O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

yigitni topdim...” 
kabi [2, 74-75-b]. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, Vatanni 
muhofaza etish, uni asrab-avaylash yo‘lida amalga oshirilgan harbiy sohaga oid ishlar 


103 
o‘sha davrlarda ham xuddi bugungidek muhim hisoblangan. Bu qadimiy merosni 
o‘rganish, uning bugungi kun uchun foydali tomonlarini o‘zlashtirish bilan yoshlar 
qalbida vatanni sevish va uning muhofazasi uchun xizmat qilishga bo‘lgan prinsipial 
pozitsiya, siyosiy iroda va azm-u shijoatni uyg‘otish mumkin.
 
Hozirgi davrgacha bo‘lgan harbiy sohaga oid ma’lumotlarni o‘rganishda 
tarixiy asarlar yaqindan yordam beradi, shuningdek, davlat va uning xavfsizligi, 
vatanni himoya qilish g‘oyalari badiiy asarlarda ham batafsil yoritilgan. Chunonchi, 
XI asrda (taxminan 1069-1070-yillar) yaratilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u 
bilig” asarida mamlakatni idora etish tartibiga alohida diqqat qaratilib, lashkar va xos 
yigitlar (ya’ni soqchilar) qanday xislatlarga ega bo‘lishi lozimligi yuksak badiiy 
mahorat bilan she’riy tarzda qalamga olingan. Asarning “Qo‘shin boshlig‘iga kerak 
ko‘p qiliq” bo‘limida lashkarboshi uchun zarur bo‘lgan xislatlar sanab o‘tiladi. 
Adibning yozishicha, askarlarga bosh bo‘lgan kishi dovyurak, hushyor, jasoratli, 
qattiqqo‘l, talabchan va rostgo‘y bo‘lmog‘i shart. Shundagina uning qo‘l ostidagilar 
undan o‘rnak olishadi. Lekin u yuraksiz bo‘lsa, butun boshli qo‘shinga ta’sir 
o‘tkazadi. Qo‘shinning mustahkam bo‘lishi tinchlikka erishishga bo‘lgan ishonchning 
asosiy mezonidir. Yusuf Xos Hojib lashkarboshiga qo‘shinni boshqarish va uning 
mustahkam bo‘lmog‘i masalasida shunday maslahat beradi: 
“Ishonchli kishilarni 
lashkar saflarining oldi va orqasiga qo‘y”
[3, 61-b]. Yusuf Xos Hojib qudratli davlat 
asosini “
kuchli lashkar, kuchli lashkarni saqlash uchun ko‘p boylik, ko‘p boylikni 
to‘plash uchun badavlat xalq, boy-badavlat xalqqa ega bo‘lish uchun adolatli 
siyosat
”da deb biladi [4, 66-b]. Albatta, bu singari fikrlar o‘n asrdan buyon 
ahamiyatini yo‘qotmasdan yashab kelmoqda. Shu jumladan, javonmardlik g‘oyasini 
ilgari surgan, Pahlavon nomi bilan Eron-u Hindistongacha tanilgan Pahlavon 
Mahmud ruboiylarida ham zohirda mardlik va jasurlikni, botinda ma’rifatni kashf 
etish targ‘ib etilgan: 
“Qora tosh sira ham bo‘lmas lojuvard, 
Toza qalbga yuqmas aslo chang-u gard, 
Quloq solgin Puryoyvaliy so‘ziga, 
Qo‘rqoqlardan biron chiqqanmidi mard.”
[5, 126-b] 


104 
Bugungi zamonaviy ta’lim tizimida buyuk ajdodlarimizning mana shunday 
qimmatli mulohazalari aks etgan asarlarini o‘qitish orqali vatanni himoya qilish ulug‘ 
bir vazifa ekanligini, buning uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lish lozimligini yosh 
avlodning qalbi va shuuriga singdirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Chunki har bir 
inson xalq tinchligi yo‘lidagi xizmatni qalban his etsa, bu vazifani to‘laligicha ado 
etishga harakat qiladi. Mana shunday badiiy ta’sirchan asarlar orqaligina qalbga kirib 
borish mumkin. “Qutadg‘u bilig” dostonidan namunalarning umumta’lim maktablari 
8-sinfida o‘qitilishi, Pahlavon Mahmudning javonmardlik g‘oyalarini tarannum 
etuvchi ijodi bilan akademik litseylarning birinchi bosqichida tanishtirilishi 
yoshlardagi jasorat va mardlik tuyg‘ularini, Vatanni himoya qilish istagini 
shakllantirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biri ekanligi quvonarli hodisadir. 
Boshqaruv ishlarida har jihatdan oqilona siyosat olib borgan Sohibqiron Amir 
Temurning “Temur tuzuklari” asarida sipohlar, lashkarlarning faoliyatini tashkil 
etishga alohida e‘tibor qaratilgan. Buyuk bobomiz saltanatning intizomini 
ta’minlashda o‘n ikkita qonun-qoida belgilab qo‘yganini, bu qonunlarni bajarishda 
ham o‘n ikki toifaga suyanishini e‘tirof etadi. Ahamiyatga molik jihati shundaki
sipohsolorlar, lashkarlarni to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda eng ishonchli kishilar 
sifatida sanab o‘tadi: 
“To‘rtinchi toifa – amirlar, sarxanglar, sipohsolorlarga 
majlisimdan o‘rin berib, martabalarini yuqori ko‘tardim. Ular bilan suhbatlashib, 
maslahatlar oldim. Sipohgarlik ishlarida ularga tayanib, ulardan kengash tilar edim. 
Beshinchi toifa – sipoh va raiyat bo‘lib, har ikkisig‘a bir ko‘z bilan qaradim. 
Sipohiylardan chiqqan bahodirlar, dovyuraklarg‘a maxsus faxrli o‘tog‘a, kamar va 
tarkash raqdim etib, martabalarini ko‘tardim...”
[6, 65-b]. Temuriylar saltanatining 
asoschisi Amir Temurning askar va uning qo‘mondoniga bo‘lgan e’tibori, ishonchi 
hamda minnatdorlikni e’tirof etuvchi faxriy unvon va sovg‘alari haqidagi 
ma’lumotlarni o‘qir ekanmiz, hozirgi kunda ham mustaqil O‘zbekistonimizda jasorat 
ko‘rsatgan yoki yutuqlarga sazovor bo‘lgan harbiylar uchun “Mustaqillik”, “Amir 
Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Mardlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari 
uchun” kabi medallarni tashkil etish zaminida Amir Temur boshqaruviga 
tayanilganligi ko‘nglimizni yanada g‘ururga to‘ldiradi. Shuningdek, Prezidentimiz 


105 
Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi Farmoniga muvofiq harbiy ta’lim 
muassasalariga “Temurbeklar maktabi” nomining berilishi davlatimiz tomonidan 
harbiy sohaga nisbatan berilayotgan asosiy e’tiborlardan biri sanaladi. Darhaqiqat, 
yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, yurt himoyachilarining 
xizmatlarini munosib rag‘batlantirish yo‘lida bunday orden va medallarning ta’sis 
etilishi ularga nisbatan cheksiz hurmat va ehtirom namunasidir. 
Demak, 
tinchligimizning 
posboni 
hisoblangan 
yurt 
himoyachilarini 
tarbiyalashda, ularni vatan tayanchi qilib yetishtirishda tarixiy, badiiy merosdan 
foydalanish yo‘lidan borish davlatimiz siyosatining asosiy maqsadlaridan bo‘lib 
qolaveradi. Zero, Sharq allomalarining tarixiy merosi, ularning zamonaviy 
sivilizatsiya rivojidagi o‘rni, ya’ni barcha milliy qadriyatlarimiz va milliy ruhimiz 
mumtoz adabiyotimizda o‘z ifodasini topgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek, milliy ruh yengilmas kuchdir. Milliy ruh kuchli bo‘lsa, iroda, 
vatanparvarlik va milliy g‘urur ham yuqori bo‘ladi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish