166
Iyolu Vatan uzra to joni bor,
Kishi harb etar toki imkoni bor [6].
Darhaqiqat, har bir insonning ona-Vatanini himoya qilishi uning muqaddas
burchidir. Vatandoshlarining tinchligi va osoyishtaligini himoya qilish, qo‘riqlash esa
uning harbiy-vatanparvar ekanligining yorqin timsolidir.
Hazrati Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, “Nasoyim ul-muhabbat”
asarlarida halollik, rostgo‘ylik, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb qayg‘urish kabi ma’naviy-
axloqiy fazilatlar e’zozlanadi, xalqqa zarari tegadiganlar qoralanadi.
Navoiy ijodida
xalqning baxt-saodati yo‘lida kurashadigan, uning kelajagi uchun qayg‘uradigan
mard, jasur, vijdonli insonlar ulug‘lanadi.
Alisher Navoiy vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini singdirish borasida
o‘z asarlari bilan butun insoniyatga murabbiylik qildi desak xato bo‘lmaydi.
Ma’lumki, mamlakatimiz porloq kelajagini Vatanni
butun vujudi ila sevib
ardoqlaydigan, ajdodlari qoldirgan bebaho meroslarni yanada boyitadigan komil
insonlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Komil insonlar jamiyatning tirik vijdonlaridir. Kishilar ularga qarab xushyor
tortadilar, dunyo behudaligidan o‘zlariga kelib, o‘z qalblariga, o‘z
qilayotgan
ishlariga razm soladilar, tavba-tazarru qiladilar. Komil insonlarning af’olu a’moli
insonlar diliga quvvat, ko‘ziga nur bag‘ishlagan.
Komillik haqida so‘z borganda ulug‘ bobomiz Aziziddin Nasafiyning “Insoni
komil” risolasidagi fikrlarini keltirib o‘tish joiz: “Bilgilki, komil inson shunday
insondirkim, unda to‘rt narsa kamolga etgan bo‘ladi: yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi
axloq va maorif... Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkorlikdan
chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan ezgu ishlarga tayyor turadi” [7].
Qalbiga
vatanparvarlik,
millatparvarlik
ruhi
chuqur
singgan
jadid
bobolarimizning mardonavor xizmatlarini yosh avlodlar xotirasidan aslo o‘chirib
bo‘lmaydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla
Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon,
Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvar, fidoyi bobolarimiz o‘z shaxsiy manfaati va
167
huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z jonlarini
qurbon qilgangliklari yosh avlodni yanada vatanparvarlik shijoatiga undaydi.
XX asr boshida vujudga kelgan jadidchilik harakatining namoyondalari ijodi va
faoliyatida ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan birga vatanparvarlik g‘oyalari ham jo‘sh
urganligini ularning asar va maqolalarida ham ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan, Abdulla Avloniy “Vatan” deb nomlangan she’rida Vatanning
quyidagi ta’rifini keltiradi:
Sening isming bu dunyoda muqaddasdir,
Har kim sening qadring bilmas – aqli pastdir.
Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur,
Sening darding boshqa dardni tortib olur [8].
Darhaqiqat, Vatan bu – bizning jonajon go‘shamiz. Uni hamisha ulug‘lash,
qadriga yetish lozim. Chunki, qancha-qancha jonlarning qurbon bo‘lishi evaziga biz
ozod Vatanga erishdik.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asarida ham Vatanni
sevmoq, vatanparvarlik tuyg‘usining nimalar bilan o‘lchanishi, Vatansiz kishi hech
qachon rohatda yashamasligi haqida ibratomuz fikrlari
yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yana bir ma’rifatparvar bobomiz Munavvarqori Abdurashidxonov: “Butun
dunyodagi hurriyatchilar orasida bir so‘z bor: hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila
olib bo‘lmas, faqat qon va qurbon ilagina olib bo‘lur. Hazrat Odam Atodan shu
vaqtgacha hech bir davlat va mamlakatda hurriyatning berilgani, qon va qurbonsiz
berilgani tarixlarda ko‘rilmaydur” [9], - deb ta’kidlab o‘tgan.
Darhaqiqat, hurriyat, mustaqillik hech qachon o‘z-o‘zidan kelmaydi. U xalqning
qahramonlik fazilatlarida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda ba’zi davlatlarda bo‘layotgan notinchliklardan
xulosa qilgan
holda bugungi kunda, davlatimiz barqarorligiga qarshi qaratilgan har qanday
tahdidlarning mavjudligini inobatga oladigan bo‘lsak, harbiy xizmatchi ularning
salbiy
mohiyatini tushunib yetadigan, har qanday favqulodda vaziyat yuz bersa,
168
to‘g‘ri yo‘l tuta oladigan, o‘z burchi va qasamyodiga sodiq qoladigan,
xizmat
manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘ya oladigan shaxs bo‘lishi kerak.
Yuqorida ta’kidlangan sifatlarning yoshlar ongida shakllanishida ajdodlarimiz
o‘gitlari, pand-nasihatlari dasturulamal bo‘ladi desak adashmaymiz.
Ulug‘ ajdodlarimizning e’tiqodu a’mollari yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, el-
yurtiga muhabbat va adolatga amal qilib yashamoq, undan bir qadam bo‘lsa-da, ortga
chekinmaslik ko‘nikmasini shakllanib qaror topishiga xizmat qiladi. Zotan, Vatan
egasi bo‘lmoq, millat sifatida buyuk orzularga intilmoq va dunyoviy xalqlar safidan
joy olmoqning bosh mezoni ham ana shu milliy-ma’naviy meros ustiga qurilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: