O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


§. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish



Download 0,52 Mb.
bet33/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Jazo

§. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish


Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish – qo‘shimcha jazo bo‘lib, ya’ni u mustaqil tarzda qo‘llanmaydi, balki faqat asosiy jazo bilan birgalikda tayinlanishi mumkin.
Mazkur davlat majburlov chorasining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u eng avvalo mahkum shaxsga uni tegishli unvon yoki mukofotlarga ega bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan muayyan huquqlar yoki imtiyozlardan mahrum qilish orqali unga ma’naviy-ruhiy ta’sir o‘tkazishga qaratilgan.


NOTA BENE !





Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgan holda qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanadi, tegishli unvon yoki mukofotlarga ega bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan muayyan huquq yoki imtiyozlardan mahrum qilishga olib keladi va asosan mahkum shaxsga ma’naviy-ruhiy ta’sir o‘tkazishga qaratilgan.

Mazkur jazo turi shaxs faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm qilinganida qo‘llanishi mumkin bo‘ladi. JK 52-moddasi 1-qismiga muvofiq, «Harbiy yoki maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan
mahrum qilinishi mumkin». Bunda sud, jinoyat sodir etish yoki hukm chiqarish paytida mahkumning xizmat faoliyati yuzasidan unvonga ega bo‘lgan xizmatda bo‘lganlik fakti bilan bog‘lanib qolmaydi. Harbiy yoki maxsus unvonidan mahrum qilish, shuningdek, ham xizmat o‘tayotgan shaxslar, ham zaxiraga chiqarilgan, nafaqaga chiqqan va hokazo shaxslarga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Harbiy unvonlar – bu O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitserlik va serjantlik tarkibining shaxslariga beriladigan unvonlardir. Maxsus unvonlar bojxona va soliq xizmati, prokuratura, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va shunday unvonlar belgilangan boshqa xizmatlar xodimlariga beriladigan unvonlar bo‘ladi.
JK 52-moddasi 1-qismining tahlilidan sud o‘z hukmi bilan mahkum shaxsni oliy unvon bo‘lmagan harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish huquqiga ega ekanligi kelib chiqadi. Bunday unvonlar, chunonchi, to polkovnik unvonigacha bo‘lgan harbiy unvonlar va polkovnik unvoniga teng keluvchi unvongacha bo‘lgan maxsus unvonlar bo‘ladi. Bunda sud hukmiga binoan harbiy yoki maxsus unvonidan mahrum qilish faqat sud ishining barcha holatlarini tahlil qilish natijasida mahkum shaxs harbiy yoki maxsus unvoniga ega bo‘lishga haqli emas degan xulosaga kelganda yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, mazkur jazo qo‘llangan har bir holatda sud hukmida albatta uni qo‘llash zarurligi asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Bunda sudlar odatda nafaqat sodir etilgan jinoyatning og‘irligidan, balki uning mavjud unvon bilan bog‘liqligi, aybdor shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, unvonni olish xususiyati (qonuniy yoki noqonuniy) kabi holatlardan kelib chiqishi lozim.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish