§. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
Amaldagi JKda umrbod ozodlikdan mahrum qilish mustaqil jazo turi sifatida ajratilgan (JK 51-moddasi).
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish – eng qattiq va favqulodda davlat majburlov chorasidir. Lekin uni qo‘llash o‘rinli bo‘ladi, chunki amaldagi qonunchilikning jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida eng yangi o‘zgarishlari munosabati bilan ushbu chora o‘lim jazosi o‘rniga joriy etilgan bo‘lib, muhim preventiv (ogohlantiruvchi) vazifani bajarishga mo‘ljallangandir.
NOTA BENE !
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir (JK 51-moddasi 1-qis- mi).
Muayyan muddatga ozodlikdan mahrum etish kabi umrbod ozodlikdan mahrum qilish ham mahkumni maxsus muassasada, lekin muddatsiz holda
jamiyatdan ajratishdan iboratdir. Jazoning ushbu turi mahkumni ozod bo‘lish imkoniyatidan to‘liq mahrum etadi, chunki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga mahkum etilgan shaxsni afv etish faqat istisno tariqasida bo‘lishi mumkin, bu, o‘z navbatida, muayyan muddatga ozodlikdan mahrum etish uchun xos bo‘ladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish mustaqil asosiy jazo turi bo‘lib, sud tomonidan faqat JK maxsus qismining sanksiyasida, ya’ni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish uchun jazoni nazarda tutadigan JK 97-moddasi 2-qismining sanksiyasi hamda terrorizm jinoyati, ya’ni JK 155-moddasi 3-qismi sanksiyalarida nazarda tutilgan holdagina tayinlanishi mumkin (JK 51-moddasi 2-qismi). Ko‘rilayotgan jazo turi boshqa jinoyatlar uchun qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish asosiy jazo turi bo‘lib, asosiy jazoning boshqa turlari bilan birga qo‘llana olmaydi. Bundan tashqari, davlat majburlov chorasi mazkur turining favqulodda xususiyati uni hech qanday sharoitlarda mahkumning boshqa jazo turlarini ijro etishdan bo‘yin tovlaganda ularni almashtirish sifatida qo‘llashga imkon bermaydi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilishning favqulodda xususiyati u sodir etilgan jinoyat uchun yagona mumkin bo‘lgan jazo sifatida qo‘llanishini bildirmaydi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan moddalar sanksiyalarida u bilan birga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo muqobil ravishda nazarda tutilganligi tufayli sudlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni qo‘llash masalasini muhokama qilish majburiy bo‘ladi. Bunda «Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llash masalasini hal etishda sud mazkur jazo, faqat ish bo‘yicha aybdor tomonidan g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganligidan, shuningdek, jinoyatni sodir etgan shaxs jamiyat uchun mutlaq xavfli ekanligidan dalolat beruvchi va unga nisbatan boshqa jazo tayinlanishi imkoniyatini istisno etuvchi alohida holatlar bo‘lganda, tayinlanishi mumkinligini inobatga olishi kerak»1.
Shu sababli sud hukmining ta’riflovchi qismida umrbod ozodlikdan mahrum qilishni tayinlash albatta jinoyatni sodir etishning barcha holatlari,
1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2007 йил 14 ноябрдаги «Умрбод озодликдан маҳрум қилиш тариқасидаги жазони қўллашнинг айрим масалалари тўғрисида»ги 15-сонли қарори, 3-банд, 1-хатбоши.
uning sabablari va motivlari, shuningdek, nafaqat sudlangan shaxsni, balki jabrlanuvchini ham mutlaqo to‘liq ta’riflaydigan ma’lumotlarni hisobga olgan holda asoslashi lozim.
Sudlar, shuningdek, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tugallanmagan jinoyat uchun tayinlanishi mumkin emasligini nazarda tutishi kerak 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |