Vatan uchun o‘lmoq ham sharaf”, “Vatani borning baxti bor” va “Vataning
tinch – sen tinch” singari
maqollar ham Vatanni sevish, uni e’zozlashga
qaratilganligini aytib o‘tish joiz. Rus yozuvchisi L.N.Tolstoy ta’kidlaganidek:
“Vatanparvarlik — yolgiz o‘z Vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda
katta his... Bu - Vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida
asqatish demakdir” [4; 89-b.].
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, biz bu ko’zlagan
maqsadimiz orqali
yoshlarni, umuman jamiyatdagi insonlarni Vatanga bo’lgan mehrini oshirishga yurti
uchun jonini fido qilisihga tayyor o’g’lonlar qilib yetishtirib chiqarishga oz bolsada
o’z hissamizni qoshgan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: