119
Manguberdiga vazir etib tayinlandi. Biroq, sulton o’g’lini juda yaxshi ko’rgani uchun
uni o’z yonida, markazda qoldirdi va uning o’rniga Malikni yuborishni maqsadga
muvofiq deb bildi.
Garchi Jaloliddin Manguberdini otasi yaxshi ko’rgan va markazda, yonida olib
qolgan bo’lsada, otasining vorisi bo’lish borasida uning imkoniyatlari buvisi
Turkon xotun tomonidan kamaytirilayotgan edi. Turkon xotun imperiya armiyasida
o’z urug’idan bo’lgan qang’li-qipchoqlarga keng imkon yaratib, o’z niyatini amalga
oshirish uchun sharoit hozirlashga erishdi. U o’z yaqinlaridan bo’lgan amirlarini
qo’shinga qo’mondon qilib tayinlangan edi. Ana shu darajada katta nufuz va qudrat
sohibi bo’lgan Turkon xotun valiahdlik masalasida ham o’z so’zini o’tkaza oldi.
Turkon xotun o’z urug’idan bo’lgan qang’li malikadan tug’ilgan Uzloqshohni valiahd
tayin ettirdi.
Uzloqshohga Xorazm, Xuroson va Mozandaron singari eng muhim
viloyatlar berildi.
Jaloliddin Manguberdi otasining g’arbiy yurishlarida ishtirok etib, o’zining jasur
jangchi, iqtidorli sarkardalik qobilyatlarini namoyish etgan. Masalan, Irg’iz daryosi
bo’yidagi jangda musulmon qo’shinining o’ng qanotiga Jaloliddin Manguberdi bosh
bo’lgan (1216), uning jasorati tufayli Xorazmshoh qo’shini mag’lubiyatdan qutilib
qolgan. Mo’g’ullarning jangdagi jasorati Xorazmshohga katta ta’sir ko’rsatgan, bu
esa keyinchalik ular bilan ochiq maydonda urishishdan
qochishga va oxir-oqibat
saltanatning halokatiga sababchi bo’lgan.
Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlari Movarounnahrga bostirib kirib
birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida Xorazmshoh
Muhammad Kasbiy dengizi bo’yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur
ada orolidan panoh topdi. Orolda Muhammad Xorazmshohning kasali zo’raygandan
keyin va onasi asirlikka olinganini eshitib u Jaloliddin Manguberdi hamda o’sha
paytda orolda bo’lgan uning ukalari - O’zlog’shoh va Oqshohni huzuriga chaqiradi.
Va ularga qarata: “Mamlakatda hukmronlik iplari uzildi, davlat asoslari kuchsizlandi
va emirildi. Bu dushmanning asl maqsadlari nima ekanligi ayon bo’ldi: uning
tirnoqlari va tishlari mamlakat badaniga qattiq botdi.
Men uchun ulardan qasosni
faqat o’g’lim Manguberdi olishi mumkin. Shu uchun, mana, uni taxt vorisi qilib
120
tayinlamoqchiman. Sizlar ikkalangiz esa unga bo’ysunishingiz va amriga quloq
osishlaringiz kerak”. Shundan keyin u qilichini o’z qo’li bilan Jaloliddinning beliga
osib qo’ydi. Bu voqeadan bir necha kun o’tgach bandalikni bajo keltirdi.
Totorlar Sultonga hujum qilishgan. Uning asir qilib olingan safdoshlari
totorlarga, qochganlar orasida Sulton ham borligi haqida ma’lumot beradi. Totorlar
uni ketidan ta’qib etish uchun o’n beshta otliqni yuboradi.
Bulardan ikkitasi uning
ketidan quvib etadi, lekin Sulton ularni o’ldiradi, boshqalari esa uni tutishdan umidini
uzib orqaga qaytishadi. Shundan so’ng Sulton toqqa ko’tariladi. Tog’ yo’llarida esa
qurdlar talonchilik maqsadida pistirmalar qurgan edilar. Ular, Sultonni tutib olishadi
va bor narsalarini tortib oladilar. Ular Sultonni o’ldirishmoqchi bo’lishganda: “Men,
haqiqatdan ham Sultonman, taqdirimni hal qilishga shoshma, sen uchun bir necha
imkoniyatlar bor: xohlasang meni al-Malik al-Muzaffar Shihobiddin huzuriga olib
bor,
u seni taqdirlaydi, xohlasang men bilan qo’l ostimdagi mamlakatlardan biriga
yur, seni bek qilib tayinlayman, eng badavlat odamlardan biriga aylanasan”, deydi.
Bosqinchilar yo’lboshchisi uni Sulton mamlakatlaridan biriga olib borishga
ko’nadi. Shu uchun u Sultonni urug’-aymoqlari yashaydigan chodirga olib boradi va
uni xotini yonida qoldiradi. O’zi esa toqqa ot olib kelish uchun ketadi.Shu paytda
qo’liga nayza ushlagan bir qurd kirib keladi. U ayoldan: “Bu xorazmlik kim? Nega
uni o’ldirishmadi? deb so’raydi. Ayol unga: “uning kimligini aytishmadi, ammo erim
uni
Sulton deb rahm-shafqat qildi,” deydi. Shunda qurd unga: “Sizlar uning
Sultonligiga ishondingizlarmi? U Sulton emas. Hilotda mening bundan yuz chandon
yaxshi bo’lgan ukam o’lib ketdi. Bu nima bo’libdi”, deydi va nayzani unga shunday
sanchadiki, boshqa nayza sanchishga zarurat qolmaydi.
Shunday qilib bu yovuz kimsa so’z bilan ifodalab bo’lmas jinoyatga qo’l uradi,
zaminni ulug’ insonning qoni bilan bo’yadi. U bu qilmishi bilan barcha qalblarda
og’riq uyg’otdi, go’yo hayot otlig’ sharbatni to’kib nobud qildi. U tufayli islom
binosi vayron bo’ldi. U qancha ulkalar, mamlakatlarda ayovsiz janglarda qatnashdi,
o’limlarga chap berdi, musibatlardan xalos bo’ldi. Ammo
hayot bilan vidolashish
mavridi kelganda bu qudratli arslon nochor tulki panjalari ostida jon berdi.
121
O’zbekiston hukumati 1998 yilda Jaloliddin Manguberdining mo’g’ul
bosqinlariga qarshi kurashda ko’rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va o’z xalqiga
sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish
maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida”
Qaror qabul qildi. Qarorga ko’ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga
haykal o’rnatildi, yirik ko’cha, maydon, jamoa korxonalariga uning nomi qo’yildi.
2000 yil 30 avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: