O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 0,52 Mb.
bet30/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Jazo

JK 50-moddasi 10-qismiga ko‘ra, «Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi».
Mazkur normaning ma’nosiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni qo‘llash ushbu holatlarda sodir etilgan qilmishlarning miqdoridan qat’i nazar tayinlanmaydi (ya’ni, ham bitta jinoyatni sodir etgan shaxslarga, ham bir necha huquqqa xilof tajovuzlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga, ushbu tajovuzlarning barchasi qonunda belgilangan mezonlarga javob berishi sharti bilan, ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llash teng ravishda ruxsat etilmaydi). Lekin tajovuzlarning turi va soni sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni tayinlashda hisobga olinishi, uni har bir muayyan holatda individuallashtirish lozimligi nazarda tutilishi lozim.
Aybdor ayol homiladorligi holati aniqlanganda homiladorlikning muddati, uning birinchi bo‘lgan-bo‘lmaganligi, homilaning holati va shu kabi holatlar ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Lekin ushbu holatlar JK 55- moddasi qoidalariga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni tayinlashda hisobga olinishi kerak.
Xomiladorlikni aniqlaganda sud uning jinoyatni sodir etish vaqtidagi mavjudligi yoki yo‘qligi holati bilan bog‘lanib qolmaydi. Bunday holatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni tayinlamaslik uchun hal qiluvchi holat homiladorlikni aniqlash va uning sud hukmini e’lon qilish paytiga kelib mavjud bo‘lishi bo‘ladi.
Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bolalar yoshini aniqlashda sud-tergov organlari jinoyatni sodir etgan shaxslarning yoshini aniqlash uchun qo‘llanadigan umumiy qoidalarga tayanishi lozim. Xususan, voyaga yetmagan shaxsning yoshi jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq belgilanadi (JPK 548-moddasi) 1. Tergov va sud jinoiy javobgarlikka tortilayotgan voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilgan yili, oyi va sanasini aniqlashi lozim.
Shaxsning qonunda belgilangan yoshga yetishi tug‘ilgan kunidan keyingi kunida, ya’ni keyingi sutkaning nol soatidan boshlab yuzaga keladi. Aybdor ayolning qaramog‘ida bo‘lgan bolalarning yoshi tegishli hujjatlarga: tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, sudlanuvchining pasportidagi belgilar va hokazolarga muvofiq aniqlanishi lozim. Mazkur hujjatlar bo‘lmaganda ushbu kamchilik ishni sudda ko‘rish davomida bartaraf etilishi lozim. Xujjatlar yo‘qligining o‘rnini to‘ldirish mumkin bo‘lmaganda, sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi kerak. Bu holda aybdor ayol qaramog‘ida bo‘lgan bolaning tug‘ilgan kuni deb ekspertiza aytgan yilning oxirgi kuni hisoblanishi kerak, yoshining eng kam va eng ko‘p soni o‘rtasidagi yoshini aniqlashda sud shunday shaxsning ekspertiza tomonidan taxmin etilgan eng kam yoshidan kelib chiqishi lozim2.
Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni tayinlash faqat ushbu bolalarni ayol tuqqan, o‘g‘il (qiz) qilib olgan yoki u bolalarning vasiysi yoki homiysi bo‘lgan sharti bilangina mumkin bo‘ladi. Ayol uch yoshgacha bo‘lgan bolaning vasiysi yoki homiysi bo‘lmagan holda esa, u qaralayotgan normaning
1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2000 йил 15 сентябрдаги «Вояга етмаганларнинг жиноятлари ҳақидаги ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 21-сонли қарори, 5-банд, 1-хатбоши // Тўплам, 2-жилд. 25-б.
2 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2000 йил 15 сентябрдаги «Вояга етмаганларнинг жиноятлари
ҳақидаги ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 21-сонли қарори, 5-банд, 3-хатбоши.
ma’nosida bolalarga ega bo‘lgan deb tan olinishi mumkin emas va shunga muvofiq holda sud JK 50-moddasi 10-qismi qoidalari bilan bog‘lanib qolmaydi hamda ozodlikdan mahrum etishni qo‘llay olishi mumkin. Ayol uch yoshga yetmagan bolalar yuzasidan onalik huquqidan mahrum etilgan yoki bu huquqi cheklangan holatida ham shunga o‘xshash oqibatlar yuzaga keladi, chunki ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularni cheklash uch yoshgacha bolalariga ega bo‘lgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlarning yo‘qotilishi bilan bog‘liqdir (O‘zR OK 80-moddasi 1-qismi).
Uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar sifatida JK 50-moddasi 10- qismiga ko‘ra, shuningdek, qaramog‘ida uch yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lgan ayollar ham tushuniladi. Bunda bolalarning aybdor ayol bilan qarindosh yoki yaqinligi holati ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bolani ayol qaramog‘ida bo‘lgan deb tan olinishi uchun sudlar amaldagi qonunchilikka tayanishi lozim, unga muvofiq, qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar deb, to‘liq ta’minotida bo‘lgan yoki doimiy va asosiy yashash mablag‘larining manbai bo‘lgan yordam olayotgan shaxslar tan olinadi.
Mazkur shaxs yoshiga ko‘ra nafaqa olish huquqiga ega ekanligi holatini aniqlashda sudlar amaldagi qonunchilikdan kelib chiqishi lozim, unda yoshiga ko‘ra nafaqa olish huquqiga ega bo‘lishning umumiy va imtiyozli maqomi belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat nafaqa ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni 7-moddasiga muvofiq, umumiy tartibdagi yoshiga ko‘ra nafaqaga bo‘lgan huquq erkaklar uchun – ish staji kamida 25 yil bo‘lgan holda 60 yoshga yetganda, ayollar uchun ish staji kamida 20 yil bo‘lib, 55 yoshga yetganda yuzaga keladi.
Bundan tashqari, yoshiga ko‘ra nafaqa olish huquqi amaldagi qonunchilikka muvofiq imtiyozli tartibda ham yuzaga kelishi mumkin 1.
Mazkur shaxsning yoshiga ko‘ra nafaqa olish huquqiga ega ekanligini aniqlaganda sud aybdor shaxsning nafaqa guvohnomasi yoki uning yoshiga ko‘ra nafaqa olish huquqini tasdiqlaydigan boshqa hujjatning rasman mavjudligi bilan bog‘lanib qolmaydi.


1 Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 3 сентябрдаги «Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида»ги 938– XII-сон Қонуни, II боб // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 й., 9-сон, 338-модда.
Har bir muayyan holatda sud mahkumda yoshiga ko‘ra nafaqa olish huquqining borligi yoki yo‘qligini aniqlash choralarini alohida ko‘rishi lozim. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, qonun faqat yoshiga ko‘ra nafaqa olish huquqi sudlanuvchida sud hukmini e’lon qilish paytiga kelib mavjud bo‘lishi sharti bilan ozodlikdan mahrum etish tarzida jazo tayinlashga ruxsat etmaydi. Shuning uchun, agar ushbu huquq jinoyat sodir etilganidan keyin, lekin sud hukmining e’lon qilinishigacha yuzaga kelgan bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlash mumkin bo‘lmaydi.
Ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashning mumkin emasligini qonun faqat yoshiga ko‘ra nafaqa olish huquqi yuzaga kelishi bilan bog‘laydi, sudlanuvchida nafaqaning boshqa turlariga (boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan, nogironligi tufayli) huquqining mavjudligi sudga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni tayinlashga to‘sqinlik qila olmaydi.



    1. Download 0,52 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish