JK 50-moddasi 4-qismiga muvofiq, ayollarga, 18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga, shuningdek, 60 yoshdan oshgan erkaklarga uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish (20 yildan ortiq, lekin 25 yildan ko‘p bo‘lmagan) tayinlanishi mumkin emas. Bundan tashqari, JK 50- moddasi 6-qismiga muvofiq, 60 yoshdan oshgan erkaklar va ayollar uchun jazo muddati JK Maxsus qismining moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining to‘rtdan uch qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Qonunning ushbu talablari imperativ xususiyatda bo‘lib, hatto og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lganda ham bajarilishi lozim. Mazkur me’yorlar qo‘llanganda erkakning yoshi jinoyatni sodir etish kuniga emas,
«sud hukmi chiqariladigan kunga, apellatsiya shikoyati (protest) beriladigan hollarda esa – ishning apellatsiya instansiyasida ko‘riladigan kuniga belgilanishi lozim»2. Ayolning yoshi mazkur qoidalarni qo‘llash maqsadi uchun, albatta, ahamiyatli bo‘lmaydi.
1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2007 йил 14 ноябрдаги «Умрбод озодликдан маҳрум қилиш тариқасидаги жазони қўллашнинг айрим масалалари тўғрисида»ги 15-сонли қарори, 2-банд, 2-хатбоши.
2 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2007 йил 14 ноябрдаги «Умрбод озодликдан маҳрум қилиш
тариқасидаги жазони қўллашнинг айрим масалалари тўғрисида»ги 15-сонли қарори, 4-банд, 2-хатбоши.
JK 50-moddasi 4- va 6-qismining talablari shaxs bitta va bir necha jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan holatlarga ham birdek taalluqli bo‘ladi. Bu oxirgi holatda jazoning umumiy muddati shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan tegishli moddalar, modda qismlarining sanksiyalarida nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatlarini qo‘shishda hosil qilinadigan eng ko‘p ozodlikdan mahrum etish muddatidan ortishi mumkin emas. Har qanday holatda ushbu shaxslarga tayinlanadigan ozodlikdan mahrum etish muddati 15 yil – 20 yilning to‘rtdan uch qismidan (agar ular bitta jinoyatni sodir etishda yoki JK 59-moddasi qoidalariga muvofiq jami jazoni tayinlashda bir necha jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan bo‘lsalar) va 18 yil 9 oy – 25 yilning to‘rtdan uch qismidan (agar ular JK 60-moddasi qoidalariga muvofiq bir necha hukmlar yuzasidan jazoni tayinlashda bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan bo‘lsalar) ortiq bo‘lishi mumkin emas.
JK 50-moddasi 7-, 8- va 9-qismining qoidalariga binoan, ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining asosiy turlari: manzil-koloniyalar; umumiy tartibdagi koloniyalar; qattiq tartibli koloniyalar; maxsus tartibli koloniyalar, turma bo‘ladi. Tegishli rejimni tanlash sudlangan shaxsning jinsi, sodir etilgan jinoyatning og‘irligi, aybning shakli, muqaddam ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘taganligi holati, retsidiv va o‘ta xavfli retsidiv, tayinlangan jazoning muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
Chunonchi, JK 50-moddasi 7-qismiga muvofiq, «Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil koloniyalarda;
qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda;
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotgan yoxud ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni
o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotgan shaxslarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |